21
Ayrim xollarda predmetning shakillanishi uni harakterlanishida shubxa
tug’diradi. Ba’zida fanning o’rganish vaziyatlari uning tashkil topgan tuzilishini va
murakkabligini isbotlaydi. Shu bois predmet mazmuni- bu mavjud ob’yekt va sub’yekt
munosabati mushoxadasining zarur provard dialektikasidir.
Yuqorida
qayd etilganidek, Aristotel “Iqtisodiyot” va “xrematistika”
tushunchalarini farqladi. “Iqtisodiyot” tushunchasida foydali buyumlar yig’indisini
boylik ma’nosida talqin etsa, “xramatistika” so’zida pul jamgarilishini boylik ma’nosida
hisobladi. A.Smit siyosiy iqtisodni boylik to’g’risidagi fan deb talqin etdi.
Siyosiy iqtisod-deb takidlaydi A.Smit -davlat arbobiga yoki qonunchiga zarur
bilim tarmogi sifatida o’z oldiga xalqning va davlat boshligining boyishini maqsad qilib
qo’ydi.
K.Marks esa, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sharoitida insonlararo mavjud
bo’ladiga ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlar va iste’mol munosabatlari sifatida
bildi.
Aynan merkantelizm nazariyasi asosida Iqtisodiyot nazariyasi predmeti
mahsulotning “foydalilik” va “cheklangan foydalilik” ni farqlanishi hisobiga qiymat
buyumning cheklangan foydaliligi bo’yicha aniqlana boshladi.
A.Marshallning 1890 yili chop etilgan “Iqtisodiyot fani tamoillari” kitobida
keltirilgan ta’rif ko’pchilik iqtisodchi olimlarni jalb etdi. Chunki, “Iqtisodiyot
nazariyasi-bu bir tomondan boylik to’g’risidagi fan, ikkinchi jixatdan esa jamiyatdagi
insonlari faoliyati haqidagi ijtimoiy fanning bir bo’lagi bo’lib, insonlar ehtiyojlarini
ta’minlash bo’yicha o’rinishlarni belgilangan chegaralarda, boylikning birligi yoki
uning umumiy vakili pul bilan hisoblashdir”.
D.M.Keynsning “Balandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarning kashf
etilishi iqtisodiyot nazariyasida makroiqtisodiyot bulimini, ya’ni, iqtisodiy tizmni bir
butun yaxlit o’rganish uchun yo’nalish bo’ldi. Makroiqtisodiyot barkaro’lrligiga
erishish borasida M.Fridmen, A.Laffer kabi olimlar “Monetarizm” maktabi davlat
iqtisodiy nisbati samaradorligi kabi munosabatlar o’rganilishini ilgari surdi. Ayniqsa,
K.Ayres, Dj.K.Gelbreyt, U.Mitchell tomonidan asos solingan isntitutitsionalizm
yo’nalishi va undagi iktisoliyot nazariyasi va tashkil etish nazariyasi, iqtisodiyot
nazariyasi va tarix yoyinki huquq, iqtisodiyot nazariyasi va psixologiya kabi oraliq
shaklidagi fikrlar iqtisodiyot fanini shakllanishida o’z ta’siriga ega bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: