Ikkinchidan,
kam rivojlangan mavjud milliy kapitalistik xo’jalik bozor
iqtisodiyoti tomon rivojlanadi.
Uchinchidan,
xorijiy kapital yaratgan xo’jalik, ishlab chiqarishning xorijiy
sektori zaminida bozor iqtisodiyoti belgilari rivoj topadi.
Turtinchidan,
milliy davlat sektori bozor iqtisodiyoti talabi bo’yicha usadi va
uning ro’li ortib boradi.
Ikkinchi modelining
yana bir xususiyati shundaki, bozor iqtisodiyotiga o’tishda
zarur hamma taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tolmay, ayrimlarini chetlab o’tilishi
mumkin. Masalan, qoloq, natural va yarim natural xo’jalik to’g’ridan-to’g’ri bozor
iqtisodiyotiga xos yirik fermer xo’jaligiga aylanadi. Kul mehnatiga asoslangan,
yollanma mehnat taqazo etuvchi ishlab chiqarish bosqichini chetlab, yirik
mashinalashgan va bozorga mo’ljallangan ishlab chiqarishga o’tiladi. Bu yerda umuman
bozor iqtisodiyotiga o’tishda hozirgi zamon tajribalari va fan-texnika va texnologiya
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mumkin bo’ladi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o’tish
jarayonini tezlashtiradi.
Shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor munosabatlar qoloqlik va
qashshoqlik vaziyatida tashkil topadi. Shu bois bu yerda chet elning yordami va ayniqsa
chet el kapital mablag’lari muhim ro’l o’ynaydi. Sobiq mustamlaka va qoloq
davlatlarning bozor iqtisodiyoti yo’li nisbatan kam mashaqqatli va qisqa bo’lishga
imkon beradi. Biroq, bu yo’ldan borayotgan, rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy tafovutlari va muammolari ko’p. Ayniqsa, kam rivojlangan davlatlarda ahvol
og’ir kechmoqda.
Uchinchi model
- bu totalitar iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’lidir. Bu davlatlarda iqtisodiyot davlatlashgan sotsializm shaklida amal qilgan bo’lib,
90% mulk ham unga qaram bo’lishi shunga asos edi. Shuning uchun bu tizimdan bozor
iqtisodiyotiga o’tish yuqoridagi modellardan butunlay farq qiladi. Mustamlakachilik
munosabatlarini hisobga olmaganda ularning bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi umumiy
asoslari bir xildir. Xususiy mulk, erkin faoliyat, tadbirkorlik, raqobat, stixiya va
boshqalar. Mustamlaka asoratidan ozod bo’lgan va davlatning faol qo’llab-quvvatlash
hamda o’zgargan qulay xalqaro sharoitda bu davlatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish
ancha yengil kechadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning uchinchi yo’lining o’ziga xos xususiyati va
qiyinchiligi shundaki, bunda u bilan umumiy jixatlari bo’lmagan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o’tiladi. Bu tizim o’zining asoslarini yaratish vaqtida tabiiy-stixiyali
paydo bo’lgan bozor iqtisodiyoti belgilarini shavqatsiz xolda tub tomiridan yuk qilib
tashlangan edi. Keyin esa iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy xukmronlik tazyiqi ostida
uning alomatlari paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmadi. Odamlar ongiga xususiy mulk va
61
shaxsiy manfaatga qarshi g’oya singdirildi. U bilan odamlarda davlatga qaramlik,
tashabbussizlik, loqaydlik, befarqlik hamda uning kafolatli bir tekkis taqsimot tarziga
ko’r-ko’rona berilish kayfiyatlari shakllandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun zararli
bo’lgan va bu tizimning inqirozida katta ro’l uynagan bunday akidaparast ong-fikr va
cheklangan, tor iqtisodiy tafakkur bozor iqtisodyoti uchun ham zararlidir. Shuning
uchun bu modelda faqat mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jixatidangina emas,
balki ong, fikr, tafakkur jixatidan ham tubdan o’zgartirish kerak bo’ladi.
Shu bilan birga bu modelda bozor iqtisodiyotiga o’tishni yengillashtiradigan afzal
tomonlar ham mavjuddir. Totalitar tizim nixoyatda katta qurbonlar va qiyinchiliklar
evaziga ancha kuchli ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va kadrlar potensialini yaratdi.
Odamlarda o’ziga xos tarzda va ma’lum darajada zamonaviy, sotsial-madaniy turmush
tarzi tafakkurini paydo qildi. Shu bilan birga odamlar ongida sotsialistik totalitar
tizimning ko’payib borgan nuksonli va ziddiyatli tomonlarini o’z hayotida ko’rib, unga
nisbatan norozilik ko’paygan edi. Ming yillar davomida yashab kelgan xususiy mulk va
xususiy manfaat g’oyalarini bir qancha o’n yillar davomida jaxonning har tomonlama
ta’siridan ajratib olib, yuk qilib yuborishga urinsada, uni butunlay iloji bo’lmadi. Bular
bozor iqtisodiyotiga o’tishda g’oyaviy jixatdan ijobiy ro’l uynashi muqarrar edi.
Shuningdek, bu yo’ldan boruvchi ba’zi davlatlarning oldingi iqtisodiyotida bozor
iqtisodiyoti belgilari bor edi. Masalan, Polsha, Yugoslaviya, Vengriyalarda xususiy
mulkchilik davlat kapitalizmi, davlat bilan xususiy mulk eagalari sherikchiligi, tamorqa
xo’jaliklari va boshqalar ancha keng miqyosda saqlangan bo’lib, aholining deyarli
yarimiga teng qismi shu xildagi iqtisodiy munosabatlar bilan bog’liq faoliyatlari bilan
shug’ullanar, xalqda tadbirkorlikga intilish kuchli edi. Shuningdek, davlat korxonalarida
xo’jalik operativ mustaqillik ham ancha keng bo’lib, xo’jalikni yuritish, boshqarishlarda
bir muncha erkinlik bo’lgan edi.
Uchinchi yo’ldan boruvchilarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasi ham har xildir.
Masalan, Sobiq Ittifoqning yevropa qismidagi respublikalar bilan Osiyo qismidagi va
ayniqsa, Markaziy Osiyo qismidagi davlatlarning iqtisodiy potensialida farq kattadir. Bu
mamlakatlardagi mulkchilik va xo’jalik shakllari salmogi bir xil emas. Masalan,
O’zbekiston, Tojikiston Qishloqlarida jamoa xo’jaligi ancha rivojlangan. Kozogiston
Qishloq xo’jaligida davlat mulkining mavqeyi kuchlidir. Umuman, Markaziy Osiyo
davlatlarida yakka mayda xo’jalik, tamorqa xo’jaligi rivoj topgan. O’zbekiston va
Tojikistonlarda shunday xo’jaliklarda ishlovchilar Qishloq xo’jaligida ishlovchilarning
1/3
tashkil etadi. Binobarin, bu yerda mayda tovar xo’jaliklari an’analari kuchlidir. Ana
shu xususiyatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishda albatta o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish barcha mamalakatlar uchun o’zining ma’lum umumiy
qonun-qoidalariga ega bo’lish bilan birga, har bir mamlakatda o’zining ayrim
xususiyatlariga ham egadir. Bu jarayon O’zbekiston Respublikasi uchun ham tegishli.
Uning qanday xususiyatlarga ega bo’lishi esa, muayyan mamlakatda mavjud ishlab
chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanish darajalariga
muvofiq xolda undagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy holatiga ko’p jihatdan bog’liq
bo’ladi. Bu borada O’zbekitonning o’ziga xos milliy, tarixiy, iqtisodiy-demografik
jixatlari borki, ular yevropa, Osiyo va Amerika qit’alaridagi har bir mamlakatlarnikidan
farq qiladi.
62
Sobiq Ittifoq davridan O’zbekiston uchun meros qolgan salbiy og’ir harakterdagi
vaziyat respublika o’z mustaqilligiga erishgandan keyin, bozor iqtisodiyotiga o’tish,
qat’iy isloxotlar o’tkazishni talab qildi va salmokli qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.
Ular, asosan, iqtisodiy tizimning to’la davlat mulkiga asoslanganligi, korxonalarning
har qanday erkinliklari deyarli to’la cheklanganligi, xalq xo’jaligi to’la
monopollashtirilganligi, boqimandalik holatining kuchayganligi, pul inflyatsiyasining
kuchayganligi valyuta qiymatining yuqoriligi, yuqori darajadagi budjet taqchilligining
mavjudligi
hamda
Respublika
iqtisodiyotining
bir
tomonlama
harakterda
shakllanganligidir.
Jaxon tajribasiga ko’ra, bozor iqtisodiyotiga ikki yo’l bilan, revolyutsion va
evolyutsion yo’l bilan o’tish mumkin. O’zbekiston o’zining yuqorida qayd qilingan
xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ikkinchi yo’lni tanladi hamda unda ham o’ziga
mos va o’ziga xos bo’lgan bosqichma-bosqich o’tishni, milliy xususiyatlarni e’tiborga
olgan xolda bozor Iqtisodiyotiga o’tishning o’z andozasini shakllantirdi. Bu andoza
bozor iqtisodiyotiga o’tishning “O’zbekiston modeli” degan nom bilan tarixga kirdi.
“O’zbekiston modeli” andozasiga binoan respublikamizning qulay jugrofiy,
siyosiy mavqega ega ekanligi, tabiiy iqlim sharoitlarining qulayligi, demografik
vaziyatning
yuqori
darajada mavjudligi, o’zbek xalqining mehnatsevarligi,
xalqparvarligi kabi xususiyatlarini keng e’tiborga olinib, u asosan ijtimoiy sohaga
yo’naltirilgan harakterga ega.
Shu bilan birga bu andozaga binoan, bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatning
tashkilotchilik ro’li ham e’tiborga olinadi, davlatning o’zi bosh isloxotchi sifatida
faoliyat ko’rsatadi. U Iqtisodiyot jilovini kulda maxkam ushlagan holda xalq manfaatini
himoya qilib, bosqichma-bosqich mulkni davlat tasarrufidan chiqaradi va
xususiylashtiradi, sekin asta erkin baholarga o’tish, tadbirkorlikni keng yoyish, davlat
monopoliyasidan ozod qilish kabi muhim iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradi.
“Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos
sharoitlarini va xususiyatlarini, an’anaviy urf-odatlar va turmush tarzini bir yoklama,
besunaqay rivojlantirishning muhim merosiga barham berishga asoslanadi”, deb yozadi
mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov, o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavsizlikka taxdid, barqarorlik sharoitlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida (T.,
O’zbekiston; 1997. 188 bet).
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalda hamda Iqtisodiyotni tubdan
islox qilishda birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ko’rsatilgan besh tamoyil
asos bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni, birinchidan iqtisodiyotning mafkuradan ustunligini
ta’minlash; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning o’zi bosh
isloxoti bo’lishi; uchinchidan, qonun ustivorligini ta’minlash; to’rtinchidan, aholining
kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyasini amalga oshirish; beshinchidan, bozor
munosabatlarini bosqichma-bosqich shakllantirib borish.
Bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartiribgina
qolmasdan, u shuningdek ijtimoiy hayotning barcha sohalarini, shu jumladan, uning
siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni o’z
ichiga oladi. Bularni barchasi O’zbekistonda bozor munosabatlariga sekin-asta,
bosqichma-bosqich o’tish ahamiyatli hamda zarur ekanligini ko’rsatadi.
63
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita muhim vazifani
amalga oshirish zarur bo’ladi. Ular, birinchidan totalitar tizimning og’ir salbiy
oqibatlarini yengib tanglikdan chiqish hamda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash,
ikkinchidan, Respublikaning barcha xususiyatlarini va barcha sharoitlarini hisobga
olgan xolda bozor munosabatlarining negizlarini (qonuniy-huquqiy negizlarini, mulkni
yangi shakllarini vujudga keltirish, ishlab chiqarish, hamda moliyaviy sohada
barqarorlikni ta’minlash) shakllantirish zarurligidir. Birinchi bosqichning barcha
vazifalari muvaffaqiyatli tarzda bajarildi va uning amalga oshirish natijalari keyingi
bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini
berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish va uning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlash asosida
bozor munosabatlarini tulik joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsaddan kelib
chiqib I.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida” (T,
“O’zbekiston”, 1995. 175-178 betlar) asarida bu bosqich uchun muhim vazifalar
aniqlab berildi. Ular asosan, davlat mulkini xususiylashtirishni oxiriga yetkazish,
tadbirkorlik faoliyatini keng qo’llab quvvatlash, kichik xususiy korxonalar ko’rishni
rag’batlantirish yo’li bilan nodavlat sektor ulushini oshirish; makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash; hamda milliy valyutamiz bo’lgan so’mning qadrini
mustaxkamlash; iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishlarini tubdan o’zgartirish va natijada
xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish kabi
vazifalardan iborat.
Shunday qilib, O’zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazishda
ikki bosqichli taraqqiyot yo’zaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor
xo’jaligidan iborat bo’lgan yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yo’zaga kelsa, ikkinchi
bosqichda esa, iqtisodiyot to’la erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar
to’la erkin qilib qo’yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqe tugatiladi.
Ammo shuni ham esda tutish lozimki, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
demokratik davlat barpo etish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo’yadi.
Dostları ilə paylaş: |