110
shugullanadilar. Bunday tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun tuman,
shahar xoqimiyatlari tomonidan ruxsatnoma beriladi.
Xususiy tadbirkorlik bu amaldagi qonunlar doirasidagi tashabbuskorlik
xo’jalik faoliyati bo’lib, bu faoliyatni fukaro’lar shaxsiy daromad olish
maqsadida, tavakkal qilib, mulkiy javobgarlikni o’z zimmasiga olib, ishlatish
uchun odam yollab amalga oshiradi.
Xususiy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olmasdan shugullanadigan
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ham o’z ichiga oladi. Xususiy
tadbirkorlikning mulki davlat, jamoa yoki korxona mulkining hammasi yoki bir
qismi fukaroga utkazilayotganda yoki u o’z shaxsiy Jamg’armalari va bankdan
olingan qarzlar hisobiga bu mulkni sotib olgan xolda tad-birkorni o’z mulki
asosida vujudga keladi.
Xususiy korxonalar xodimlarining yozma ravishda o’zaro to’zadigan hamda
tomonlarning huquq majburiyatlar bayon etilgan mehnat shartnomasi asosida
ishga yollaydi va yollanib ishlovchilar soni quyidagi ko’rsatkichlardan
oshmasligi kerak:
—
sanoat va kurilishda 200 kishigacha;
—
ishlab chiqarish sohalarining boshqa tarmoqlarida 50 ki-
shigacha;
—
noishlab chiqarish tarmoqlarida 25 kishigacha;
—
chakana savdoda 15 kishigacha;
Hamkorligidagi tadbirkorlik shaklida mulkchilikning turli sub’yektlari
qatnashishi mumkin. Hamkorlikdagi tadbirkorlik asosida birinchidan yuridik va
jismoniy shaxslar o’z mulklarini, ikkinchidan esa mulkiy huquqlarini
birlashtirish kerak. Bunda mulkchilik sub’yektlarining turli xil bo’lishiga
qaramasdan bitta iqtisodiy tadbirkorlik faoliyatini maqsad qilib qo’ygan xolda
mol-mulki nisbatan egallash, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini amalga
oshiradi.
Tadbirkorlik ishlari tijorat, ishlab chiqarish yoki mo-liyaviy yo’nalishlarda
amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi tadbirkorlar tovar yaratish, xizmatini
bajarish, axborot tuplab berish, haridorning ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan
ehtiyojini ta’minlash kabi faoliyat bilan shugullanadilar.
Bunday ishlab chiqarish yoki xizmat turi bevosita amalga oshiriladi.
Tijorat faoliyatini yurituvchi tadbirkorlar tovar-pul munosabatlariga oid
savdo-sotik va bitimlar tuzish bilan shugullanadilar. Asosiy vazifalar tovarni
sotish, istemolchiga xizmatlar ko’rsatishdir.
Moliyaviy va tadbirkorlikda tadbirkorning o’zi qimmatbaho qog’ozlarni
tashkil qilish mumkin. Moliyaviy tadbirkorlik valyuta va qimmat baho
qog’ozlarning istemolchiga to’la sotish bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: