Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti amaliy-psixologiya



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə3/4
tarix05.04.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#104412
1   2   3   4
MEHNAT JAMOASI VA UNING SHAKLLANISHI

1.Ishlab chiqarish-iqtisodiy.
(Moddiy va ma’naviy manfaat ko’rish, tovarlar, xizmatlar va jamiyat uchun foydali bo’lgan boshqa narsalarni ishlab chiqish).
2.Tarbiyaviy.
(Yuqori onglilik, faol hayotiy pozitsiya, qat’iyatlilik, vatanparvarlik kabi his-tuyg’ularni shakllantirish).
3.Tashkiliy-boshqaruvchilik.
(O’z-o’zini boshqarish tizimiga mehnatkashlarni jalb etish, boshqaruvchilik faoliyatida malaka, tajriba va qiziqishlarni qo’llash).
4. Ijtimoiy nazorat.
(Ijtimoiy me’yorlardan kelib chiqib, jamoa a’zolarining xatti-harakatini baholash, normativ xatti-harakatni rag’batlantirish va normadan og’gan xatti-harakatni jazolash).
5.Ishchi-xizmatchilarning ehtiyojlarini qondirish (hatto, noishlab chiqarish sohada ham).
6.Ishchi-xizmatchilarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun sharoit yaratish.
7.Xodimlarning turmush tarzini yaxshilash.
Mehnat jamoasida boshqaruv o’zini–o’zi boshqaruv ostida faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Boshqaruv organlarisiz guruh tanazzulga uchraydi yoki betartib gurhga aylanib ketadi.
Jamoani boshqarish vazifasi rahbardan o’z vazifasini zamon talablariga monand ravishda boshqarish, shuningdek, muayyan tayyorgarlik, shaxsiy fazilatlarga ega bo’lishni talab qiladi. Rahbar faoliyatining quyidagi vazifalari yoki yo’nalishlarini keltirish mumkin:
1.Jamoani maqsadga yo’naltirish vazifasi. Maqsad-bu korxonaning kelajakdagi holati bo’lib, faoliyat shunga yo’naltiriladi. Jamoaning aniq maqsadlari, yaqin va uzoq davrga mo’ljalangan istiqbol rejalari muayyan ijtimoiy qadriyatlari belgilangandagina muvaffaqiyatli rivojlanadi.
2.Strategiya ishlab chiqish. Bu vazifa maqsadga erishish yo’llarini aniqlash va korxona faoliyat turli yo’nalishlarining kelajakdagi ahamiyatini baholashni ko’zda tutadi.
3.Rejalashtirish vazifasi. Jamoa rahbari mavjud strategiya asosida rejalar ishlab chiqadi yoki yuqori turuvchi idoradan topshiriq oladi. Rejalashtirish, faqat, tayyor mahsulot tayyorlash, mehnat va resurslar sarfiga taalluqli bo’lmasdan, jamoaning rivojlanishi, mehnat unumdorligini, xodimlarning malkasini, ularning umumiy madaniy saviyasini oshirish kabilarni ham ko’zda tutishi mumkin.

Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə