Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi 
 
 
 
OLTINKO’L IQTISODIYOT TEXNIKUMI 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI
M
avzu: Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes
tushunchasi va ularning mohiyati 
 
MAVZUSINING MA’RUZA MATNI 
“Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrasi 
 
Jo’rayeva Nazokatxon Ortiqaliyevna 
 
 
 
 
 
 


108 
 
 
M
avzu: Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes
tushunchasi va ularning mohiyati 
Reja: 
 
 
1. Tadbirkorlik tushunchasi, mohiyati va belgilari. 
 
2. Tadbirkorlik shakllari. 
 
3. Tadbirkorlikning huquqiy va sarmoyaviy asoslari. 
 
4. Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari.
 
5. Tadbirkorlik faoliyatida biznes reja. 
 
 
 
1.Tadbirkorlik tushunchasi, mohiyati va belgilari.
 
Bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy elementi bo’lgan 
tadbirkorlik tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida keng ijtimoiy 
munosabatlarini 
o’z 
ichiga 
oladi.Tadbirkorlik 
kishilar 
(mulkchilik 
sub’yektlari)ning moddiy va pul mablag’lari (kapitalni) amalda harakatga 
keltirib, daromad topish mo’ljallangan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikda 
yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olinadi. U mavxum narsa emas , balki aniq 
maqsadga qaratilgan faoliyat bo’lib aniq shaxslar xatti harakatida namoyon 
bo’ladi. 
“O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to’g’risidagi qonun” ga muvofiq “Tadbirkorlik, mulkchilik sub’yektlarning foyda 
olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi qonunlar 
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir”. 
Tadbirkorlikni iqtisodiy ob’yekt va sub’yektlaridan boshlab o’rganish 
kerak.
Tadbirkorlik sub’yektlari bu davlat, jamoa va xususiy korxonalar, 
tashkilotlar shu bilan birga xususiy yoki yakka shaxslardir. 
Tadbirkorlik ob’yekti avvalo ma’lum faoliyatdir, chunki tadbirkorlik ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlar va shunga yarasha daromadda moddiylashadi. 
Daromad faoliyatining tashkiliyligi, uning omillari yig’indisidan uddaburonlik 
bilan foydalanishga bog’liq bo’ladi.
Tadbirkorlik xo’jalik yuritish usuli sifatida bir qancha umumiy belgilarga 
ega. Bularga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: 
a) mulkiy munosabatlarning ishtirokchisi bo’lib, ishlab chika-rish 
omillarining barchasiga yoki ba’zi biriga yaratilgan tovarlarga egalik qilish; 
b) iqtisodiy erkinlik xo’jalik faoliyati to’rini tanlash, uni resurslar bilan 
ta’minlash, oldi

sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarish erkinligi;
v) iqtisodiy xatti harakatlar uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olish, ish 
natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli ishga kul 
urish; 


109 
g) foyda olishga intilish, foydaga erishish chora tadbirlarini ko ’rish, 
olingan foydani o’z bilganicha ishlatish, tijorat siriga ega bo’lish, xalol 
Raqobatda qatnashish; 
Tadbirkorlikdagi mustaqillik avvalo erkin xolda mustaqil ravishda bir 
qarorga kelish imkoniyatini beradi, bu qaror bozor mexanizmini harakatini 
ta’minlaydi. Ma’lum sarmoyaga ega va istagi bor shaxs o’zining tijorat ishini 
yoki ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin. Chunki ishlab chiqarish resurslari 
ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ish kuchini bozorda sotib olish mumkin. 
Nima ishlab chiqarish, kimga sotish, qaysi bahoni belgilash kabilar erkin tarzda 
bozor holatini e’tiborga olgan xolda tadbirkor tomonidan xal etiladi. Lekin 
tadbirkorlikni soddalashtirib bo’lmaydi ya’ni hamma narsa mumkin deb ish 
to’tib bo’lmaydi. Har bir tadbirkor butunlay yakka emas. Bozor Iqtisodiyoti 
ko’pchilik faoliyati yakunidir. Shuning uchun tadbirkorlik bozorning qattiq 
talablaridan, mexanizmlari ta’siridan xoli bo’la olmaydi. Tadbirkorlikda 
mustaqillik bilan iqtisodiy manfaatdorlik ajralmas holda bog’langandir. 
Daromadni, foydani yuqori darajaga yetkazish tadbirkorlik faoliyatining 
belgilovchi asosiy omilibo’lib hisoblanadi. Boshlangan ish, uning kengayib 
o’zgarib borishi dastavval shunga bog’liqdir, zamonaviy tadbirkorlikda ijtimoiy 
masalalarga aralashish, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni xal etishda ishtirok 
etish ham ko’zatiladi. 
2.Tadbirkorlik shakllari. 
Tadbirkorlik shakllari quyidagilardan iborat: 

Yakka tartibdagi faoliyat;

Yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik; 

Bir guruh fuqaro’lar, yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa 
tadbirkorligi yoki hamkorlikdagi tadbirkorlik: 
Tadbirkorlik shakllarining o’ziga xos xususiyati bo’lib, iqtisodiy faoliyat 
yurgazishda, mehnatni tashkil qilishda yakka tartibda, yollanma mehnatni jalb 
etish asosida, hamkorlikdagi tadbirkorlik shakllarini o’ziga kamrab oldi. 
Tadbirkorlik shaklini yakka tartibdagi faoliyat asosida amalga oshirish 
deganda mulkchilik sub’yektlarining o’zi mustaqil tarzda iqtisodiy faoliyatining 
u yoki bu turi bo’yicha tadbirkorlik bilan shug’ullanish tushuniladi. 
Bu shakldagi tadbirkorlikni amalga oshirishda sub’yekt sifatida faqat 
fuqoro’lar qatnashadi. Fuqoro’larning yakka tartibdagi mehnatiga asoslangan 
tadbirkorlik shakli ham eng ko’p kullanishi tufayli ularga har tomonlama yordam 
ko’rsatish ayniqsa muhimdir. 
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati xususiy tadbirkorlik shakllaridan biri 
bo’lib, fukaro’lar bunday faoliyat bilan yuridik shaxs ( o’z mulkiga ega bo’lgan, 
biriktirib qo’yilgan mol mulkiga nisbatan to’la xo’jalik yuritish yoki operativ 
boshqarish huquqiga ega bo’lgan, o’z huquqlariga ega bo’ladigan, sudda davogar 
va javobgar bo’lib katnasha oladigan tashkilot) maqomini olmasdan 


110 
shugullanadilar. Bunday tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun tuman, 
shahar xoqimiyatlari tomonidan ruxsatnoma beriladi. 
Xususiy tadbirkorlik bu amaldagi qonunlar doirasidagi tashabbuskorlik 
xo’jalik faoliyati bo’lib, bu faoliyatni fukaro’lar shaxsiy daromad olish 
maqsadida, tavakkal qilib, mulkiy javobgarlikni o’z zimmasiga olib, ishlatish 
uchun odam yollab amalga oshiradi. 
Xususiy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olmasdan shugullanadigan 
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ham o’z ichiga oladi. Xususiy 
tadbirkorlikning mulki davlat, jamoa yoki korxona mulkining hammasi yoki bir 
qismi fukaroga utkazilayotganda yoki u o’z shaxsiy Jamg’armalari va bankdan 
olingan qarzlar hisobiga bu mulkni sotib olgan xolda tad-birkorni o’z mulki 
asosida vujudga keladi. 
Xususiy korxonalar xodimlarining yozma ravishda o’zaro to’zadigan hamda 
tomonlarning huquq majburiyatlar bayon etilgan mehnat shartnomasi asosida 
ishga yollaydi va yollanib ishlovchilar soni quyidagi ko’rsatkichlardan 
oshmasligi kerak: 

sanoat va kurilishda 200 kishigacha; 

ishlab chiqarish sohalarining boshqa tarmoqlarida 50 ki-
shigacha; 

noishlab chiqarish tarmoqlarida 25 kishigacha; 

chakana savdoda 15 kishigacha; 
Hamkorligidagi tadbirkorlik shaklida mulkchilikning turli sub’yektlari
qatnashishi mumkin. Hamkorlikdagi tadbirkorlik asosida birinchidan yuridik va 
jismoniy shaxslar o’z mulklarini, ikkinchidan esa mulkiy huquqlarini 
birlashtirish kerak. Bunda mulkchilik sub’yektlarining turli xil bo’lishiga 
qaramasdan bitta iqtisodiy tadbirkorlik faoliyatini maqsad qilib qo’ygan xolda 
mol-mulki nisbatan egallash, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini amalga 
oshiradi.
Tadbirkorlik ishlari tijorat, ishlab chiqarish yoki mo-liyaviy yo’nalishlarda 
amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi tadbirkorlar tovar yaratish, xizmatini 
bajarish, axborot tuplab berish, haridorning ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan 
ehtiyojini ta’minlash kabi faoliyat bilan shugullanadilar. 
Bunday ishlab chiqarish yoki xizmat turi bevosita amalga oshiriladi. 
Tijorat faoliyatini yurituvchi tadbirkorlar tovar-pul munosabatlariga oid 
savdo-sotik va bitimlar tuzish bilan shugullanadilar. Asosiy vazifalar tovarni 
sotish, istemolchiga xizmatlar ko’rsatishdir.
Moliyaviy va tadbirkorlikda tadbirkorning o’zi qimmatbaho qog’ozlarni 
tashkil qilish mumkin. Moliyaviy tadbirkorlik valyuta va qimmat baho 
qog’ozlarning istemolchiga to’la sotish bilan yakunlanadi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə