Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

1.
 
Garbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li; 
2.
 
Mustamlakachilik asoratidan qutilib mustaqil taraqqiy etayotgan 
davlatlar yo’li; 
3.
 
 Sobiq sotsialistik davlatlar yo’li;
Bu yo’llar bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiy jixatlari bo’lgani xolda har bir 
davlatning qanday iqtisodiyotda, qanday yo’l bilan va qanday bozor iqtisodiyotiga 
o’tish jixatlari bilan farqlanishini bildiradi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiy strategik maqsadi shundan iboratki, 
mamlakatning mustaqil hayoti va taraqqiyoti, kuch-qudrati, xalqning munosib turmushi 
va mehnat sharoiti hamda borgan sari farovon va barkamol hayot kechirishni 
ta’minlaydigan iqtisodiyotni barpo qilishdir. Bu bozor iqtisodiyotiga o’tishning hamma 
xalqlar uchun umumiy bo’lgan talablari, umumiy qonuniyatlari, qonun-qoidalari 
mushtarakligini belgilaydi. Lekin, turli mamlakatlarda bozor munosabatlari 
shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoitlari turlicha bo’lishi 
tufayli unga o’tmishda har bir mamlakatning o’z yo’li va o’ziga xos xususiyatlari 
bo’lishi muqarrardir. Ularning bozor iqtisodiyotiga o’tish xususiyatlari, o’tish davr 
muammolari va vazifalarida ana shu umumiylik va o’ziga xoslik jixatlari o’z ifodasini 
topadi. 
Birinchi model
- bozor iqtisodiyotiga o’tishning uzoq tabiiy-tarixiy jarayon 
bo’lib, bu an’anaviy (natural) iqtisodiyot bag’rida oddiy tovar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi, kapitalistik ishlab chiqarishga o’tilishi va undan hozirgi bozor 
Iqtisodiyotining shakllanishidir. Bunda texnika-texnologiya va iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlar taraqqiyotining hamma tabiiy bosqichlari to’la bosib o’tiladi. Shuning
uchun bozor iqtisodiyotiga o’tishning bu klassik modelida uning hamma belgilari va 
qonun-qoidalari mukammal shakllangan va to’la amaliy ifodasini topgandir. 
Bozor iqtisodiyoti o’zining hozirgi madaniy shakliga kelishdan avval yevvoyi 
kapitalizm deb atalgan murakkab tarixiy bosqichni bosib o’tgan bo’lib, bunda juda og’ir 
yovvoyi xususiyatlar mavjud bo’lgan.
Bular: yakka xususiy mulkning xukmronligi, o’ta tarqoqlik, tartibsizlik, 
o’zboshimchalik, shavqatsiz ekspluatatsiya, mustamlakachilik zulmi, ommaning 
qashshoqlashuvi, g’irrom raqobat, g’ayri-insoniy xatti-harakatlar, demokratiyaning 
cheklanganligi, ichki va tashqi zidddiyatlar, iqtisodiy laxzalar, davlatning iqtisodiyotga 
aralashmasligi va boshqalar. Shular bilan bog’liq xolda yovvoyi bozor iqtisodiyoti 
faqat milliy xo’jalik doirasidagina emas, Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham o’z 
ifodasini topgan edi. Jaxondagi ko’pchilik Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi 
mamlakatlari mana shu iqtisodiy munosabatlar doirasiga tortilgan mustamlaka va qaram 
mamlakatlar edi. Shu tarzda garb davlatlarida rivojlanib borgan yovvoyi iqtisodiyot 
XIX asrda va XX asr o’rtalarigacha xukmron bo’ldi. 


60 
Ikkinchi model
- mustamlakachilik asoratidan qutilgan mamlakatlarning 
mustamlakachilikdan meros qolgan ko’p ukladli, qoloq, bir yollama va asosan 
an’anaviy - agrar iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidir. Avvalo, bu 
yo’lning xususiyati shuki, qaramlik, mustamlakalik harakteri va belgilari mustaqil 
iqtisodiy rivojlanish talablari bo’yicha xo’jalik turlarining transformatsiyasi orqali 
amalga oshadi.
Bu, 
birinchidan
natural xo’jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo’jaligiga 
aylanadi. Ko’p sonli oddiy tovar xo’jaliklari bozor iqtisodiyoti yo’li bilan o’sib boradi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə