Amyoba hayotida qisharuvchi vakuola ham muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy
vazifasi amyoba tanasi ichidagi osmotik bosimni boshharishdir. Sitoplazmada
erigan tuzlarning miqdori atrof muhitdagidan ko’p bo’lganligi sababli,
osmotik
bosim ham yuqori bo’ladi. Natijada atrofdagi suv ektoplazma orqali sizib ichkari
kirib turadi. Suv bilan birga suvda erigan kislorod ham sitoplazmaga o’tadi.
Amyoba ana shu kislorod orqali nafas oladi. Oqsil va uglevodlarning
parchalanishidan xosil bo’lgan
qoldiq moddalar, sitoplaz-madan to’plangan
ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolaga to’planadi va amyoba tanasini qoplab turgan
membrana orqali tashhariga chihariladi. Uy haroratida qisqaruvchi vakuola har 5-8
daqiqada bir marta qisqaradi. Demak, qisqaruvchi vakuola osmoregulyatsiya,
ayirish va nafas olish vazifalarini bajaradi.
Amyobaning endoplazmasida bitta yirik yadro mavjud bo’lib,
uni faqat
maxsus boyalgan mikropreparatlardagina ko’rish mumkin. Amyoba jinssiz, faqat
teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Bunda dastlab yadro moddalari teng
ikkiga
ajraladi, so’ngra amyoba tanasi ham ikkiga ajralib ikkita yosh amyobalar
xosil bo’ladi. Oziqa moddalari yetarli bo’lganda va Q200 Q250 haroratda 1-2 kun
davomida u bir marta bo’linadi. qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi.
Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga o’xshaydi.
Turli tashqi omillar
(harorat, yorug’lik, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta'sir ko’rsatadi.
Natijada amyoba u yoki bu tomonga harakatlanadi. Noqulay sharoitda (suvda
harorat pasayganda va hokazo) amyoba po’st bilan o’ralib sistaga aylanadi.
Amyobaning xillari juda ko’p (18 - rasm).
1
Dostları ilə paylaş: