Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti Muhandislik texnika fakulteti


ESLATMA, Windows XP va Windows Vista logotiplari o'xshash, Windows 8 / 8.1 va Windows 10 logotiplari o'xshashdir



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#158263
1   2   3   4   5   6   7
A.E.

ESLATMA, Windows XP va Windows Vista logotiplari o'xshash, Windows 8 / 8.1 va Windows 10 logotiplari o'xshashdir.
Kompyuterlarning texnik tomondan mukammallashishi hamda grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq-dasturlar ishlab chiqarish fikrini uyg’otdi. Bu ishga birinchi bo’lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985- yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi e’tiborli afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda go’zalroq tasvirlangan edi. Shunday bo’lsa-da, u grafik qobiq-dasturlarning keyingi turkumlarining ishlab chiqarilishiga turtki bo’ldi. 1987- yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiq-dasturida WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo’lsa-da, foydalanuvchilar tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.

WINDOWS 1.0


1995- yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion tizim bo’ldi. Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emasgrafik muhit deyish qabul qilingan.



“WINDOW” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tiliga “oyna”, “lavha”, “darcha” deb, “WINDOWS” so’zi esa “oynalar”, “lavhalar”, “darchalar” deb tarjima qilinadi. Mazkur tizimning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan bunday operatsion tizimning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarning rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarning keng omma tomonidan qo’llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o’zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda ishlab chiqarildi. 1998- yilning yozida yaratilgan WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o’z-o’zini “tuzatish” va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion tizimlarga qo’yilayotgan talabning ortib borishi 1999-yil oxiriga kelib WINDOWS-2000 operatsion tizimining ishlab chiqarilishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yana-da to’laroq foydalanish imkonini berdi.



Bu muhitni grafik operatsion tizim deyilishiga sabab, foydalanuvchi interfeysi, dastur va ma’lumotlar fayllari monitor oynasida piktogrammalar ko’rinishida aks ettirilishidadir. Fayllar bilan ishlash xohishga qarab sichqoncha yoki klaviatura yordamida amalga oshirilishi mumkin.
2001- yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS XP (eXPerience – tajriba, sinov) operatsion tizimi WINDOWSning avvalgi naqllaridan o’zagi bilan tubdan farqlanadi. Shu bilan birga yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining go’zalligi, o’z-o’zini “tuzatish” va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi, kompyuter resurslaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyati, juda ko’p qurilmalarning drayverlarini o’z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.

Undan tashqari 2007 yildan boshlab qisqa davr ichida Windowsning – Windows Vista – 2007 yilda, Windows 7 – 2009 yilda, Windows 8 – 2012, windows 10 2015 yil kabi turkumlari ham yaratildi.


Quyidagi rasmda WINDOWS operatsion tizimi turkumlaridan biri bo’lgan WINDOWS 7 operatsion tizimining ish stoli va bir nechta amaliy dasturlarning interfeysi ko’rinishi tasvirlangan.

Foydalanuvchining xohishiga ko’ra WINDOWS operatsion tizimi tarkibiga boshqa dasturlarni ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda WINDOWS operatsion tizimi tarkibida ishlashga mo’ljallangan juda ko’p maxsus dasturlar majmuasi ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Microsoft Office dasturlar paketi ixtiyoriy korxona ish yuritishida foydalaniladigan hujjatlarni tayyorlash, turli hisob-kitob ishlarini va boshqa o’nlab amallarni bajarish imkonini beruvchi dasturlarni o’z ichiga oladi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə