Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Tadbirkorlik faoliyatida biznes reja



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

5.Tadbirkorlik faoliyatida biznes reja. 
Tadbirkorlikning asosiy tarkibiy qismlaridan biri biznes-rejadir. Har qanday ish 
reja asosida bo’lsa muvafakiyat keltiradi. Oldindan zarur hisob-kitoblar qilinib, 
imkoniyatlar to’la e’tiborga olinsa, uylangan ish ustida to’la ta’savvur xosil 
qilinsa, uni amalga oshishiga ishonch xosil qilinadi va uni bajarish uchun dadil 
kirishiladi. Bunday tomonlar biznes-rejada o’z ifodasini topishi kerak.
Biznes-rejaning ikki tomonlama ahamiyati bo’lib, bu ichki va tashqi 
zaruriyatlaridan kelib chikadi. Chunki u birinchidan, tadbirkorning o ’z ichki 
imkoniyatlarini baholay bilishga, faoliyatning ma’qul usullarini belgilashga 
yordam beradi va shu bilan birga faqat tadbirkor uchungina emas, balki 
korxonadagi barcha xizmatkorlarda to’la ishonch xosil qilishga, ikkinchidan, 
tashqi aloqalar o’rnatishga ham yordam beradi. Materiallar, energiya va xom 
ashyo yetkazib beruvchilar, banklar bilan iqtisodiy alaokada bo’lishi uchunu 
avvalo real haqiqatdan kelib chikadigan biznes-reja bo’lishi kerak. 
Biznes-reja tadbirkorlik uchun shu tufayli zaruriyat bo’lib hisoblanadi. Har 
qanday korxonani tashkil etish sohasidagi faoliyat real, amaliyotni o’zida aks 
ettiradigan, barcha ish turlarini bajarishni ta’minlay oladigan biznes reja 
tuzishdan boshlanishi kerak va u ish jarayonida o’zgartirib borilishi mumkin.
Biznes-reja bo’lajak korxonaning faoliyat hajmi va ish ko’radigan soha 
xususiyatlariga to’la bog’liq xolda tuziladi. Shunga ko’ra korxonaning katta-
kichikligi, kengayiishi muhimligi va qaysi tarmoqqa taalluqliligi bu rejada o’z 
aksini topishi kerak. Chunki faoliyatdagi barcha tomonlar ish hajmi va ish 
sohasiga bog’liqdir. Faoliyat asosi bo’lgan mahsulot xili, turi belgilovchi omil 
sifatida yo’zaga chikadi.
Ishlab chiqarishda yoki savdoda ish ko’rish boshqa-boshqa texnologiya va 
tashkilotchilikni talab etadi shuningdek ishlab chiqarish tarmoqlarining talab va 
xususiyatlari turlichadir. Shuning uchun ham ularning biznes-rejalari ham bir xil 
bo’lmaydi. 


114 
Mahsulot murakkabligi ham biznes-rejaga ta’sir etadi. Uning darajasi 
yuqori bo’lsa, korxonaning ichki va tashqi aloqalarining murakkabligi oshadi va 
ancha keng bo’ladi, ish turlari hajmi ham yuqori bo’ladi. Bularning barchasi 
albatta biznes-rejada o’z aksini topadi.
Biznes-rejani tuzishda axborotning ta’siri juda kattadir. Bu avvalo talab, 
taklif, moliya kabilarga taalluklidir. Mavjud talab hajmi va korxonaning ishlab 
chiqarish va moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash axborotisiz biznes-reja mazmunsiz 
bo’ladi. Ishni umuman korxona ochishdan oldin maqsadni aniqlashdan bosh-lash 
talab etiladi. Chunki biznes-reja va faoliyat shu maqsadni amalga oluvchiga 
qaratilgan bo’ladi. Masalan, tikuv korxonasi ochilishi ko’zda tutilgan bo’lsin 
deylik. Bunga aniqlik kiritish zarur. Chunki tadbirkorlikka uyda ti qilgan
kiyimga talab mavjudligi va ishni kengaytirishga turtki bo’lishi mumkin. Lekin 
yakka buyurtma yoki ommaviy buyurtma asosida ish tashkil qilinadimi bu 
oldindan aniqlangan bo’lishi kerak. Chunki bularning mijozlari va ish 
texnologiyasi bir xil emas. Yakka buyurtma faqat individual mijoz uchun va 
yakka kiyim tikish texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Ommaviy buyurtma ham 
magazinlar buyurtmasiga asoslanadi. Lekin buning mijozi aniq bir shaxs deb 
bo’lmaydi, balki umumiy haridor qatoridagi shaxslar bo’ladi. Shuning uchun 
oldindan donalab yoki ommaviy kiyim tikish korxonasi bo’lishini belgilab ish 
boshlash talab etiladi va axborot yig’ish shu maqsadga erishish yo’nalishida 
bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Talab holatiga bog’liq axborot tadbirkorlikning ishlab chiqarmoqchi 
bo’lgan tovar yoki xizmat sohasini tanlash uchun kerak bo’ladi. Bunday 
axborotni tadbirkor o’zi yig’ishi yoki maxsus tashkilot, maxsus jurnallarga 
murojad qilish orqali olish mumkin. Tarmoq birlashmalari, xukumat hisob oylari, 
ilmiy jurnal maqolalari kabilardan Qimmatli axborotlar olish mumkin. Bozorning 
potensial hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar marketinga taalluqli biznes-reja 
qismini asoslashga yordam beradi. Shu bilan bunday axborotlar Raqobatga 
firmalar, savdoning qo’shimcha bahosi darajasi, bozor harakati va o’sish 
istiqboli kabi ma’lumotlar bilan to’ldirish kerak. 
Ishlab chiqarishga oid axborotni olsak korxonaning ishlab chiqarishini 
belgilash uchun kerak bo’ladi. Bunday axborotni xuddi shunday mahsulot 
yetishtirayotgan korxonalarga bevosita murojat etish yo’li bilan olinsa bo’ladi. 
Bunda albatta quyidagilarga etibor berish zarur: 
Korxonaning o’ziga yoki subpudratchilarga topshiriladigan ish xili, 
material va xom ashyo miqdori va bahosi, ularni ta’minlovchi firmalarning nomi, 
manzili, jixozlar va ular bilan ta’minlovchilar to’g’risidagi to’la ma’lumotlar, 
mehnat resurslariga oid ma’lumotlar (ish joyi, xunarlar xili, miqdori, ularni 
tayyorlash imkoniyati) bino va inshootga taallukli to’la ma’lumotlar, ustama 
harajatlar-mahsulot, boshqaruv harajatlari, elektr va suv harajatlar. Bunday 
ma’lumotlar tadbirkor va investor uchun albatta kerak bo’ladi.
Moliyaviy axborot bo’lajak korxona faoliyatining moliyaviy tomonlarini 
baholash uchun zarurdir. Bo’lajak korxonani ko’rish, ishga solish, boshlangich 
davrda moliyaviy qo’llash va umuman sarflangan sarmoyalarni qaytarish bilan 
birga loyixaning rentabellik darajasi aniqlanadi. 


115 
Yangi korxonaning hayotiyligini belgilovchi uch guruh moliyaviy 
ko’rsatkichlar mavjud: 
— birinchi uch yillik uchun daromad va harajat istikboli; 
— shu muddat ichidagi naqd pul istikboli; 
— joriy vaqtdagi korxona balans hisoboti va korxonaning
kelajak bir yilga mo’ljallangan aktiv va passiv holati
balansi. 
Biznes-rejani tuzish tadbirkorning ma’lum vaqtini,tajribasini va bunday 
ishga tayyorgarlik darajasini talab etadi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə