Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Sharqona bozor xususiyatlari. O’zbekistonning milliy bozori



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

3.Sharqona bozor xususiyatlari. O’zbekistonning milliy bozori. 
Qadimdan sharq mamlakatlarida bozorni sharqona xususiyatlari alohida 
ahamiyat kasb etgan. Bunday bozorlarning asosiy xususiyati ularning ijtimoiy sohaga 
yugaltirilganligidan har bir mamlakatning manfaatlariga shart sharoitlari va milliy 
xususiyatlariga mos kelishidir.
O’zbekiston Respublikasi ham o’zining mustaqil rivojlanish yo’lida ana
shunday sharqona bozorni shakllantirishga harakat qilmoqda. Bu yo’l O’zbekiston 
xalqining turmushini, huquqlarini va erkinlaqlarini kafolatlashi, milliy an’analari va 
madaniyatining qayta tiklanishini har bir insonning shaxs sifatida ma’naviy axlokiy 
kamol topishini ta’minlashi lozim.
Respublikamiz uchun zamoniviy sotsial yo’naltirilgan bozorni harakterlovchi
bir qator asosiy belgilari mavjud. Bular avvlo Respublikada alohida demografik 
vaziyatning, ya’ni aholining tabiiy o’sishi bir qancha yuqoridir. So’ngi un yilliklarda 
Respublika aholisi o’rta hisobda 2,5 % ko’payib bormoqda. Bu iqtisodiy suratini 
yuqori darajada ta’minlashga ish bilan bandlik muammolarini tez va yuqori saviyada 
xal qilishga alohida talablar qo’yadi. Ikkinchidan aholi jon boshiga tushadigan
daromad bo’yicha O’zbekiston o’rtacha darajadan past hisobiga mamlakatlar qatoriga 
kiradi. Uchinchidan aholi tarkibida bolalar va usmirlarning ko’pligi xosdir. 
O’zbekistondagi aholining arimidan ko’prog’i bolalar, o’quvchi yoshlar,
nafaqadorlardir. Ular esa ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamidan iborat. Undan 
tashqari, aholining an’anaviy o’z yashash joylariga o’ta bog’liqligi ham mehnat 
bozorining shakllanishiga katta ta’sir etadi. Shuningdek aholining hayotiy qadriyatlari, 
oilaviy turmush munosabatlari, normalari hamda mehnat kunikmalariga xalqaning 
o’ta ma’suliyatli bo’lishi va nixoyat islom omili aholining turmush tarziga, ruxiyatiga, 
ma’naviy - axloqiy qadriyatlariga chuqur o’rnashganligidir. Bu xusiyatlarining
mavjudligi O’zbekistonda ijtimoiy kafolatni ta’minlovchi demokratik davlatni qaror 
toptirishni taqozo etadi.
Bunday demokratik davlat mamlakatda bozor iqtisodiyotiga o’tishda chuqur 
iqtisodiy isloxotlarni amalga oshiruvchi uning o’zi bosh isloxotchi bo’lishi lozim. 
Ayniqsa O’zbekistonda bozor isloxotini amalga oshirishda dast avval agrar
isloxotlardan boshlashi lozimligini alohida ta’kidlash mumkin. Chunki mamlakatda
Iqtisodiyot asosan agrar mazmunda, aholining ko’pchiligi Qishloq xo’jaligida band, 
iqtisodiy o’sish ko’p jixatdan dexkonchilikning ahvoliga bog’liq. Shuning uchun ham 
agrar sohaning ustivorligi isloxotni shu yerdan boshlashni talab etadi. Shunga binoan
Respublikamizda agrar isloxotlar asosan uch yo’nalishda amalga oshirilmoqda: 
1. Dexqonlarga individual xo’jalik yuritish uchun qo’shimcha yer berish, bu yerdan
yordamchi tomorqa xo’jaligi tashkil bo’ladiki, u bozordagi ialabga qarab mahsulot 
yetkazib turadi.


43 
2. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish, davlat va jamoa xo’jaligi hisobidan fermer 
xo’jaliklarini tashkil etish.
3. Saqlanib qolgan davlat va jamoa xo’jaliklarini vayron etmasdan ularni bozor 
munosabatlariga faol tortish orqali rivojlantirish ya’ni ularga ko’proq iqtisodiy 
erkinlik berish. Davlat buyurtmasi va harij narxlarini saqlagan xolda xo’jaliklarga o’z 
mahsulotlarining bir qismini kelishilgan narxlar bilan sotishga ruxsat berish kabi yo’l 
keng miqyosda qo’llanmoqda.
Bozor o’zining geografik tuzilishi bo’yicha uch turga bo’linadi:
1.
Mahalliy bozor, bu har bir shahar, qishloq va go’zarlardagi bozorlar.
2.
Milliy bozor, bu ma’lum bir xududga joylashgan o’zining fuqaro’lari uchungina 
emas balki qo’shni mamlakatlar fuqaro’lari kelib savdo qiladigan bozorlar.
3.
Jaxon bozori, bu ma’lum bir jaxonning rivojlangan davlatlarida tashkil etilgan 
bo’lib, tovarlarning, andozalar va shartnomalar asosida amalga oshiradigan bozor. 
4. Bozorning sharqona xususiyati ularning ijtimoiy sohaga yo’naltirilganligidir.
Bozor o’zining iqtisodiy mohiyatiga ya’ni amal qilish xususiyatga ko’ra uch turga 
bo’linadi.
1. Yovvoyi (asov stxiyali) bozor; 
2.Tartibli boshqariladigan bozor; 
3. Erkin (madaniylashgan) bozor. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə