Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Volvoks-Volvox aureus ona koloniyasi ichidagi yosh koloniyalar



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

5-rasm. Volvoks-Volvox aureus ona koloniyasi ichidagi yosh koloniyalar. 
Ishning bajarilishi:
volvokslar va boshqa kolonial xivchinli suv namunalaridan 
buyum oynasiga bir tomchi tomiziladi. Dastlab mikroskopni kichik ob'еktivida 
ko’riladi. Bunda koloniyalarning umumiy shakliga va harakat qilish hususiyatiga 
diqqat qilinadi. Koloniya xivchinlarini hilpillab turishi tufayli shar hamma vaqt 
oldinga yumalab harakat qiladi. Volvokslar tanasi ichidagi yosh koloniyalarni 
topib, ularning tuzilishiga e'tibor bеring. 
 
 
4 – mashg’ulot. 
Mavzu: Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) sinfi. Vakillari: tripanosoma, 
leyshmaniya. 
 
Mavzuning maqsadi.
Tripanasoma 
(
Trypanosoma sp
.) va leyshmaniya 
(
Leishmania sp
.)
 
ning tuzilishi va rivojlanishi haqida ma’lumot berish. 


Kerakli materiallar va jihozlar
: Tripanosoma va leyshmaniyalarning 
preparatlari, immersion ob'yektivli mikroskoplar, tablitsalar. 
Ishning mazmuni.
Tripanosomalar odam va hayvonlarning qoni plazmasida 
parazitlik qilib yashaydi. Shakli duksimon, ikki uchi ingichkalashgan, uzunligi 2-4 
mkm (6-rasm).
6-rasm.Tripanosomaning tuzilishi (toshbaqa qonidagi) Trypanosoma vittatac. 
1-kinetoplast; 2-yadro; 3-cho’ziluvchi membrana; 4-xivchin. 
Protoplazma tashqi tomondan pellikula po’sti bilan o’ralgan, yadrosi 
yumaloq, ovalsimon shaklda. Oldingi tomonda joylashgan bitta xivchini tanasining 
yonidan orqaga harab yo’nalgan. Xivchin yupqa to’lqinlashuvchi membrana 
yordamida ektoplazmaga tutashgan. Xivchin tanani aylanib o’tib, old tomonida 
erkin chiqib turadi. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning 
asosida joylashgan. Tripanosomaning harakatlanishi xivchin, to’lqinli parda va 
tanasining egilishi natijasida roy beradi. 
Uyqu kasalini keltirib chiharuvchi tripanosoma yovvoyi hayvonlardan a n t i l o p a 
lar qonida yashaydi (7-rasm). 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə