Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Shu davrgacha BMT bosh minbarida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha chiqishlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə39/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

Shu davrgacha BMT bosh minbarida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha chiqishlari:
1. 1993-yilda o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida
Ilk bor birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1993-yil Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohda nutq so’zlagan edi. Unda mamlakat Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish taklifini ilgari surgan. Buning amaliy natijasi o’laroq, 2009-yil 20-martda "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to’g’risida"gi shartnoma kuchga kirdi. Aynan ushbu tashabbus keyinchalik Monterey xalqaro tadqiqotlar instituti huzuridagi yadro quroli tarqalishining oldini olish masalalarini o’rganish markazi eksperti Tijey Bouz tomonidan alohida ta’kidlanib, o’z vaqtida bildirilgan oqilona tashabbus, deya baholangan.
2. 1995-yilda BMT tashkil etilganiga 50 yil to’lgani munosabati o’tgan sessiya. 1995-yilning oktyabr oyida tashkil etilgan mazkur yirik tadbirda Islom Karimov ishtirok etgan va nutq so’zlagan. Ana shunda mamlakat sobiq rahbari qo’shni Afg’oniston muammosiga konstruktiv yondashish kerakligini ta’kidlab, o’z fikrlarini bildirgandi.
3. 2000-yilda BMT Bosh Assambleyasining “Mingyillik sammiti”da
Yangi mingyillikning ilk davrida tashkil etilgan maxsus yig’ilishda Islom Karimov xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog’liq muammolarni hal etish, mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Ushbu nutq ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otdi, oradan biroz muddat o’tib, ya’ni 11-sentyabr voqealari yuz berganidan so’ng, O’zbekiston vakilining so’zlarida achchiq haqiqat borligi ayon bo’ldi.
4. 2010-yilda BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisida davlatimiz rahbari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni hamda izchil taraqqiyotni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ustuvor vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi. BMTning mazkur anjumanidan so’ng mamlakatimizda 2011-2015-yillarda Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19- sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so’zladi. Nutqida dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan muammolar haqida fikr yuritdi va ularni hal etish bo’yicha qator takliflarni ilgari surdi. Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o’tkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv o’tgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.
2018-yil mart oyida poytaxtimizda Afg’oniston bo’yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afg’onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash bo’yicha o’ziga xos “yo’l xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.
O’sha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari bo’yicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida o’tgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi.
Ikki yil avval tashkil etilgan Orolbo’yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo’yicha ko’p sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat ko’rsatmoqda.
Qayd etish joizki, O’zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qo’llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23- sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Vatanimiz tarixida birinchi marta o’zbek tilida nutq so’zladi.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi tarixda birinchi marta butunlay yangi formatda — koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo’lib o’tayotganliini qayd etdi. «Bunday global falokat sayyoramizda so’nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko’rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o’zaro bog’liq ekanini, o’rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o’ta muhimligini isbotladi», ded qayd etdi Prezidentimiz.
«Shu yo’lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o’zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», – deya ta’kidladi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to’g’risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu hujjatda har bir davlatning o’z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim. Shuningdek, Prezident tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag’ishlangan sammitni o’tkazish bo’yicha taklifini ma’qullashini ta’kidladi. Ushbu sessiyada Pandemiya davrida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Yoshlar siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, «Afg’oniston – Markaziy Osiyoning ajralmas qismi», Global iqlim o’zgarishi va Orol muammosi, Jahonda qashshoqlikka qarshi kurashish kabi bir qator muhim masalalar ham Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlangan edi.
2. O’zbekistonning MDHdagi o’rni va mavqeining oshib borishi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSh, Xitoy mamlakatlarining o’rni. O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) – davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketishi natijasida yo’q bo’lganligi qayd qilindi, uch davlat rahbarlari siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston qo’shildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to’g’risidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil MDHga Gruziya qo’shildi. 1993-yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sog’lig’i va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo’riqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a’zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi a’zolar bo’lishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil etilgan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, markazi Sankt-Peterburgda bo’lgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo’mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi bir yilda kamida 2 marta o’tkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma-bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga ko’mak berdi. MDH o’z faoliyati davomida haddan tashqari ko’p qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning ko’pi bajarilmadi. Hozir MDHga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln kishini tashkil etadi. Bu aholining 120 millondan ortiqrog’i iqtisodiyotda mashg’uldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xo’jaligi, o’rmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
O’zbekiston o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqliligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə