Kirish
Amaliy mashg’ulotlar professional tayyorgarlikning
muhim bosqichi
hisoblanadi va har bir talaba tomonidan alohida bajariladi. Laboratoriya
mashg‘ulotlari talabalar tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun har
bir mavzu bо‘yicha alohida bajariladi va о‘zlashtiriladi.
Laboratoriya
mashg‘ulotlari mavzularining mazmunidan kelib chiqib oldindan tayyorlangan
namunalar, kolleksiyalar, total, kesma,
vaqtli preparatlar, jadval, plakat, sxema,
mulyaj, muzey eksponatlari, qotirilgan va fiksatsiya qilingan hayvonlar,
suratlar,
videofilmlar va boshqa о‘quv kо‘rgazmali qurollar yordamida о‘zlashtirilib,
tasvirlari rasm daftarlariga tushiriladi.
1- mashg’ulot.
Mavzu: Optik asboblarni tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalari.
1. Optik asboblarni tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalari
Ishning maqsadi:
Laboratoriya mashg‘ulotida ishlatiladigan asbob-anjomlar bilan
talabalarni tanishtirish.
Kerakli
jihozlar
:
biologik
MVR-1,MBI-3
mikroskoplari
va
mikroskoplarning tuzilishini aks ettiruvchi kо‘rgazma rasmlar, tomizgichlar,
buyum va qoplag‘ich oynalar, suv tо‘ldirilgan
idishlar, mum yoki plastilin
bо‘lakchalari va binokulyarlar.
Biologik mikroskoplar
optik yoritgich va mexanik sistemalardan iborat (1-
rasm). Mikroskopning optik qismiga okulyar, obyektivlar va birlashtiruvchi tubus
kiradi. Har bir obyektiv metall naychaga joylashtirilgan linzalardan iborat, ular bir-
biridan ma’lum masofada о‘rnatilgan. Ularni katta qilib kо‘rsatish imkoniyati yon
tomonidan raqam bilan kо‘rsatilgan. Masalan, 8x raqamli obyektiv 8 marta, 40x
raqamlisi esa 40 marta katta qilib kо‘rsatadi. Raqami 90x bо‘lgan obyektivni
immersion obyektiv deb ataladi. U bilan ishlayotganda tekshiriladigan preparatning
ustiga
bir tomchi kedr moyi tomizib, obyektivning pastki uchi shu moyga
botiriladi.Natijada tekshirilayotgan obyekt bilan linza orasidagi havo о‘rnida moy
qavati paydo bо‘ladi. Moy va linzaning nurni sindirish darajasi qariyib bir xil
bо‘lganligi uchun kо‘rilayotgan obyektimiz aniq kо‘rinadi.
Okulyar
linzalardan iborat bо‘lib,tubusning
yuqori tomoniga kiygizib
qо‘yiladi. Uning katta qilib kо‘rsatish darajasi ustiga yozib qо‘yiladi. Raqam
qancha katta bо‘lsa, okulyarning kо‘rsatish imkoniyati ham shuncha oshadi. Lekin
okulyarning kattaligi ortishi bilan obyektning ravshanligi xiralashadi. Shuning
uchun har doim katta okulyardan foydalanish tegishli natija beravermaydi.
Tekshirilayotgan obyektning necha marta kattalashtirilganligini
bilish uchun
obyektivdagi raqamni okulyaardagi raqamiga kо‘paytirish kerak.