Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Neft kimyoviy jarayonlarning nazariy asoslari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə19/19
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#82131
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 5337151362461339877

Neft kimyoviy jarayonlarning nazariy asoslari. Umumiy tushunchalar, neft kimyoviy jarayonlarni sinflash, kimyoviy reaksiyalar kinetikasi.

2

28.

2

29.

Kimyoviy reaktorlar. Kimyoviy reaktorlar, reaktorlarni sinflash, reaktorlarning tuzilishi, reaktorlarni hisoblash tartibi.

2

30.

2




7-semestr jami:

28




6,7-semestr jami:

64

Ma’ruza mashg‘ulotlari multemedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruxlar oqimi uchun o‘tiladi.
3.Amaliyot mashg‘ulotlar.

2-jadval


T/r

Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari

d/s




6-semestr




1.

Asosiy konstruksion materiallar va ularni tanlash

2

2.

2

3.

Gidravlik hisoblar

2

4.

Trubalarning gidravlik qarshiliklarini hisoblash




5.

Trubalarning optimal diametrini hisoblash

2

6.

Nasos va ventilyatorlarni hisoblash

2

7.

2

8.

Siklonlarni hisoblash

2

9.

Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash

2

10.

2

11.

Issiqlik almashinish qurilmalarini texnologik hisoblashning umumiy sxemasi

2

12.

2

13.

Issiqlik berish koeffitsentini hisoblash uchun tenglamalar

2

14.

2

15.

Issiqlik almashinish qurilmalarining asosiy parametrlari va konsruksiyalari

2

16.

2

17.

Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash

2

18.

Havoli sovutkichni hisoblash

2




6-semestr jami:

36

7-semestr

19.

Trubali silindrsimon vertikal pechni hisoblash

2

20.

O‘txonasi devori nurlanuvchan trubali pechni hisoblash

2

21.

2

22.

Modda almashinish qurilmalarini hisoblash

2

23.

2

24.

Rektifikatsion kolonnani hisoblash

2

25.

Fraksiyalovchi absorberni hisoblash

2

26.

Rotor-diskli ekstraktor hisobi

2

27.

Ekstraksion kolonnani hisoblash

2

28.

Reaktorlarni hisoblash

2

29.

2

30.

Trubali piroliz reaktorini hisoblash

2

31.

Katalizatorning mavxum qaynash qatlamli katalitik kreking qurilmasi reaktorini hisoblash

2

32.

2




7-semestr jami:

28




6,7-semestrlar jami:

64

Amaliy mashg‘ulotlar multemedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multemidia qurilmalari yordamida uzatiladi.


4. Laboratoriya mashg‘uloti.

3-jadval


T/r

Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari

d/s




6-semestr


1.

Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va kimyoviy laboratoriyalarda ishlash texnika xavfsizligi qoidalari.

2

2.

Asosiy konstruksion materiallar va ularni tanlash.

2

3.

Suyuqlik oqimining rejimini aniqlash.

2

4.

Filtrlash jarayonining konstantasini aniqlash.

2

5.

Qurilmada biplanetar aralashtirgich bilan aralashtirish uchun quvvat sarfini aniqlash.

2

6.

Markazdan qochma nasosning xususiyatlarini aniqlash.

2

7.

Quvur ichidagi quvur apparatida konvektiv issiqlik o‘tkazuvchanligini aniqlash.

2

8.

Ikki trubali issiqlik almashtirgichning uzunligi bo‘ylab issiqlik uzatuvchining harorat taqsimotini aniqlash.

2

9.

Bug‘ kondensatsiyasi jarayonini o‘rganish.

2

10.

Rektifikatsiya qurilmasining ishlash jarayonini o‘rganish.

2

11.

Neft mahsulotlarini fraksiyaga ajratishda issiqlik miqdorini aniqlash.

2

12.

(ARN) Neftni fraksiyalarga ajratish qurilmasida gazokondensat haydash jarayonida flegma sonini aniqlash.

2

13.

Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarni aniqlash.

2

14.

Tortish usuli yordamida neft va neft mahsulotlari tarkibidagi mexanik aralashmalarni aniqlash.

2

15.

Piknometr yordamida zichlikni aniqlash.

2

16.

Neft mahsulotlarining kinematik qovushqoqligini aniqlash.

2

17.

Benzindagi tetraetiqo‘rg‘oshinni aniqlash.

2

18.

Neft mahsulotlarini brom sonini aniqlash.

2




6-semestr jami:

36

7-semestr

19.

Neft mahsulotlarini funksionallik sonlarini aniqlash.

2

20.

Neft mahsulotlari fraksiya tarkibini aniqlash.

2

21.

Reksifikatsiya usuli.

2

22.

Markusson usuli bilan neft qoldiqlarini guruh tarkibini aniqlash.

2

23.

Neft qoldiqlari gurux tarkibini neft sanoati ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan usul bilan aniqlash.

2

24.

Og‘ir neft mahsulotlarini kokslash.




25.

Quyi oktanli benzinlarni katalizator yordamida riforming qilish.

2

26.

Rafinatlarni eritma xolida deparafinlash.




27.

Neft mahsulotlarini adsorbentlar yordamida tozalash va fraksiyalarga ajratish.

2

28.

Neft mahsulotlarini adsorbentlar yordamida tozalash va fraksiyalarga ajratish.

2

29.

Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning nitrolanish va sul’folanish reaksiyalari.

2

30.

Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning nitrolanish va sul’folanish reaksiyalari.

2

31.

Neft tarkibidagi geterotsiklik birikmalarni aniqlash.

2

32.

Neft tarkibidagi geterotsiklik birikmalarni aniqlash.

2




7-semestr jami:

28




6,7-semestrlar jami:

64


2.2. Mustaqil ish va topshiriqning mavzusi

Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’limning maqsadi - talabalar o‘qituvchi rahbarligida o‘quv jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar, internet ma’lumotlari, o‘quv-vizual va multimedia materiallari yordamida mustahkamlaydilar.



Mustaqil ta’lim mavzulari

d/s




6-semestr




1.

Rektifikatsiya usuli ko‘p bosqichli rektifikatsiya.

4

2.

Bug‘latish orqali suyuqlikni tashkil etuvchi kompnentlarga ajratish. Haydash yo‘li. Haydash yo‘li bilan suyuqliklarni ajratish.

6

3.

Proporsional ravishda suyuqlikni bug‘ xolatiga o‘tilishi.

6

4.

Sanoat qurilmalardagi reaktorlar.

4

5.

Boshlang‘ich davrdagi qurilmalardagi katalizatorlar.

4

6.

Katalizator tarkibi. Katalizatorlar ishlaganda qurilmalarning ishlash davri.

6

7.

Platina–reniy va ko‘p metali katalizator ishlatilganda jarayonning bosimi.

6

8.

Aralashmalarni ajratish uchun elektrofiltrlar. Elektrofiltrlarning ishlash prinsipi.

6

9.

Nurlanuvchi, chuktiruvchi elektrodlar. Trubali va plastinali elektrodlar. Gorizontal va vertikal elektrofiltrlar.

6

10.

Adsorbsiya jarayonlarini hisoblash.

4

11.

Gaz, bug‘ yoki suyuqlikni g‘ovaksimon qattiq jismlarni yuzasi bo‘ylab yutishilishida adsorbsiya jarayoni.

6

12.

Absorbsiya jarayoni, aralashmalardagi yutilayotgan komponetning konsentratsiyasi.

6

13.

Desorberlarni turlari va ishlash prinsipi.

6

14.

Ekstraksiya jarayoni va qurilmalari.

6

15.

Kristalizatorlar, ularni turlari, hisobi.

6

16.

Havoli sovitgichlar.

6

17.

Pechlarning turlari, tuzilishi.

6




6-semestr jami:

94

7-semestr

18.

Issiqlik almashtiruvchi qurilmalar, konstruksiyasi.

4

19.

Aralashtirgichlar, ularni turlari, konstruksiyasi.

4

20.

Seperatorlarning turlari va ishlatilish sohasi.

4

21.

Nasos, kompressorlar va ventilyatorlar, ularning turlari

4

22.

Suyuq fazada boradigan reksion jarayonlar uchun trubasimon reaktor.

6

23.

Piroliz jarayonini boradigan trubasimon reaktorlar.

4

24.

Kimyoviy reaktorlarning neftkimyoviy jarayonlarni amalga oshirishdagi roli. Reaktorlar kdnday prinsiplarga asosan sinflanadi.

6

25.

Izotermik va avtotermik reaktorlar. Ushbu reaktorlarning umumiy va xususiy tomonlari nimalardan iborat.

6

26.

Neft va gazni kayta ishlash texnologiyasida kanday rusumdagi reaktorlar eng kup ishlatiladi.

6

27.

Katalitik riforming kurilmasidagi xom ashyo radial yunalish buyicha xarakat qiladigan reaktorning ishlash prinsipi. Uning kanday afzallik tomonlari bor.

6

28.

Xarakatchan nasadkali katalitik riforming reaktori kanday tuzilgan. Ushbu reaktorning ishlash prinsipini kanday tushuntirsa buladi.

6

29.

Vakuum-distillyatlarini kayta ishlashga muljallangan katalitik kreking kurilmasining mukamallashtirilgan reaktorini kanday tasvirlash mumkin.

6

30.

Kreking kurilmasining regeneratori. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Uning ish unumdorligi kanday omillarga boglik.

6

31.

Kimyoviy reaktorlarni xdsoblash tartibi. Xdsoblashlarni amalga oshirishdan kuzlangan maksadlar nimalardan iborat.

6




7-semestr jami:

74




6,7-semestr jami:

168



III. TASHKILIY-USLUBIY ISHLAR

III.1. Mutaxassislik kafedra professor-о‘qituvchilarining reja asosida о‘tkaziladigan ochiq darslarini tahlil qilish bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lish

Ochiq darslar tahlili kafedra professor-о‘qituvchilari, kafedra mudiri va о‘quv bо‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Kafedra mudiri tomonidan kafedra professor-о‘qituvchilarining ochiq darslar jadvali tuziladi.

Jadval professor-о‘qituvchi familiyasi, ismi, sharifi, ochiq dars mavzusi , ochiq dars о‘tilayotgan fakulteti, kursi va guruhi ochiq dars о‘tish muddati aniq kо‘rsatiladi. Oliy ta’lim muassasalarida jadval bо‘yicha ochiq dars о‘tish kunidan bir necha kun avval kafedrada e’lon beriladi. Ochiq darsni о‘tishdan asosiy maqsad, OTMda tajribali professor-о‘qituvchilarni kо‘paytirish, yangi о‘qituvchilar tajriba orttirishi, professor-о‘qituvchilar о‘zaro fikr almashishadi.

Ochiq darslar tahlili quyidagicha amalga oshiriladi;



  • о‘qituvchining ismi sharifi

  • gurux №

  • kurs

  • fanning nomi

  • darsni о‘tkazish vaqti

  • mavzusi

  • mashg‘ulot turi

  • kuzatuvchining ismi sharifi va lavozimi

  • darslarni ilmiy-nazariy va uslubiy о‘tilishi haqida taqriz

  • darsni kuzatuvchi imzosi

  • dars о‘qituvchisining imzosi

  • dasr о‘tish natijasining tahlili haqida kafedra yig‘ilishi yoki fakultet Kengashi natijalari

  • kafedra mudiri imzosi

  • fakultet dekani imzosi

Ochiq darsning tahlili ilova qilinadi.
IV. MA’NAVIY-AHLOQIY –TARBIYAVIY ISHLAR

4.1. Akademik guruhda murabbiylik ishlarini olib borish uslublarini о‘rganish.

Oliy ta’lim muassasalarida har bir akademik guruh uchun murabbiylik ishlari mavjud bо‘lib, guruhga berkitilgan rahbar har haftada bir marta guruh yig‘ilishi о‘tkazib, о‘tkazilgan majlisni bayonnoma shaklida hujjatlashtiradi. Yig‘ilishda guruh rahbari guruhda darsga qatnashishi sust talabalarni jalb qilish, baholari past talabalarga tanbeh berish, respublika, viloyat, fakultet va institut miqyosida bayram tadbirlariga faol ishtirok etish kabi masalalar kо‘rib chiqiladi. Har bir bayonnoma 2 nusxada bо‘ladi. Bayonnomaning bir nusxasi murabbiylik ishini olib borayotgan professor-о‘qituvchining murabbiylik ishlari papkasiga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa fakultet dekanatiga topshiriladi.

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTINING

ODOB-AXLOQ QOIDALARI
QARSHI
Institutning________-sonli Ilmiy Kengashida kо‘rib chiqilgan.
1-bо‘lim. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu oliy ta’lim muassasasi (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida”gi, va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida”gi qonunlar, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili”, davlat dasturlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, OTMning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

“Qoidalar” ishlab chiqilishida О‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar о‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda harkimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli OTMning asosiy funksiyasi ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan.



1.2. “Qoidalar” OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan sо‘ng kuchga kiradi va unga о‘zgartirish hamda qо‘shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi.

1.3. “Qoidalar” OTMning ma’muriyati, professor-о‘qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ning OTMga oid о‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bо‘lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.

1.4. “Qoidalar”ga rioya qilish OTM jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir.

1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini о‘z zimmasiga olib imzo qо‘yishi shart.

1.6. OTM jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan о‘zaro munosabatlarida “Qoidalar”dagi kо‘rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

2-bо‘lim. Maqsad va vazifalar

2.1.“Qoidalar”ning maqsadi OTMda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kо‘maklashish, OTMning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.

2.2. “Qoidalar” ning asosiy vazifalari:

- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini tо‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bо‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxissislarni tayyorlash;



-OTM jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;

- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zо‘ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarning ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tubdan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga kо‘maklashishdan iborat.
3-bо‘lim. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar

3.1. OTMda hamjihatlik, о‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amho’rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining о‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.

3.2. OTMda о‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosining sо‘z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, о‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo sо‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga kelish huquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.

3.3. Jamoa a’zolarining OTMga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof kо‘rsatib turadigan, yelka, kо‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, tо‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari OTMga orasta bо‘lib, unga monand kiyim kiyishlari lozim.

3.4. Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo sо‘zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi hamda OTMda о‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.

3.5. OTM jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) sо‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bо‘lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq о‘z sо‘zini tugatib, boshqasi sо‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.

3.6.Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni о‘zlaridan oldin о‘tkazib yuborishlari lozim.

3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga о‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ochiq holda kо‘rsatishi shart.

3.8. Jamoa a’zolari OTM hududida yо‘lning о‘ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bо‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qо‘l berib sо‘rashish istisno bо‘lib, yoshi kattas haxslar birinchi bо‘lib qо‘l uzatganidan keyingina unga javoban qо‘l uzatish mumkin.

3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bо‘lmagan yoki OTMning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yо‘lida foydalanish taqiqlanadi.

3.10. Kompyuterlarda OTMga tegishli bо‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.

3.11. О‘quv mashg‘ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining osoyishtaligiga halaqit beradigan xatta-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.

3.12. OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga kо‘ra о‘z vaqtida kelashlari shart.

3.13. OTMda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qumor va tavakalchilikka asoslangan boshqa о‘yinlar о‘ynash qat’iyan man etiladi.

4-bо‘lim. Professor-о‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya

jarayonidagi о‘zaro munosabatlari

4.1. Professor-о‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi о‘zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy an’analariga asoslanishi lozim.

4.2. Professor-о‘qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar о‘rinlaridan turib salomlashishlari, sо‘ngra о‘z joylarini egallashlari lozim.

4.3. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.

4.4. Talaba о‘zining nojо‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotlariga xalaqit bersa, professor-о‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.

4.5. Talabada professor-о‘qituvchi bilan о‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bо‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya’ni:

- professor-о‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki о‘zaro kelishuv bо‘yicha belgilangan vaqtda shug‘ullanishini;

- о‘zi muloqot qilmoqchi bо‘lgan professor-о‘qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.

4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-о‘qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki о‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bо‘lsa, professor-о‘qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.

4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-о‘qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qо‘pollik, ta’magirlik, professor-о‘qituvchining aybi bilan mashg‘ulotlar о‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) kо‘rsatilishi va u bо‘yicha guruhning yagona fikri mavjud bо‘lishi shart.

4.8. Professor-о‘qituvchi bilan talaba о‘rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bо‘lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.

5-bо‘lim. Professor-о‘qituvchilarning о‘zaro munosabatlari

5.1. Professor-о‘qituvchilarning о‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, о‘zaro hurmat va e’tibor, dо‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilish lozim.

5.2.Professor-о‘qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, о‘zganing intelektual mulkini о‘zlashtirib olish, qо‘pollik, behayo sо‘zlar ishlatish, mushtlashish, о‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.

6-bо‘lim. Talabalarning о‘zaro munosabatlari

6.1. Talabalarning о‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, о‘zaro hurmat va e’tibor, dо‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilish lozim.

6.2. Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatig ahurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, о‘zganing intelektual mulkini о‘zlashtirib olish, qо‘pollik, behayo sо‘zlar ishlatish, mushtlashish, о‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.

7-bо‘lim. Professor-о‘qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

- odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bо‘lish;

- OTM manfaatlariga zid bо‘lgan xatti-harakatlardan о‘zlarini tiyish;

- biror-bir noxush voqea yoki xodisa rо‘y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga xabar berish;

- OTM sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;

- OTM tо‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obrо‘siga ziyon yetkazish uchun manfaatlari yо‘lida foydalanmaslik;

- dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish;

- yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tubdan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga kо‘maklashish.

8-bо‘lim. Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

a) OTM hududida:


  • hududga kirishda talabalik guvohnomasini kо‘rsatib kirish;

- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;

- OTM mulki (kо‘char va kо‘chmas mulki, о‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish;

  • kiyinish va о‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;

  • mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;

  • maishiy tinchlikka rioya qilish;

  • narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga о‘z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bо‘lish ialohida qayde tiladi.

b) auditoriyada:

  • uyali aloqa vositalarini о‘chirib qо‘yish;

  • dars vaqtida gaplashmaslik;

  • jihozlarga madaniy munosabatda bо‘lish, partalarga yozmaslik;

- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.



v) umumiy ovqatlanish joylarida

- taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;



  • tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat kо‘rsatish;

  • ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

  • umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.

g) axborot resurs markazida

  • ARM xodimlari bilan xush muomalada bо‘lish;

  • Kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish;

  • Baland ovozda sо‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;

  • qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;

  • kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

d) talabalar turar joylarida

  • mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;

  • elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;

  • sanitariya va gigiyena xonalarida foydalanish qoidalariga amal qilish;

  • talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’iy rioya qilish.

e) sport majmualarida:

  • sport majmuasiga xos bо‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;

  • sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bо‘lish;

  • mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qaytib topshirish;

  • sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar о‘tkazish joylarida:

  • о‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bо‘lish;

  • ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

  • uhlab о‘tirmaslik, о‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.

Shuningdek:

  • turli davralarda о‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

  • doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

  • OTM manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obrо‘si hamda nufuzi tо‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bо‘lish.

9-bо‘lim. Professor-о‘qituvchi va talabalarga odob-axloqida man etiladigan holatlar

Professor-о‘qituvchiga:



  • Jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, о‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

  • Jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bо‘htonlar uyushtirish;

  • Talabalar bilan о‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

  • Talabalarni asossiz о‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;

  • о‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi о‘tkazish;

  • о‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;

  • binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.

Talabaga:

  • professor-о‘qituvchilarga qо‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqtida asossiz gapirish;

  • professor-о‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;

  • yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professor-о‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;

  • xodimlar va о‘z о‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;

  • yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, о‘zgalarga yordam kо‘rsatish;

  • boshqa shaxslart omonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni о‘z nomidan topshirish;

  • mashg‘ulotlarni о‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;

  • mashg‘ulotlar vaqtida professor-о‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;

  • boshqa talabaning say-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;

  • moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yо‘llar bilan kо‘z-kо‘z qilish qat’iyan man etiladi.

10-bо‘lim. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlar

о‘rtasidagi odob-axloqqa doir munosabatlar

10.1. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlar о‘rtasidagi munosabatlar, о‘zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, g‘amhurlik va adolat tamoillariga asoslanadi.

10.2. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bо‘yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq о‘tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoillariga va OTM manfaatlariga zid bо‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yо‘l qо‘ymaydi;

10.3. Lavozim darajalari teng bо‘lgan xodimlar о‘rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng bо‘lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni о‘z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.

10.4. Jamoada biror bir masala bilan mu’muriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoyili asosida tashkil etiladi.

10.5. Professor-о‘qituvchi va xodimning OTMda ma’naviy-ahloqiy muhitni yanada yaxshilash bо‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.

10.6. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intelektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.


11-bо‘lim. Rag‘batlantirish va chora kо‘rish tartibi.

11.1. О‘quv yili davomida “Qoidalar”ga tо‘la rioya qilgan, OTMda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bо‘lim boshliqlari tavsiyasiga binoan OTM ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantiriladi.

11.2. Jamoa a’zolari ushbu “Qoidalar”ni buzganda, OTM ichki tartib qoidalarning “Intizomiy ta’sir choralari” bо‘limida keltirilgan holatlar bо‘yicha choralar kо‘riladi.

Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini taminlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari OTMdagi Birlashgan kasaba uyushma qо‘mitasi, “Yoshlar ittifoqi” YOIH, Xotin-qizlar va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori tо‘g‘risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.


Magistratura talabasining kalendar ish rejasiga muvofiq, men

2021-2022 o‘quv yili

III semestrda:
Neft va gaz kimyosi sanoati jihozlari, konstruksiyalari , hisobi va ularni loyihakash fanidan- 1 ta mustaqil ish

Neft va gaz sanoti texnologik jixozlarida qo’llanila digan geterokompozitli polimer materiallari va ulardan olingan detallarning ekspulatatsion ishonchliligini taminlash fanidan-1 ta mustaqil ish

Dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishiga oid – 1 ta mustaqil ish, hamda «NGQIT» - kafedrasi assisent o’qituvchisi SH.Rizayev darsida 06.12.2021 yil NGT-149-18 guruhiga “Neft-vagazni qayta ishlash texnologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotini o‘tdim.
Amaliy mashg’ulot



XULOSA

О‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining sо‘ngi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Mazkur qonun va meyoriy xujjatlarda tarbiyachilar va о‘qituvchilar oldiga quyilgan vazifalarni bajarish borasida yurtimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakatimizda va horijiy mamlakatlarda tо‘plangan ijobiy tajribalarga asoslangan holda, oliy ta’lim tizimining tо‘laqonli faoliyatini tashkil etish va islohatlarni jadallashtirishga qaratilgan meyoriy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqmoqda.

Men ilmiy-pedagogik ishlar hisobotimni bajarish bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarining faoliyat sohalarini belgilash, magistratura mutaxssisliklarini о‘quv rejalari, magistratura tо‘g‘risidagi Nizom, namunaviy dasturlar, о‘quv-tarbiya jarayonlariga tegishli meyorlar, uslubiy xujjatlar, fanlarni о‘zlashtirish sifatini nazorati, oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini qanday yuritilishini, murabbiylik ishlari, ochiq darslar tahlili kabi bir qatori xujjatlarning yuritilishini о‘rganib oldim.

Istiqlol barcha sohalarda bо‘lgani kabi xalq ta’lim sohasida ham katta о‘zgarishlar yasadi, buyuk burilishlar qildi.

Mohiyati jihatidan mutlaqo yangi bо‘lgan kadrlar tayyorlash milliy modeli “Ta’lim tо‘g‘risidagi “ va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan iborat qonunlarni qabul qilish va joriy etishga asos bо‘ldi.

Shuni aytish kerakki, kadrlar tayyorlash milliy modeli О‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashga asos bо‘lib hisoblanadi. Ta’limning maqsadi va qimmatini, uning mazmuni va natijasini, ta’lim-kasb dasturlari asosiy xususiyatini, ta’lim jarayoni shakliy tuzumini, uning maqsadga erishish darajasini, bosqichma-bosqich va yakuniy tashxislash mо‘ljallangan kо‘lamini va vaqt meyorini, ta’lim va ma’lumotlilik darajasini belgilovchi davlat ta’lim standarti hisoblanadi.

DTSning tashkiliy-boshqaruv vazifasi – ta’lim tizimi sifati va miqdoriy tavsifini tartibga solish va chegaralashdan iborat. Bular yordamida korxona, davlat, jamiyat, ish beruvchi va h.k.lar tomonidan ta’limni nazorat qilish ta’minlanadi.

Respublikamizda 1997 yilda boshlangan mavjud ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni ta’lim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni jalb etishliksiz, oliy ta’lim faoliyatini tubdan о‘zgartirmay turib mantiqiy yakuniga yetkazib bо‘lmaydi.

Hozirgi kunda davlat tomonidan oliy ta’limni moddiy qо‘llab-quvvatlash maqsadida, oliy ta’lim muassasalariga zamonaviy texnika vositalari, jihozlar, kompyuter xonalari bilan ta’minlanganligining о‘zi ham yurtimizda ta’lim sohasida tubdan о‘zgarish yuz berganligiga misol bо‘la oladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.M.Mirziyoyevning. «Oliy majlisga yo’llagan murojaatnomasi» Toshkent, 2020 24yanvar.

2. Sh.M.Mirziyoyev.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, «O‘zbekiston», 2017., 485 b.

3. I.A.Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent, «O‘zbekiston», 1998y, 683b.

4. I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, «O‘zbekiston», 1999y.

5. I.A.Karimov. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. Toshkent, «O‘zbekiston» 2006y

6. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.

Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008y.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 y. 2 martdagi «Sanitariya Qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni

8. «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 y. 11 apreldagi, 143-Qarori

9. «O‘zbekiston Respublikasi FV da ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi VM ning 1997 y., 23 dekabrdagi, 558-Qarori

Ma’ruza matnlari



1. M.X.Ashurov,Neft gaz qazib olish va qayta ishlash tizimida karroziyaga qarshi himoya usullari:O’quv qollanma, 2014 y. 120 b.

Internet manbalari

  1. www.lex.uz - O‘zR Adliya vazirligi sayti.

  2. www.Ziyonet.uz

  3. www.qmii.uz

  4. www.oilandgas.com

  5. www.oilandgaslibrary.com

  6. www.ziyonet.uz




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə