Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti Muhandislik texnika fakulteti


Windows operatsion tizimining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#158263
1   2   3   4   5   6   7
A.E.

Windows operatsion tizimining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Windowsning yopiq ishchi muhitliligi. Bu operatsion tizim mumkin bo’lgan barcha amallar Windowsdan chiqmagan holda bajarilishi mumkin. Amaliy dasturni ishga tushurish, disklarni formatlash, matnlarni chop etish ­­­– bu amallarni Windows ichida bajarish va amallarni bajarib bo’lgandan so’ng yana Windowsga qaytish mumkin.
Windows muhitida foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalarini oyna va piktogramma tashkil qiladi. Oynalarning tuzilishi va ularni boshqarish elementlarining joylashuvi, amallar to’plamlari va servis dasturlari uchun menyu tuzulishi, shuningdek, barcha servis va amaliy dasturlar uchun sichqoncha yordamida bajariladigan amallar yagona talab (standart) asosida ishlab chiqilgan.
2. Windowsning grafik sistemaliligi. Windowsda MS DOS kabi foydalanuvchidan buyruqlarni matnli satrlar ko’rinishida kiritish talab etilmaydi, balki taklif etilgan to’plamdan talab etilgan amal sichqoncha ko’rsatkichini menyuning tegishli buyrug’i ustiga yo’naltirib zarur tugmani bosib tanlanadi.
WINDOWS operatsion tizimining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • ko’p masalaliligi – bir vaqtning o’zida bir necha dastur va oynalar bilan ishlash mumkin;

  • yagona dastur interfeysi – WINDOWS operatsion tizimi muhitida ishlaydigan bir dasturda tayyorlangan ma’lumotlarni boshqa dasturlarga olib o’tish imkoniyati mavjud;

  • yagona foydalanuvchi interfeysi – WINDOWS operatsion tizimidagi bir dastur interfeysida ishlashni o’zlashtirib olgandan keyin, boshqa dastur interfeysini o’rganish oson;

  • yagona apparatli-dasturiy interfeys – WINDOWS muhiti turli qurilma va dasturlarning bir-biriga mosligini ta’minlaydi hamda WINDOWS muhiti boshqa, masalan, MS DOS, operatsion tizimlarida yaratilgan dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini beradi;

  • Windows muhiti dasturlarning qurilmalarga va dasturli ta’minot (printer, displeyga)ga bog’liq bo’lmasligini ta’minlaydi;

  • Windows muhiti MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlar va elektron jadvallar ishini to’la ta’minlaydi;

  • Windows mavjud tezkor xotira va qurilmalardan to’liq foydalana oladi;

  • Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.

Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi) yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish) yoki OLE (ma’lumotlardan ularni tahrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
WINDOWS da foydalaniladigan barcha uskunaviy jihozlar uning obyektlari deb ataladi. WINDOWS operatsion tizimi yuklanganda ekranda uning asosiy foydalanuvchi interfeysi – ish stoli aks etadi. Unda WINDOWS obyektlari va boshqaruv elementlari joylashgan. Obyektlar bir-biridan xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, qattiq disk o’zining nomi, to’la hajmi, bo’sh sohasining hajmi, oxirgi tekshirilgan kuni va boshqalar bilan farqlanadi. Shuningdek, operatsion sistema uchun fayllar ham obyekt hisoblanadi. Chunki, ular o’zining nomi, joylashgan joyi, yaratilgan vaqti, hajmi va turi bilan farqlanadi.
WINDOWS operatsion tizimi bilan ishlaganda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə