Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Ikkinchidan,
kam rivojlangan mavjud milliy kapitalistik xo’jalik bozor 
iqtisodiyoti tomon rivojlanadi.
Uchinchidan,
xorijiy kapital yaratgan xo’jalik, ishlab chiqarishning xorijiy 
sektori zaminida bozor iqtisodiyoti belgilari rivoj topadi.
Turtinchidan,
milliy davlat sektori bozor iqtisodiyoti talabi bo’yicha usadi va 
uning ro’li ortib boradi. 
Ikkinchi modelining
yana bir xususiyati shundaki, bozor iqtisodiyotiga o’tishda 
zarur hamma taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tolmay, ayrimlarini chetlab o’tilishi 
mumkin. Masalan, qoloq, natural va yarim natural xo’jalik to’g’ridan-to’g’ri bozor 
iqtisodiyotiga xos yirik fermer xo’jaligiga aylanadi. Kul mehnatiga asoslangan, 
yollanma mehnat taqazo etuvchi ishlab chiqarish bosqichini chetlab, yirik 
mashinalashgan va bozorga mo’ljallangan ishlab chiqarishga o’tiladi. Bu yerda umuman 
bozor iqtisodiyotiga o’tishda hozirgi zamon tajribalari va fan-texnika va texnologiya 
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mumkin bo’ladi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o’tish 
jarayonini tezlashtiradi. 
Shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor munosabatlar qoloqlik va 
qashshoqlik vaziyatida tashkil topadi. Shu bois bu yerda chet elning yordami va ayniqsa 
chet el kapital mablag’lari muhim ro’l o’ynaydi. Sobiq mustamlaka va qoloq 
davlatlarning bozor iqtisodiyoti yo’li nisbatan kam mashaqqatli va qisqa bo’lishga 
imkon beradi. Biroq, bu yo’ldan borayotgan, rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy tafovutlari va muammolari ko’p. Ayniqsa, kam rivojlangan davlatlarda ahvol 
og’ir kechmoqda.
Uchinchi model
- bu totalitar iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish 
yo’lidir. Bu davlatlarda iqtisodiyot davlatlashgan sotsializm shaklida amal qilgan bo’lib, 
90% mulk ham unga qaram bo’lishi shunga asos edi. Shuning uchun bu tizimdan bozor 
iqtisodiyotiga o’tish yuqoridagi modellardan butunlay farq qiladi. Mustamlakachilik 
munosabatlarini hisobga olmaganda ularning bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi umumiy 
asoslari bir xildir. Xususiy mulk, erkin faoliyat, tadbirkorlik, raqobat, stixiya va 
boshqalar. Mustamlaka asoratidan ozod bo’lgan va davlatning faol qo’llab-quvvatlash 
hamda o’zgargan qulay xalqaro sharoitda bu davlatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish 
ancha yengil kechadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning uchinchi yo’lining o’ziga xos xususiyati va 
qiyinchiligi shundaki, bunda u bilan umumiy jixatlari bo’lmagan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o’tiladi. Bu tizim o’zining asoslarini yaratish vaqtida tabiiy-stixiyali 
paydo bo’lgan bozor iqtisodiyoti belgilarini shavqatsiz xolda tub tomiridan yuk qilib 
tashlangan edi. Keyin esa iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy xukmronlik tazyiqi ostida 
uning alomatlari paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmadi. Odamlar ongiga xususiy mulk va 


61 
shaxsiy manfaatga qarshi g’oya singdirildi. U bilan odamlarda davlatga qaramlik, 
tashabbussizlik, loqaydlik, befarqlik hamda uning kafolatli bir tekkis taqsimot tarziga 
ko’r-ko’rona berilish kayfiyatlari shakllandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun zararli 
bo’lgan va bu tizimning inqirozida katta ro’l uynagan bunday akidaparast ong-fikr va 
cheklangan, tor iqtisodiy tafakkur bozor iqtisodyoti uchun ham zararlidir. Shuning 
uchun bu modelda faqat mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jixatidangina emas, 
balki ong, fikr, tafakkur jixatidan ham tubdan o’zgartirish kerak bo’ladi.
Shu bilan birga bu modelda bozor iqtisodiyotiga o’tishni yengillashtiradigan afzal 
tomonlar ham mavjuddir. Totalitar tizim nixoyatda katta qurbonlar va qiyinchiliklar 
evaziga ancha kuchli ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va kadrlar potensialini yaratdi. 
Odamlarda o’ziga xos tarzda va ma’lum darajada zamonaviy, sotsial-madaniy turmush 
tarzi tafakkurini paydo qildi. Shu bilan birga odamlar ongida sotsialistik totalitar 
tizimning ko’payib borgan nuksonli va ziddiyatli tomonlarini o’z hayotida ko’rib, unga 
nisbatan norozilik ko’paygan edi. Ming yillar davomida yashab kelgan xususiy mulk va 
xususiy manfaat g’oyalarini bir qancha o’n yillar davomida jaxonning har tomonlama 
ta’siridan ajratib olib, yuk qilib yuborishga urinsada, uni butunlay iloji bo’lmadi. Bular 
bozor iqtisodiyotiga o’tishda g’oyaviy jixatdan ijobiy ro’l uynashi muqarrar edi. 
Shuningdek, bu yo’ldan boruvchi ba’zi davlatlarning oldingi iqtisodiyotida bozor 
iqtisodiyoti belgilari bor edi. Masalan, Polsha, Yugoslaviya, Vengriyalarda xususiy 
mulkchilik davlat kapitalizmi, davlat bilan xususiy mulk eagalari sherikchiligi, tamorqa 
xo’jaliklari va boshqalar ancha keng miqyosda saqlangan bo’lib, aholining deyarli 
yarimiga teng qismi shu xildagi iqtisodiy munosabatlar bilan bog’liq faoliyatlari bilan 
shug’ullanar, xalqda tadbirkorlikga intilish kuchli edi. Shuningdek, davlat korxonalarida 
xo’jalik operativ mustaqillik ham ancha keng bo’lib, xo’jalikni yuritish, boshqarishlarda 
bir muncha erkinlik bo’lgan edi. 
Uchinchi yo’ldan boruvchilarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasi ham har xildir. 
Masalan, Sobiq Ittifoqning yevropa qismidagi respublikalar bilan Osiyo qismidagi va
ayniqsa, Markaziy Osiyo qismidagi davlatlarning iqtisodiy potensialida farq kattadir. Bu 
mamlakatlardagi mulkchilik va xo’jalik shakllari salmogi bir xil emas. Masalan, 
O’zbekiston, Tojikiston Qishloqlarida jamoa xo’jaligi ancha rivojlangan. Kozogiston 
Qishloq xo’jaligida davlat mulkining mavqeyi kuchlidir. Umuman, Markaziy Osiyo 
davlatlarida yakka mayda xo’jalik, tamorqa xo’jaligi rivoj topgan. O’zbekiston va 
Tojikistonlarda shunday xo’jaliklarda ishlovchilar Qishloq xo’jaligida ishlovchilarning 
1/3
tashkil etadi. Binobarin, bu yerda mayda tovar xo’jaliklari an’analari kuchlidir. Ana 
shu xususiyatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishda albatta o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish barcha mamalakatlar uchun o’zining ma’lum umumiy 
qonun-qoidalariga ega bo’lish bilan birga, har bir mamlakatda o’zining ayrim 
xususiyatlariga ham egadir. Bu jarayon O’zbekiston Respublikasi uchun ham tegishli. 
Uning qanday xususiyatlarga ega bo’lishi esa, muayyan mamlakatda mavjud ishlab 
chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanish darajalariga 
muvofiq xolda undagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy holatiga ko’p jihatdan bog’liq 
bo’ladi. Bu borada O’zbekitonning o’ziga xos milliy, tarixiy, iqtisodiy-demografik 
jixatlari borki, ular yevropa, Osiyo va Amerika qit’alaridagi har bir mamlakatlarnikidan 
farq qiladi.


62 
Sobiq Ittifoq davridan O’zbekiston uchun meros qolgan salbiy og’ir harakterdagi 
vaziyat respublika o’z mustaqilligiga erishgandan keyin, bozor iqtisodiyotiga o’tish, 
qat’iy isloxotlar o’tkazishni talab qildi va salmokli qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. 
Ular, asosan, iqtisodiy tizimning to’la davlat mulkiga asoslanganligi, korxonalarning 
har qanday erkinliklari deyarli to’la cheklanganligi, xalq xo’jaligi to’la 
monopollashtirilganligi, boqimandalik holatining kuchayganligi, pul inflyatsiyasining 
kuchayganligi valyuta qiymatining yuqoriligi, yuqori darajadagi budjet taqchilligining 
mavjudligi 
hamda 
Respublika 
iqtisodiyotining 
bir 
tomonlama 
harakterda 
shakllanganligidir. 
Jaxon tajribasiga ko’ra, bozor iqtisodiyotiga ikki yo’l bilan, revolyutsion va 
evolyutsion yo’l bilan o’tish mumkin. O’zbekiston o’zining yuqorida qayd qilingan 
xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ikkinchi yo’lni tanladi hamda unda ham o’ziga 
mos va o’ziga xos bo’lgan bosqichma-bosqich o’tishni, milliy xususiyatlarni e’tiborga 
olgan xolda bozor Iqtisodiyotiga o’tishning o’z andozasini shakllantirdi. Bu andoza 
bozor iqtisodiyotiga o’tishning “O’zbekiston modeli” degan nom bilan tarixga kirdi.
“O’zbekiston modeli” andozasiga binoan respublikamizning qulay jugrofiy, 
siyosiy mavqega ega ekanligi, tabiiy iqlim sharoitlarining qulayligi, demografik 
vaziyatning 
yuqori 
darajada mavjudligi, o’zbek xalqining mehnatsevarligi, 
xalqparvarligi kabi xususiyatlarini keng e’tiborga olinib, u asosan ijtimoiy sohaga 
yo’naltirilgan harakterga ega. 
Shu bilan birga bu andozaga binoan, bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatning 
tashkilotchilik ro’li ham e’tiborga olinadi, davlatning o’zi bosh isloxotchi sifatida 
faoliyat ko’rsatadi. U Iqtisodiyot jilovini kulda maxkam ushlagan holda xalq manfaatini 
himoya qilib, bosqichma-bosqich mulkni davlat tasarrufidan chiqaradi va 
xususiylashtiradi, sekin asta erkin baholarga o’tish, tadbirkorlikni keng yoyish, davlat 
monopoliyasidan ozod qilish kabi muhim iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradi. 
“Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos
sharoitlarini va xususiyatlarini, an’anaviy urf-odatlar va turmush tarzini bir yoklama, 
besunaqay rivojlantirishning muhim merosiga barham berishga asoslanadi”, deb yozadi 
mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov, o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: 
xavsizlikka taxdid, barqarorlik sharoitlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida (T., 
O’zbekiston; 1997. 188 bet). 
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalda hamda Iqtisodiyotni tubdan 
islox qilishda birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ko’rsatilgan besh tamoyil 
asos bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni, birinchidan iqtisodiyotning mafkuradan ustunligini 
ta’minlash; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning o’zi bosh 
isloxoti bo’lishi; uchinchidan, qonun ustivorligini ta’minlash; to’rtinchidan, aholining 
kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyasini amalga oshirish; beshinchidan, bozor 
munosabatlarini bosqichma-bosqich shakllantirib borish.
Bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartiribgina 
qolmasdan, u shuningdek ijtimoiy hayotning barcha sohalarini, shu jumladan, uning 
siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni o’z 
ichiga oladi. Bularni barchasi O’zbekistonda bozor munosabatlariga sekin-asta, 
bosqichma-bosqich o’tish ahamiyatli hamda zarur ekanligini ko’rsatadi.


63 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita muhim vazifani 
amalga oshirish zarur bo’ladi. Ular, birinchidan totalitar tizimning og’ir salbiy
oqibatlarini yengib tanglikdan chiqish hamda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, 
ikkinchidan, Respublikaning barcha xususiyatlarini va barcha sharoitlarini hisobga 
olgan xolda bozor munosabatlarining negizlarini (qonuniy-huquqiy negizlarini, mulkni 
yangi shakllarini vujudga keltirish, ishlab chiqarish, hamda moliyaviy sohada 
barqarorlikni ta’minlash) shakllantirish zarurligidir. Birinchi bosqichning barcha 
vazifalari muvaffaqiyatli tarzda bajarildi va uning amalga oshirish natijalari keyingi 
bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini 
berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish va uning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlash asosida 
bozor munosabatlarini tulik joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsaddan kelib 
chiqib I.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida” (T, 
“O’zbekiston”, 1995. 175-178 betlar) asarida bu bosqich uchun muhim vazifalar 
aniqlab berildi. Ular asosan, davlat mulkini xususiylashtirishni oxiriga yetkazish, 
tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab quvvatlash, kichik xususiy korxonalar ko’rishni 
rag’batlantirish yo’li bilan nodavlat sektor ulushini oshirish; makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash; hamda milliy valyutamiz bo’lgan so’mning qadrini 
mustaxkamlash; iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishlarini tubdan o’zgartirish va natijada 
xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish kabi 
vazifalardan iborat.
Shunday qilib, O’zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazishda 
ikki bosqichli taraqqiyot yo’zaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor 
xo’jaligidan iborat bo’lgan yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yo’zaga kelsa, ikkinchi 
bosqichda esa, iqtisodiyot to’la erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar 
to’la erkin qilib qo’yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqe tugatiladi.
Ammo shuni ham esda tutish lozimki, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
demokratik davlat barpo etish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo’yadi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə