Qimmatli qog‘ozlar


Qimmatli qog‘ozlarning xususiyatlari



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə7/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
qimmatli qogozlar

Qimmatli qog‘ozlarning xususiyatlari

Qimmatli qog‘ozlarning asosiy (fundamental) xususiyatlariga aylanuvchanlik, likvidlilik va xatar (risk) kiradi.



Aylanuvchanlik – bu qimmatli qog‘ozning bozorda xarid qilinishga va sotilishga, shuningdek, ko‘pchilik hollarda boshqa tovarlar muomalasini osonlashtiruvchi mustaqil to‘lov vositasi sifatida qo‘llanishiga qodirligidir. Barchaga ma’lum bo‘lgan P – T (pul – tovar), T – P (tovar – pul) metamorfozalarda qimmatli qog‘ozlar ham tovar sifatida, ham pul sifatida qatnashishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar ma’lum ma’noda tovar hisoblanadi, u o‘z qiymatiga va iste’mol qiymatiga ega. Ushbu alohida turdagi tovarning qiymati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan, ular tomonidan keltiriladigan daromadning hajmi, ssuda foizining me’yori, nisbatan yuqori kurs bo‘yicha sotilishi mumkinligi, korxonani boshqarishda ishtirok etish imkoniyati va hokazolar. Qimmatli qog‘ozlarning iste’mol qiymati shundan iboratki, ular orqali qimmatli qog‘oz egasi o‘z kapitalini oshirish, saqlash, korxonani boshqarishda ishtirok etishdagi aniq talablarini qondiradi. Shu bilan birga, ba’zi holatlarda qimmatli qog‘ozlarning alohida turlari (davlat obligatsiyalari, veksellar) ma’lum bir qulay vaziyatlarda pul vazifasini – muomila va to‘lov vositasini ham bajarishi mumkin. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda ko‘chmas mulk, avtomobil va boshqalar bilan hisob – kitob qilish chog‘ida yuqori likvidli davlat obligatsiyalaridan to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi.


Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə