58
Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi
xususiyatlari
Reja:
1.
«Rejali Iqtisodiyot»
2.
Yangi iqtisodiy tizimga - bozor iqtisodiyotiga o’tish zaruriyati va uning asosiy
yo’nalishlari.
3.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistondagi xususiyatlari.
Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga asoslangan "sovet sotsalizmi"ning
inqirozi barcha Sobiq Ittifoq respublikalari qatorida O’zbekiston Respublikasining
ham siyosiy mustaqilligini etirof etdi. 1991 yil 1 sentyabrdan bayram kuni, deb
nomlangan sanadan boshlab O’zbekiston Respublikasi siyosiy jihatdan mustaqil bo’ldi.
O’zbekiston xalqi o’z Prezidenti va xukumati bilan birgalikda yangi tipdagi
mustaqil, suveren va demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo qilishni
maqsad qilib qo’ydi. Bunday jamiyatni barpo etish eski jamiyat moddiy negizida
amalga oshishi mumkin emas. Yangi tipdagi jamiyat iqtisodiyoti va O’zbekiston
Respublikasi mustaqilligini, demokratik jamiyat tarzida shakllanishini ko’zda tutadi.
O’zbekiston xalqi tom manoda ozod, suveren va mustaqillikka ega bo’lishi ijtimoiy
munosabatlarining ham iqtisodiy, ham mafkuraviy, ham siyosiy sohalarida tub
isloxotni zarur qilib qo’yadi.
O’zbek xalqi barpo qilmoqchi bo’lgan yangi tipdagi jamiyat, eski meros tarzidagi
jamiyatda shakllana olmaganligidan, alohida o’tish davrini taqazo etadi. Bu o’tish
davrida rejali iqtisodiyotga asoslangan ma’muriy buyruqbozlik tizimi yo’nalishida
shakllangan “sotsialistik” jamiyatdan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan yangi tipdagi jamiyatni barpo etishdan iborat bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jaxonshumul tarixiy zaruriyat bo’lib, umuminsoniy
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabidir. Insoniyatning hozirgacha bosib o’tgan tarixiy
jarayoni shundan dalolat beradiki, faqat bozor iqtisodiyotigina tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishni uzluksiz rivojlantirish, davlatning qudrati va jamiyatning o’sib
boruvchi ehtiyojlari talablariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikni
yaratishga qodirdir. Uning asosiy xususiyatlari va taraqqiyot qonunlari shuni
ta’minlaydi. Rivojlangan davlatlar iqtisodiy taraqqiyot darajasi buni yaqqol isbotlab
turibdi. Shuning uchun hozirgi davrda barcha mamlakatlar muayyan tarzda bozor
iqtisodiyotiga o’tgan yoki o’tib bormoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va taraqqiyot
darajasidan qat’iy nazar butun dunyo xalqi o’z taqdiri va taraqqiyotini shu bilan
bog’lamoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish asrimizning umumjaxon hodisasi bo’lib qoldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uzoq tarixiy jarayondan iborat bo’lib, XVIII-XIX
asrlarda u yovvoyi bozor iqtisodiyotidan iborat bo’lgan bo’lsa, keyingi davrlarda, XX-
asrda hozirgi madaniy bozor iqtisodiyotiga aylandi. Tovar-pul munosabatlarining asrlar
davomida
sekin-asta
rivojlanib
borishi
natijasida
shakllandi.
Bu
jarayon
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni bo’lib, uning tugal tipik ko’rinishi
rivojlangan mamlakatlardir. Ularning bosib o’tgan yo’li bozor iqtisodiyoti
59
shakllanishining mukammal, klassik namunasidir. Boshqa davlatlar asosan asrimizning
ikkinchi yarmidan boshlab, Sobiq sotsialistik davlatlar esa asrimizning oxirgi 90-
yillardan bozor iqtisodiyotiga o’tishni boshladi.
Binobarin, Xalqaro tajribaga ko’ra bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch asosiy
yo’li, modelini ko’rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: