Qarshi Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Biologiya (Botanika) mutahassisligi 1-kurs magistranti Asadova Muxabbatning Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanidan “Pedagogik qobilyat pedagogik mahoratning asosi sifatida” mavzusida tayyorlagan



Yüklə 0,54 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#129840
Pedagogik texnika kartotekasi

Pedagogik texnika kartotekasi

Jobborova Dilorom

Pedagogik texnika kartotekasi

Reja:

  • 1. Klaster
  • 2. HA –YO`Q

Klaster

Klaster metodi - pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim olovchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar yuzasidan erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq obektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim olovchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi.

“Klaster” metodi.


”Klaster” metodi. Uning asoschisi - D. Klaster. Bu metoddan ham guruhlar tashkil etish yo’sinida foydalanish mumkin. Unda guruh a‘zolari tomonidan aytilayotgan fikrlarni uyg’unlashtirish va ular orasidagi umumiylikni topish inikoniyati paydo bo’ladi. «Klaster» metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: tarbiyalanuvchilar ma’lum mavzu xususida nimaniki o’ylagan bo’lsalar, shuni qog’ozga tushiradalar. Masalan “Bahor” mavzusi asosida bolalarga bahor faslida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni qog’ozga tasvirlash vazifasi topshiriladi. 

“Klaster” metodi.

Bu yerda fikrning sifati va mantiqining ham, xatolarning ham ahamiyati yo’q. Tarbiyalanuvchilar belgilangan vaqt tugamaguncha fikrlarini tasvirlayveradilar. Bu harakat mavzu haqida yangi bir g’oya tug’ilgunga qadar davom ettirilaveradi. Muayyan mavzu doirasida imkon qadar ko’proq fikrlar ilgari surishga harakat qilinadi. Ular yig’indisining sifati va orasidagi aloqadorlik, uyg’unlikni ko’rsatish cheklanmaydi.

HA –YO`Q

  • Ushbu metoddan o'tilgan mavzuni takrorlash uchun foydalanish mumkin.
  • O'qituvchi biror so'z (raqam, shaxs, joy nomi yoki davlat nomi) ni o'ylab qo'yadi.
  • O'quvchilar esa unga savol berib, u nimani o'ylab qo'yganligini topishga harakat qiladilar. O'qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo'q”, (yoki ikkala so'zni) so'zlari bilan javob beradi.

HA –YO`Q

  • Savol nojo'ya berilgan yoki o`qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib, savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Shunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. 
  • Shu tariqa o'quvchilar yashirin so'zni topishlari kerak bo'ladi. O'qituchi nazarda tutgan so'zni topgan o'quvchi g'olib hisoblanadi. Baho yoki kichik bir sovg'a bilan taqdirlash mumkin

HA –YO`Q

  • Mashq yakunlanganidan so`ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o`tkazish shart. 
  • Mashq natijasi - o'quvchi to'g'ri va maqsadli savol berishga o'rganadi, mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkamlaydi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə