Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o


Baholashning zamonaviy metodlari



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə61/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166
fayl 1654 20210826

9.3.Baholashning zamonaviy metodlari. Informatika darslarida o‘qituvchi tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va h.k. kiritish mumkin.

Mustaqil ishlash o‘qituvchi tomonidan berilgan informatikaga oid topshiriqni o‘rganilganlarga asosan mustaqil bajarib, natijasini olish, yangi mavzularni adabiyotlardan topib konspekt qilish, o‘rganish, referat yozish, fan to‘garaklariga qatnashish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Shuni hisobga olish kerakki, mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi bo‘lib, talabaning kelajakda mustaqil faoliyat olib borishida muhim rol o‘ynaydi.

Informatika darslarida o‘quvchilarga mustaqil topshiriq berishda ko‘proq mantiqiy savollarga e’tibor qaratish lozim. Masalan quyidagicha:

1.Bit nima? 1bit, 5bit, 16 bit axborotni saqlash uchun nechta 2 li raqamdan foydalaniladi?

2.Bayt nima? 1bayt, 5baytt, 16 bayt axborotni yozish uchun necha bit kerak bo‘ladi?

3.Xavfsizlik eshigi uchta kalit bilan ochiladi, har bir kalit tushib qolishi, unitib qoldirilishi mumkin. Eshikni ochish uchun qancha kombinatsiyani saqlash kerak? Ularni yozib chiqing! Vahokazo.

Viktorina-bu ma’lum mavzu bo‘yicha qisqa va aniq javob berilishi kerak bo‘lgan kamida 10 savollar to‘plami. Viktorina o‘qitishni nazorat qilish vositasi bo‘lib, u dars boshlanishida ham , oxirida ham o‘tkazilishi mumkin. Dars boshlanishida o‘tkazilsa, o‘rganilganlarni faollashtirilishini nazorat qilish, dars oxirida o‘tkazilsa, bugungi o‘rganilganlarni mustahkamlashni nazorat qilish bajariladi. Viktorina 5-6 minutdan oshmasligi kerak!

O‘qituvchi viktorina mavzusini e’lon qiladi. Savollarni ekranga birin-ketin chiqarib, o‘quvchilarga beradi. O‘quvchilar unga javob beradilar. Yakunlangach o‘qituvchi kim necha bahoga o‘zlashtirganligini e’lon qiladi.




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə