Qarshi muhandislik iqtisodiyot insituti iqtisodiyot fakulteti «innovatsion iqtisodiyot»



Yüklə 385,87 Kb.
səhifə2/8
tarix19.04.2023
ölçüsü385,87 Kb.
#106366
1   2   3   4   5   6   7   8
Mehnat bozorida davlatning ish bilan bandlik siyosati suxrob

Mustaqil ishning vazifalari. Xozirgi vaqtda mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirish soxasidagi faoliyat doirasida mustaqil ish bilan bandlikni rivojlantirish, tadbirkorlik malakalarini o‘rgatish va kichik biznesni tashkil etishga ko‘maklashish dasturlari muxim axamiyat kasb etadi. Mehnat bozoridagi siyosatning bu yo‘nalishi eng muxim ijtimoiy vazifaniyangicha mehnat dunyoqarashini shakllantirishdir. Ishsizlar agar o‘zlarining mustaqil ishlarini tashkil etishni xoxlasalar, ish bilan bandlik xizmatiga zarur asoslash bilan (biznes-reja bilan) loyixalar tanlovida ishtirok etish xaqida ariza beradilar, bu yerda uning rejasini mutaxassislar ko‘rib chiqib, o‘z xulosalarini beradilar. Agar iltimos qondiriladigan bo‘lsa, u xolda yangi tadbirkor uchun boshlang‘ich kapital sifatida unga muayyan muddatga beriladigan ishsizlik nafaqasining butun summasi xizmat qiladi va bir yo‘la to‘lanadi.
Ma’lumki, odamlarning faqat 3-5 %ida o‘z ishini tashkil etish va yuritishga mayl xamda qobiliyat bo‘ladi. Ana shundan kelib chiqib, ish bilan bandlik xizmatining vazifasi o‘ziga murojaat qilganlardan o‘z firmasini ochishi mumkin bo‘lganlarni tanlab olishdir. Ish bilan bandlik xizmatining yana bir vazifasi mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni istaydiganlarni o‘qitishdir. Bu kishilar ishga doir asosiy ko‘nikmalarni (narx belgilash asoslari, muxosiblik xisobi, rejalashtirish va xokazo) o‘qish jarayonida egallab chiqadilar. Ish bilan bandlik xizmatining vazifasi tadbirkorga mustaqil ish bilan bandlik nimalarni bildirishini (masalan, ijtimoiy ne’matlarning birmuncha qisqarishi, ish vaqtining davomiyligi birmuncha ortishi, yuqori darajadagi tavakkalchilik, xonavayron bo‘lish extimoli borligi, qonunlarning xali to‘la mukammal emasligi va xokazolarni) tushuntirishdir.
Mustaqil ishning obyekti: O‘zbekiston Respublikasi misolida
Mustaqil ishning hajmi: Mustaqil ish 28 betdan iborat bo‘lib kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Xulosa va takliflar qismida mustaqil ish bo’yicha asosiy natijalar umumlashtirilib asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.

Yüklə 385,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə