Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
 


16 
Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslublari. 
Reja: 
 
1. Dastlabki iqtisodiy fikrlar va merkantilizm namoyondalarining tushunchalari.
2. Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari davri. 
3. Siyosiy iqtisod, ekonomiks va iqtisodiyot nazariyasi talqinlari.
4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslublari. 
5. Iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy kategoriyalar 
1. Dastlabki iqtisodiy fikrlar va merkantilizm namoyondalarining tushunchalari.
«Iqtisod» so’zi tor ma’noda inson yaratgan barcha ne’matlarni, tabiatdagi barcha 
boyliklarni, insonning mehnatini tejab-tergab ishlashtish ma’nosini ifodalaydi. Keng 
ma’noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o’tkazishga qaratilgan xo’jalik faoliyati 
bo’lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste’mol 
etish bilan yakunlanadi. Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining 
poydevoridir. Shu bois «avval iqtisod, so’ngra siyosat» yoki «avval taom, so’ngra 
kalom» deydilar. Inson tirik jon bo’lganligi birinchi navbatda uning moddiy talab-
ehtiyoji qondirilishi kerak, unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar 
hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z rizq-nasibasini 
yaratadilar. 
Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida hamisha muayyan qonun-qoidalar 
yotadi. Shu bois ularni bilishga intilish qadimdan mavjud. Kishilar asrlar davomida 
iqtisodiy hodisalarni ko’zatib, ularni umumlashtirgan xolda turli fikr-mulohazalar,
ilmiy qarashlarni olg’a surganlar. Bu qarashlar va fikrlar jamlana borib iqtisodiyot ilmi 
yo’zaga kelgan. Qur’oni Krim, Hadisi sharifda, ajdodlarimiz bo’lmish buyuk allomalar 
asarlarida iqtisodiyot qonun-qoidalariga, tartiblariga oid ilk va ajoyib fikrlar mavjud. 
G’arbiy yevropada yashab o’tgan mo’tafakkirlar ham iqtisodiyot ilmiga ulkan hissa 
qo’shganlar. 
Jamiyat taraqqiy etib borgan sari doimo yangi fanlar ham paydo bo’lib boradi, 
hamda ularning barchasi bilimlar olamida o’z o’rnini topadi. Shu jixatdan qaraganda 
“Iqtisodiyot nazariyasi” ham fan sifatida uzoq tarixiy davr mobaynida paydo bo’ladi va 
rivojlanib keladi. U jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha ta’riflanib keladi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” yaqin davrlarga siyosiy iqtisodiy nomi bilan yuritilib 
keldi. Bu fan sohasidagi dastlabki bilimlarni vujudga kelishida Gresiyali Aristotel, 
Ploton hamda Ksenofontlarning asarlaridagi iqtisodiy fikrlari, davlatning boyib borishi 
sabablarini tahlil qilishlari ma’lum o’rin tutadi. Ulardan Aristotel siyosiy iqtisodning 
ayrim kategoriyalarini aniqladi hamda ma’lum darajada ularning aloqalarini 
tushuntirishga harakat qildi. U o’z asarlarida tovarning ikki xususiyatini - qiymati va 
iste’mol qiymatini aniqladi, ayriboshlash jarayonini tahlil qildi hamda ayriboshlash 
nisbatini aniqlash masalasini ilgari surdi. Shuningdek u pulning kelib chiqishi va 
vazifalarini bayon etadi. Bundan tashqari u pulning harakatga keltirilishi natijasida, pul 
egasiga yangi pullar keltirilishi birinchi bor izohlab berdi.


17 
Dastlabki iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida qadimgi sharq mamlakatlari 
mo’tafakkirlarining ham alohida o’rni bor. Bu borada “Islom nazariyasi” deb nom olgan
sharq mamlakatlari iqtisodiy qarashlari majmuasi ham bu borada katta qiziqish 
uyg’otadi. Misrlik ilohiyotchi Muhammad abu ar-Raufning ta’kidlashicha “Islom 
iqtisodiy ta’limoti” 1400 yildan ortiq tarixga ega. U Muhammad payg’ambar va 
taqvodor halifalar davrida muvoffaqqiyatli ravishda turmushga joriy etilgan va 
musulmon jamiyatining gullab-yashnashiga ko’maqlashgan. (Karang A.Abdullaev 
“Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur” 1999 y. 7-Bet).
Shuningdek O’rta asr Sharq olimlari Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, 
Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Amir Temur, Zaxiriddin Bobur va boshqalarning 
mehnat taqsimoti haqida, boylikni yaratilishida mehnatning ro’li, Soliqlar tizimi, 
pulning vazifalari to’g’risida o’zlarining fikr muloxazalarini ilgari surganlar.
Xullas, qadimgi davr iqtisodiy fikrlarida o’sha jamiyatdagi hukmron natural 
xo’jalik va endi paydo bo’lib, asta sekin kengayib borayotgan oddiy tovar - pul 
munosabatlari ifodalanar edi. 
Siyosiy iqtisod tushunchasini ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotga birinchi bo’lib XVII 
asr boshlarida fransuz aslzodasi Antuan Monkreten de Vattevil olib kirdi. Agar va 
shaxsiy boshqarishni ifodalashgan bo’lsa, Monkreten bu tushunchani “uy ro’zgor va 
xo’jalikni yaxshi boshqarish san’ati” deb talqin etadi. Monkreten fikrlarida, xo’jalik 
ishlari gullab yashnashi davlat, milliy jumxuriyati bo’yicha tushunilgan. Shu asosda 
Adam Smitgacha bo’lgan barcha mo’tafakkirlar siyosiy iqtisodni davlat xo’jaligi 
to’g’risidagi fan sifatida o’rganib keldilar.
XV-XVIII asrlarda merkantilizm iqtisodiy siyosatda va iqtisodiy tafakkurda bosh 
yo’nalish bo’ladi. Uning mohiyati iqtisodiy siyosatda - mamlakat va davlat xazinasida 
barcha oltin va qimmatbaho materiallarni to’plash, nazariyada esa tovar-pul muomalasi 
sohasi iqtisodiy qonunlarini topish edi. Merkantilizmning muhim g’oyasi natijasida, 
mamlakatda ko’p pul yig’ish edi. Uning yorqin namoyondasi bo’lib Tomos Man 
hisoblanadi. U boylik ma’nosida pulni, oltin va kumushni tushundi, o’zining asarlarida 
savdo kapitalini eng muhim kapital deb hisoblab, ishlab chiqarishni rivojlantirish esa 
faqat savdoning kengaytirishning omili deb bildi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə