|
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi CHAYON VA FALANGANING UMUMIY TUZILISHIQarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka1. CHAYON VA FALANGANING UMUMIY TUZILISHI
Kerakli jihozlar:
Fiksatsiya qilingan chayon, falanga, Petri kosachasi,
penset, qо‘l lupasi, chayon va falanganing tashqi va ichki tuzilishini ifodalovchi
kо‘rgazma rasmlar.
Ishning mazmuni:
Chayonlar о‘rgimchaksimonlar orasida yirik hayvon
xisoblanadi. Tanasining uzunligi 10 smdan ortiqroq bо‘lishi mumkin. U Markaziy
Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va chо‘llarida uchraydi. Tanasi boshkо‘krak,
qorin qismlariga bо‘linadi. Boshkо‘krak yelka tomondan umumiy qalqon –
karapaks bilan qoplangan. Uning yelka tomonida juft tepa kо‘zlari, yon tomonida
esa bir necha juft nisbatan kichakroq kо‘zlari bо‘ladi. Boshkо‘krakning oldingi
qismida bir juft xelitseralar joylashgan. Bular о‘zgangan oyoqlardir. Ular uch
bо‘g‘imdan iborat. Birinchi bо‘g‘im qisqa bо‘lib, qolgan ikki bо‘g‘imi qisqich
hosil qiladi. Uning ichki yuzasi xitindan iborat “tishcha”larga egadir. Xelitseralar
yordamida chayon ovqatni maydalaydi. Keyin zahar bezlari ishlab chiqariladigan
zahar suyuqligi ta’sirida chala suyuq holatiga aylantirilgan ovqatni sо‘rib
oziqlanadi. Boshkо‘krak qismining ikkinchi juft о‘simtasi bu pedipalpalardir
(paypaslagich oyoq). Ularning har biri oltita bо‘g‘imdan tashkil topgan, keyingi
ikki bо‘g‘imi haqiqiy qisqichni hosil qiladi.
Oldingi qorin qismining eng oxirgi segmentida hech qanday о‘simtalar
bо‘lmaydi. Tananing eng oxirgi segmenti biroz bо‘rtib turadi. Unda zahar ishlab
chiqaradigan bezlar bor. Ularning zahar chiqaradigan yо‘llari tananing eng uchida
joylashgan nayza yoki nishtarining ichidan о‘tadi. Chayonlar zaharidan о‘zlarini
himoya qilish va oziqlanish maqsadida hasharotlarni ushlab о‘ldirish uchun
foydalanadi.
Falangalar ham chayonlar singari nisbatan yirik hayvon, lekin uning tanasi kо‘proq
bо‘g‘imlardan tashkil topgan. Falangalarda faqat tananing oldingi tо‘rtta segmenti
о‘zaro birikkan bо‘ladi va boshkо‘krakni hosil qiladi. Keyingi ikkita segmenti esa
boshkо‘krak, qorin qismining о‘rtasida erkin joylashgan, qorin qismi 10 ta
segmentdan iborat bо‘ladi.
Boshkо‘krak qismining birinchi segmentida xelitseralar joylashgan bо‘lib,
о‘lar о‘ljani ushlash va о‘ldirish uchun moslashgan. Boshkо‘krakning ikkinchi
segmentidagi pedipalpalari tashqi kо‘rinishidan yurish oyoqlariga о‘xshab ketadi.
Lekin ular о‘siq tukchalar bilan qoplangan, shunga kо‘ra sezgi organ vazifasini
bajaradi. Pedipalpalarning uchi tirnoqcha bilan tugallanadi. Pedipalpalari
yordamida falangalar mayda hasharotlarni ushlaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|