|
![](/i/favi32.png) Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasiQarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka1- rasm. Mikroskop:
1—okulyar;
2—
obyektiv;
3—
buyum stolchasi (kursisi);
4—
kо‘zgu; 5—
makrovint;
6—
mikrovint; 7—shtativ;
8—
taglik.
Mikroskopning mexanik qismi
shtativ, buyum stolchasi, makrometrik
(kremalera), mikrometrik vintlar va revolverdan iborat. Shtativning pastki qismi
taqasimon bо‘lib, u mikroskopning stol ustida turishiga yordam beradi. Shtativning
yuqori qismi mikroskop dastasi deyladi va о‘ng qо‘l bilan ishlashga
moslashtirilgan. Shtativda buyum stolchasi biriktirilgan. Bu stolchaning markazida
teshikchasi bо‘lib, u kо‘zgu orqali tushadigan yoruqlikni obyektivga о‘tkazadi.
Buyum stolchasining ustida buyum oynasini qisib turadigan ikkita qisqich-
klemmalar bor. Ikkala yon tomonida esa ikkita vinti bо‘lib, bular yordamida
stolchani obyekt bilan birgalikda о‘ng yoki chap tomonga, oldinga va orqaga
siljitish mumkin.
Tubusni
yuqoriga yoki pastgi harakatlantirish uchun makrometrik vintlardan
foydalaniladi. Makrometrik vint yoki kremalyera fokus oralig‘ini tahminan
topishga va buyumning aksini kо‘rishga imkon beradi. Makrometrik vint esa
tubusni asta – sekin xarakatlantirib, fokus oralig‘ini aniqroq topish hamda
tekshirilayotgan obyektning yuzasini va ichki qismlarini kо‘rish maqsadida
ishlatiladi. Buyum stolchasining ostida mikroskopning yoritkich qismlari, ya’ni
kо‘zgu, kondensor va diafragmalar joylashgan.
Kо‘zgu
ikki tomonlama, bir tomoni tekis, ikkinchisi botiq bо‘lib,
yorug‘likni tо‘plab beradi. Kо‘zgu shtativning pastki qismiga xaraktchan qilib
о‘rnatilganligi uchun uni yorug‘lik manbaiga qarab aylantirish mumkin.
Kondensor ikkita linzadan iborat bо‘lib, ular umumiy gardishga birlashgan.
Kondensor kо‘zgudan tushayotgan nurni yig‘ib, markazlashtirib о‘tkazadi. Maxsus
vint yordamida kondensorni yuqoriga kо‘tarib va pastga tushirib yorug‘likni
oydinlashtirish va xiralashtirish mumkin. Kondensorning ostida joylashgan
diafragma ayrim melall plastinkalardan iborat, ular doira shaklida bir-birini qoplab
turadi. Diafragma yopilganda plastinkalar markazida kichik teshikchalar hosil
bо‘ladi va yorug‘lik u orqali о‘tadi. Bu teshikchani diafragma chetidagi dastag
(richag) yordamida kattalashtirib yoki kichiklashtirib, obyektni ravshan qilib
kо‘rish mumkin.
|
|
|