Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslublari



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

4.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslublari. 
Bugungi davrda juda ko’p iqtisodchi olimlar iqtisodyot nazariyasini boylik 
to’g’risidagi fan sifatida o’rganmokdalar. Jumladan, Ukraina iqtisodchisi 
V.N.Tarasevich “Fundamental Iqtisodiyot fani boylik to’g’risidagi fandir va shunday 
fan bo’lib qoladi” deb ta’kidlamoqda.
Yuqorida qayd etilgan ta’riflarni xulosa qilganda Iqtisodiyot nazariyasi predmeti 
sifatida turli tuman, xatto bir-birlaridan ancha farqlanuvchi ta’riflar mavjudligini 
tushungandagicha guruhlarga ajratish mumkin:
boylik to’g’risida;
insonlarni moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va 
iste’mol qilish to’g’risidagi munosabatdir; 


22 
iqtisodiy munosabatlar; 
cheklangan resurslardan jamiyat a’zolarini o’sib boruvchi ehtiyojlarini 
ta’minlash; 
avvalo, boylik haqida, ikkinchidan insonlar ehtiyojlarini qondirish bo’yicha 
o’rinishlarini muayyan belgilangan chegaralarda, boylikning birligi yoki uning umumiy 
ko’rinishi pul bilan hisoblashdir. 
Shunday qilib, haqiqatdan ham Iqtisodiyot nazariyasi fanining bugungi davrdagi 
predmeti o’ta munozarali bo’lib, uni to’g’ri aniqlash juda muhimdir. “Iqtisodiyot 
nazariyasi” darsligini birinchi bo’lib yozgan O’zbekiston iqtisodchi olimlari 
M.Sharifxujaev va A.O’lmasovlar nashr qilgan kitoblarida: “Iqtisodiyot nazariyasi - 
jamiyatda yo’z beradigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo’lgan aloqa-
bog’lanishlarni, ularning qonun-qoidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bo’lishini 
o’rgatuvchi fandir”- deb ta’riflashadi. Albatta bu - ta’rif ham siyosiy-iqtisod bilan 
“Ekonomiks” fanlarini birgalikdagi sintezini ifodalaydi. 
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmetini aniqlashda shu narsani esdan 
chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko’pgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar 
tomonidan, ya’ni sanoat iqtisodiyoti, savdo Iqtisodiyoti, agroIqtisodiyot va agrobiznes, 
iqtisodiy axborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan 
o’rganiladi. 
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya soliq va soliqqa tortish, kredit, pul 
muomilasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, 
buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog’liq xolda amal qiladi, 
ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va o’rganadi. Lekin Iqtisodiyot nazariyasi aniq 
iqtisodiy fanlarning nazariy asosi hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo’nalish beradi. 
Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarini, 
ularning aloqadorliklarini va o’zaro ta’sirini aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan 
xolda “Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz extyojlarini qondirish maqsadida moddiy is’temolarni (va 
xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-
qoidalarini o’rganishdan iborat”- deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot 
nazariyasi 
fanining predmeti nuqtai nazaridan kelib chiqib, uning maqsadi va vazifasini ham 
aniqlash mumkin. Uning maqsadi va vazifasini aniqlashda ham amaliy, ham nazariy 
tomonlarini farqli xolda hisobga olish lozimdir. 
Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu 
asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib 
chiqib uning vazifasini cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, uning har 
bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni
ta’minlash, resurslardan yanada unumlirok foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir. 
Bundan tashqari uning vazifasiga shuningdek aholi bandligini ta’minlash, pul 
qadrsizlanishini, oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo’llarini ko’rsatib berish 
ham kiradi. Shularni aniqlash asosida davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatini
asoslab berishdan iboratdir.


23 
Bu fanning nazariy maqsadi esa, har qanday iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni 
ilmiy nuqtai nazardan kuzatish, ularning ichki bog’lanishlarini, ziddiyatlarini, qonun-
qoidalarini ilmiy asosda o’rganishdan iborat. Shu asosda uning nazariy vazifasi 
talabalarga, iqtisodchi mo’taxasislarga hamda iqtisodiyot bilan qiziquvchi har qanday 
xodimlarga ilmiy asoslangan bilim berishidan hamda o’rgatishdan iborat. Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek iqtisodiyot nazariyasi “Kishilarda yangicha 
iqtisodiy fikrlarni shakillantirish, ularni dunyo qarashini o’zgartirish” bu fanning asosiy 
vazifasi hisoblanadi. (O’zbekiston buyuk kelajak sari T.1999 y. 187 bet.)
Har bir fan kabi iqtisodiyot nazariyasi fani ham o’zining predmetidan ham 
vazifalaridan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Unday uslublar 
bo’lib ilmiy abstraksiya uslubi tahlil va sintez, mantiqiyilik va tarixiylikning birinchi 
uslubi, statistik taqqoslash va hisoblash uslubi, matematik hisoblash va 
modellashtirish uslubi va boshqa uslublar mavjuddir. Ulardan eng muhimi ilmiy 
abstraksiya uslubidir. Ma’lumki iqtisodiy jarayonlarning mohiyati, o’zgarishini
o’rganishda mikrosqoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo’lmaydi. 
Shuning uchun ham ilmiy abstraksiyalash usuli bosh o’rin tutadi. Bu usul iqtisodiy 
hodisalarni ularga ta’sir etuvchi ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda tahlil etib, 
o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratib, ularni nazariy 
umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul yordamida o’rganilayotgan 
iqtisodiy hodisalarning tabiatini ularga qonuniyatlarini bilib olishadi.
Tahlil va sintez usulida esa, avvalo o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga 
ajratib, ularni izchillik bilan tahlil qilishadi, so’ng o’rganilgan qismlardan olingan 
xulosa va natijalarni yaxlit jarayon sifatida qarab umumiy xulosa chiqariladi. Iqtisodiy 
tizim umumiy xolda butuncha tasvirlanadi. Bunday uslubda, Iqtisodiyot nazariyasi fani 
umuminsoniy bo’lgani uchun unda mantiqiyilik va tarixiylikning birligi usuli ham keng 
qo’llaniladi. Bunda tarixiylik fanini tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib 
borishni tavoze qilib, unda iqtisodiy jarayonlar tarixan rivojlanib, o’zgarib turuvchi deb 
karaladi. Masalan, pul-mantiqiyi usul bilan uning mohiyatini bilinsa, tarixiylik asosida 
qiymat shakillarining kelib chiqishi, pulning vazifalari aniqlanadi.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jixatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, 
matematik hamda grafik usullardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik 
usulni, shuningdek matematik, modellashtirish usullarini keng o’zgartirish va qo’llash 
zaruriy o’sib bormoqda. Bu usllar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning 
mazmuni, ulardagi o’zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin 
bo’ladi.
Bulardan tashqari Iqtisodiyot nazariyasi fanidan eksperiment usuli ham 
qo’llaniladi. Ayniqsa hozirgi iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish payitida eksperiment
iqtisodiyotning alohida o’ringa ega. Chunki iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish uchun 
ilmiy tajriba, eksperiment o’tkazish, hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy
yo’nalishlarni ishlab chiqish, zarurdir.
Yuqoridagi barcha uslublarni qo’llashda dialektik materializimning prinsiplariga 
asoslaniladi. Ya’ni iqtisodiy jarayonlar va hodisalar doimo bir-birlari bilan aloqada, 
chambarchas bog’liqlikda, o’zaro ziddiyatda, shuning bilan birga ular doimo harakatda, 
rivojlanishda, mazmun va shakil jixatdan o’zgarib turishda deb koraladi. Shuningdek, 
harqanday iqtisodiy jarayonlar va hodisalar doimo oddiydan murakkablikka, son 


24 
jixatdan o’zgarishlar to’plana borib, sifat jixatdan o’zgarishga olib kelishini hisobga 
olinadi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə