Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə5/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
qimmatli qogozlar

B


QQ




MB


QQB



  1. rasm. QQB va makrobazisning o‘zaro ekvivalentliligi modeli.

Yuqorida aytilganlarga asosan, qimmatli qog‘ozni moliya (fond) bozorining samarali moliyaviy instrumenti bo‘lishi uchun quyidagi

talablar qo‘yilishi maqsadga muvofiq: qimmatli qog‘oz va uning bazisini ekvivalentliligi; qimmatli qog‘ozni fond bozori tovari va boyligi sifatida ishonchli iqtisodiy-huquqiy mexanizm va maxsus ochiq moliya bozori infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi.

Qimmatli qog‘ozlar tasnifi

Umuman olganda qimmatli qog‘ozlar moliya instrumentlarining tasnif belgilari asosida tasniflanadi. Lekin qimmmatli qog‘ozlarning ma’lum mazmun va xususiyatlari ularni qo‘shimcha tarzda alohida tasniflash va tavsiflashni taqozo etadi. Shu munosabat bilan o‘quv maqsadlarida qimmatli qog‘ozlarni 3-5 rasmlarda keltirilgan shakllarda tasniflanishini keltirish mumkin5.

Qimmatli qog‘ozlarning hisobi maxsus depozitariylarda va (yoki) reyestrlarda yuritiladi.

Orderli qimmatli qog‘ozlarning qo‘ldan qo‘lga o‘tishi indossament asosida indossant tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdim etuvchiga bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquq indentifikatsiya qilinmaydi.

Emissiyalanuvchi qimmatli qog‘ozlarga sertifikat (lotincha certifico - tasdiqlayman) chiqarilishi mumkin. Sertifikat oldi-sotti obyekti bo‘lmaydi.







5 Килячков А.А., Чалдаева Л.А. Рынок ценных бумаг и биржевое дело: Учеб.пособие. 2-е изд., с измен.-М.: Экономистъ, 2005.-687 с.


  1. rasm. Emissiyalanadigan va emissiyalanmaydigan qimmatli qog‘ozlar tarkibi (klass va chiqarilish usuli bo‘yicha

guruhlashtirish)









  1. rasm. Qimmatli qog‘ozlarni funksional belgisi bo‘yicha

guruhlanishi.



  1. rasm. Qimmatli qog‘ozlarning klassifikatsion turlari.

Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:



  1. Aksiya (oddiy va imtiyozli) chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan aksiyadorlik kompaniyasini tuzish.

  2. Obligatsiya chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan moliyalashtirishni kengaytirish.

  3. Qo‘shimcha investitsiya jalb qilishda kompaniyada hukmronlikni saqlab qolish uchun imtiyozli aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish.

Davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi maqsadlarda chiqariladi:

  • joriy budjet kamomatini (defitsitini) moliyalashtirish;

  • avval joylashtirilgan qarzlarni so‘ndirish;

  • davlat budjeti kassasining bajarilishini ta’minlash;

  • soliq to‘lovlarining notekis tushumini tekislash;

  • tijorat banklarini likvid rezerv aktivlar bilan ta’minlash;

  • davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan maqsadli investitsion dasturlarni moliyalashtirish;

  • ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muassasa va tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Turli mamlakatlarda davlat qog‘ozlarini chiqarish hajmi har hil (1- jadvalga qaralsin).


Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə