Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

xususiyatlari 
 
MAVZUSINING MA’RUZA MATNI 
“Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrasi 
 
Jo’rayeva Nazokatxon Ortiqaliyevna 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


58 
 
 
Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi
xususiyatlari 
Reja: 
 
1.
 
«Rejali Iqtisodiyot» 
2.
 
Yangi iqtisodiy tizimga - bozor iqtisodiyotiga o’tish zaruriyati va uning asosiy 
yo’nalishlari. 
3.
 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbekistondagi xususiyatlari. 

Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga asoslangan "sovet sotsalizmi"ning 


inqirozi barcha Sobiq Ittifoq respublikalari qatorida O’zbekiston Respublikasining
ham siyosiy mustaqilligini etirof etdi. 1991 yil 1 sentyabrdan bayram kuni, deb 
nomlangan sanadan boshlab O’zbekiston Respublikasi siyosiy jihatdan mustaqil bo’ldi. 
O’zbekiston xalqi o’z Prezidenti va xukumati bilan birgalikda yangi tipdagi
mustaqil, suveren va demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo qilishni
maqsad qilib qo’ydi. Bunday jamiyatni barpo etish eski jamiyat moddiy negizida 
amalga oshishi mumkin emas. Yangi tipdagi jamiyat iqtisodiyoti va O’zbekiston
Respublikasi mustaqilligini, demokratik jamiyat tarzida shakllanishini ko’zda tutadi. 
O’zbekiston xalqi tom manoda ozod, suveren va mustaqillikka ega bo’lishi ijtimoiy 
munosabatlarining ham iqtisodiy, ham mafkuraviy, ham siyosiy sohalarida tub 
isloxotni zarur qilib qo’yadi. 
O’zbek xalqi barpo qilmoqchi bo’lgan yangi tipdagi jamiyat, eski meros tarzidagi 
jamiyatda shakllana olmaganligidan, alohida o’tish davrini taqazo etadi. Bu o’tish 
davrida rejali iqtisodiyotga asoslangan ma’muriy buyruqbozlik tizimi yo’nalishida 
shakllangan “sotsialistik” jamiyatdan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan yangi tipdagi jamiyatni barpo etishdan iborat bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jaxonshumul tarixiy zaruriyat bo’lib, umuminsoniy 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabidir. Insoniyatning hozirgacha bosib o’tgan tarixiy 
jarayoni shundan dalolat beradiki, faqat bozor iqtisodiyotigina tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni uzluksiz rivojlantirish, davlatning qudrati va jamiyatning o’sib 
boruvchi ehtiyojlari talablariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikni 
yaratishga qodirdir. Uning asosiy xususiyatlari va taraqqiyot qonunlari shuni 
ta’minlaydi. Rivojlangan davlatlar iqtisodiy taraqqiyot darajasi buni yaqqol isbotlab 
turibdi. Shuning uchun hozirgi davrda barcha mamlakatlar muayyan tarzda bozor 
iqtisodiyotiga o’tgan yoki o’tib bormoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va taraqqiyot 
darajasidan qat’iy nazar butun dunyo xalqi o’z taqdiri va taraqqiyotini shu bilan 
bog’lamoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish asrimizning umumjaxon hodisasi bo’lib qoldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uzoq tarixiy jarayondan iborat bo’lib, XVIII-XIX 
asrlarda u yovvoyi bozor iqtisodiyotidan iborat bo’lgan bo’lsa, keyingi davrlarda, XX-
asrda hozirgi madaniy bozor iqtisodiyotiga aylandi. Tovar-pul munosabatlarining asrlar 
davomida 
sekin-asta 
rivojlanib 
borishi 
natijasida 
shakllandi. 
Bu 
jarayon 
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni bo’lib, uning tugal tipik ko’rinishi 
rivojlangan mamlakatlardir. Ularning bosib o’tgan yo’li bozor iqtisodiyoti 


59 
shakllanishining mukammal, klassik namunasidir. Boshqa davlatlar asosan asrimizning 
ikkinchi yarmidan boshlab, Sobiq sotsialistik davlatlar esa asrimizning oxirgi 90-
yillardan bozor iqtisodiyotiga o’tishni boshladi. 
Binobarin, Xalqaro tajribaga ko’ra bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch asosiy 
yo’li, modelini ko’rsatish mumkin: 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə