Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika kafedrasi



Yüklə 349,55 Kb.
səhifə1/10
tarix23.12.2023
ölçüsü349,55 Kb.
#156687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IQTISODIYOTDA MATEMATIKA MASALALARI ISHCHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI


AMALIY MATEMATIKA KAFEDRASI
Ro‘yxatga olindi: “Tasdiqlayman”
________ O‘quv ishlari prorektori_________
2023 yil________ ___ __________ 2023 yil

IQTISODIY MATEMATIKA MASALALARI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 130000 - Matematika
Ta’lim yo‘nalishi: 5130100 - Matematika

Ma’ruza: 30 soat


Amaliy mashg‘ulot: 30 soat
Mustaqil ish: 90 soat
Jami: 150 soat


Qarshi-2023
Ushbu fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 14.06.2018 yil 531-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Iqtisodiy matematika masalalar” fanining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: o`q. I.Xurramov
Taqrizchilar: O.Djabborov
B.Shovaliyev

Fanning ishchi o‘quv dasturi Amaliy matematika kafedrasining 2023 yil __ avgustdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan


Kafedra mudiri: O.Djabborov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
UK raisi: A.Norov

Fanning ishchi o‘quv dasturi Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Ilmiy kengashining 2023 yil __ avgustdagi №1 sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.


Fakultet dekani: dots. N.Eshqorayeva

Kelishildi”


O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i: Z.Fayziyev
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Iqtisodiy matematika masalalari kursi metodlari va prinsiplari fan va texnikaning ko’plab tarmoqlarida qo’llanmoqda. Bu kursda iqtisodiy matematikaning ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, matematik programmalashtirishning
boshlang’ich tushunchalari sohaga tadbiqlari yordamida o’rganiladi. Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi iqtisod, marketing, turizm, texnika sohasidagi fanlar bilan chambarchas bog’langan. U fizika, texnika, iqtisod va boshqa sohalarni o’rganishda, ularning masalalarini yechishda, ayniqsa turli jarayonlarning matematik modellarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni Iqtisodiy matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, mantiqiy fikrlash, to’g’ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatini oshirish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi bakalavriyatning uchinchi kursida o‘qitilib, u talabalarda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini jadal, hozirgi rivojlanish davrida fan, texnika va ishlab chiqarishni integratsiyalash natijasida mehnat unumdorligini, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samadorligi va ish sifatini oshirish, xalq turmushining moddiy va ma’naviy darajasini yuksaltirish, inson faoliyatining turli sohalarida yuzaga keladigan masalalarni yechish, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda matemaik metodlar va hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llashda asosiy fanlardan hisoblanadi.

Yüklə 349,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə