Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 Tadbirkorlikning huquqiy va sarmoyaviy asoslari



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

3. Tadbirkorlikning huquqiy va sarmoyaviy asoslari.
Tadbirkorlik huquqiy va sarmoyaviy asoslari, omillarning ahamiyati kattadir. 


111 
Avvalo tadbirkor bo’lishi uchun huquqiy muxit zarur. Tadbirkorlik uchun 
erkin iqtisodiy faoliyat yuritish, tijorat bilan shugullanish huquqiga e ga bo’lish, 
tadbirkorlik kafolati kerak. Shuning uchun ham bozor munosabatlariga o ’tishda 
tadbirkor huquqiy himoyaga muxtoj. “ O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolotlari to’g’risidagi qonun” bu borada eng ahamiyatli 
bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati uchun yo’l ochadigan huquqiy asosdir. 
Tadbirkorlikka sharoit yaratib beradigan iklim yana “O’zbekiston Respublikasida 
mulkchilik to’g’risida”; “Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish 
to’g’risida”; “Xususiy mulk to’g’risida”; “O’zbekiston Respublikasida 
korxonalar to’g’risida” kabi qonunlar tufayli yo’zaga kelmokda. 
Huquqiy muxit tadbirkorlikka oid qonunlar ijrosiga qaratilgan qaror, 
farmonlar tufayli mustaxkamlanmokda. 
Tadbirkorlik faoliyati uchun zaruriy huquqiy muxitning ikki tomoni 
mavjud erkinlik va majburiylik. 
Birinchisi uning erkin faoliyati, jamiyat va jamiyat a’zolari bilan bo’lgan 
erkin munosabatlarini ta’minlash bilan bog’liqdir. Daromad olishning 
chegaranmasligi, resurs-lardan foydalanish, ish kuchi yollash erkinliklarini 
ta’min-lash tadbirkor uchun juda ahamiyatlidir.Eng muhimi huquqiy masala 
tadbirkorlikning mulk munosabatlardagi mulk va sarmoyalar hajmining 
chegaranmasligidagi erkinliklardan iboratdir. 
Tadbirkor huquqiy muxitining ikkinchi tomoni uning jamiyat oldidagi va 
inson huquqlari, turmush sharoitlari bi-lan bog’langan majburiyatlardan iboratdir 
(Soliq to’lash, ekologiyani saqlash). 
Shunday qilib tadbirkorlikning huquqiy muxiti deganda unga taallukli 
huquqlar va majburiyatlar yig’indisini tushunamiz. 
Tadbirkorlikda huquqiy muxitining yo’zaga kelishida davlatning ro’li 
asosiy bo’lib zaruriy qonunlar chiqarish, ularning ijrosini ta’minlashdir.
Tadbirkorlikdagi ikkinchi muhim omil sarmoyadir, ya’ni u sarmoyador 
bulmasa, o’zi mustaqil ish tashkil eta olmaydi. 
Sarmoya o’z manbasi bilan uch xil bo’lishi mumkin: xususiy; qarz-kredit; 
yigma va kushma sarmoyalar. Har bir tadbirkor ishbajarish uchun avvalo ma ’lum 
miqdorda zarur xususiy sarmoyaga ega bo’lishi kerak. Busiz uning xo’jalik 
yuritish javobgarligi, shaxsiy jonqo’yarligi haqiqiy va bozor sharoitida ish 
yurituvchi tadbirkor-soxibkor darajasida bo’lmaydi. Shuning uchun avvalo 
boshlang’ich sarmoya jamg’ariladi, so’ngra uni qarz mablag’i bilan to’ldirib
kichik bo’lsa ham korxona ochib ish boshlanadi. Tadbirkorning ishlatadigan 
sarmoyasida qarz katta o’rin egallaydi va odatda uning xissasi xususiydan katta 
bo’ladi. Bu ayniqsa olingan sarmoya va investitsiyaga taalluklidir. Shuning 
uchun ham muvaffaqiyatli ish yuritish uchun keng tarmoqli va katta mablag’ga 
ega bo’lgan banklar tizimi bo’lishi zarur. 
Uchinchi xil sarmoya ya’ni yigma yoki kushma sarmoya xususiy 
sarmoyalar asosida paydo bo’ladi. Bu asosan kooperativ korxonala, xissadorlik 
jamiyatlariga taalluklidir.Chunki bular o’z sarmoyalarini birlashgan xolda 
kushma kapital paydo kiladlar va birgalikda ish ko’radilar.


112 
Bu sarmoya xilining shakllari ko’p va miqdoran asosan mayda va o’rta 
kapitallarni tashkil etsa, aksiyali kapitallar, korporatsiya kapitallari juda yirik 
bo’lishi mumkin. Yakka xolda bu sarmoyalar mustaqil ish boshlash imkonini 
bermasa yig’ilganda zaruriy kapital miqdori yo’zaga kelib, kapital muxtojligi 
muammosini xal qilib beradi.
Tadbirkorlik sarmoyasini shakllanishida davlatning ahamiyati, uning bu 
jarayonga e’tibori kattadir, chunki agar mulki bo’lsa, inson o’zini mustaqil va 
erkin sezib, kelajakka ishonch bilan karaydi, mulki bor xududni Vatan deb biladi. 
Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek bozor iqtisodiyotini ko’rishda, 
kelajakda Buyuk davlatni yuzaga keltirishda mulkdorlar sinfi muhim ro’l 
uynashi va bu sohadagi muvafakkiyatlarga erishishda yetakchi bo’lishi kerak.
5.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə