Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

Ishning bajarilishi:
tripanosomali preparatlarni ustiga bir tomchi yog’och 
(kedr) yog’i tomizib, mikroskopning imersion ob'yektivi (90x) yordamida 
ob'yektni topib, uning tuzilishini o’rganing. Preparatda tripanosomaning tanasi, 


undagi xivchin, yadro va to’lqinsimon pardani ko’rish mumkin. Leyshmaniyalarni 
ham xuddi shu usulda o’rganing 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari. 
1. Qaysi sodda hayvonda xivchinlar bo’ladi?
A. Foraminiferada; B. Leyshmaniyada; S. Tufelkada; D. Koktsidiyada; 
2.“Pashshaxo’rda” yarasini keltirib chiqaruvchi xivchinlini ko’rsating? 
A. Leyshmaniya; B. Tripanazoma; S. Lyambliya; D. Trixomonas; 
3.Uyqu kasalligini qo’zg’atuvchi xivchinlilar? 
A. Trypanosoma gambiense; B. Ceratium hirudinella; S. Euglena viridis; 
D. Nostiluca miliaris; 
4. Quyidagi parazit sodda hayvonning qaysi biri tabiiy manbali kasalliklarni 
vujudga keltiradi?
A. Tripanosomalar; B. Parazit amyobalar; S. Gregarinalar; D. Parazit infuzoriyalar;
5. Uyqu kasali tripanasomasi tabiatda qaysi hayvonlarning qonida uchraydi? 
A.Sichqon; B. Antilopa; S. Otlar; D. Jirafa; 
6. Tripanasoma parazitini tabiatda tarqatuvchisini aniqlang? 
A.Uy pashshasi; B. Iskabtopar; S. Se-Se pashshasi; D. So’nalar; 
7. «Suv og’rig’i» kasalligini keltiruvchi parazitni aniqlang? 
A.Trypanasoma evansi ; B. Trypanasoma rhodesiese; S. Trypanasoma vittatac; D. 
Trypanasoma equiperdum; 
8. Qora mollarda parazitlik qiluvchi tripanasomaning tarqatuvchisini aniqlang? 
A.Uy pashshasi; B. Iskabtopar; S. Se-Se pashshasi; D. So’nalar; 
9. Hayvonlarda jinsiy aloqa orqali o’tuvchi tripanasomani aniqlang? 
A.Trypanasoma evansi ; B. Trypanasoma rhodesiese; S. Trypanasoma vittatac; D. 
Trypanasoma equiperdum; 
10. Otlarda kuyikish kasalligini qo’zg’atuvchi tripanasomani aniqlang? 
A.Trypanasoma evansi ; B. Trypanasoma rhodesiese; S. Trypanasoma vittatac; D. 
Trypanasoma equiperdum; 
11. Uyqu kasali tripanasomasi qaerda parazitlik qilib yashaydi? 
A.Qon plazmasi va limfa suyuqligi; B. Qon plazmasi va limfa tugunida; S. O’t 
yo’llari va ichakda; D. Bosh miya va ichaklarda
12. Odamda leyshmaniyaning necha turi parazitlik qiladi? 
A.4-turi; B. 1-turi; S. 2-turi; D. 3-turi; 
13. Tabiatda leyshmaniyalar qanday hayvonlarda parazitlik qiladi? 
A.Ot va eshaklarda; B. Kemiryvchi va itlarda; S. Qushlar va itlarda; D. 
Kemiruvchi va o’txo’r hayvonlarda
14. Qo’l va oyoq terisida parazitlik qiluvchi leyshmaniyani ayting? 
A.Leptomonas davidi; B. Leishmania tropika; S. Phlebotomus pappatasii; 
D. Leishmania donovani; 
15. Leyshmaniyaning tabiiy manbaini aniqlang? 
A.Burgalar; B. Antilopalar; S. Yumronqoziqlar; D. Ot va eshaklar; 
16. Kala-azar ichki leyshmaniyaniozni keltirub chiqaruvchi parazitni aniqlang? 
A.Leptomonas davidi; B. Leishmania tropika; S. Phlebotomus pappatasii; 
D. Leishmania donovani; 


17. Odamlarning jigari, talog’i va limfa bezladida parazitlik qiluvchi 
leyshmaniyani aniqlang? 
A.Leptomonas davidi; B. Leishmania tropika; S. Phlebotomus pappatasii; 
D. Leishmania donovani; 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə