Qishloq xoʼjaligini ilmiy asosda yoʼlga qoʼymas ekanmiz, sohada rivojlanish boʼlmaydi. Sh. MirziyoEV. Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar!



Yüklə 183,33 Kb.
səhifə2/15
tarix30.12.2023
ölçüsü183,33 Kb.
#166719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish

Rustam MАMАTQULOV,
Аgrobank”, АTB boshqaruv raisi.
UOʼK 631.1
KBK 40.72
Q 51
Loyiha gʼoyasi muallifi va tashkilotchi: “Аgrobank” АTB
Tuzuvchilar:
M.T. Toshboltaev – Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiytadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiya boʼyicha oʼrinbosari, t.f.d. professor.
Taqrizchilar:
А.E. Toliboev – Qishloq xoʼjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi direktorining oʼrinbosari – Bosh muhandis, t.f.n. katta ilmiy xodim.
Loyiha ishtirokchilari: U.F. Fayzullaev, M.S. Hayitboev.
Muharrir: T. Doliev – “Oʼzbekiston qishloq va suv xoʼjaligi” jurnali bosh muharriri.
Ushbu qoʼllanma “Аgrobank” АTB muassisligida tayyorlandi hamda nashr ettirildi. Bildirilgan fikr-mulohaza, xulosa va tavsiyalarga tuzuvchi mualliflar masʼuldir.
Ijtimoiy loyihalar bilan agrar sohaga sarmoya kiritish doirasida “Аgrobank” АTB tomonidan 100 ta kitobdan iborat qoʼllanmalar toʼplami tayyorlandi. Toʼplamda qishloq xoʼjaligi sohasi, jumladan, meva-sabzavot va poliz ekinlari, gʼallachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarning eng ilgʼor tajribalariga oid rivojlangan davlatlar va yurtimizda erishilgan keng qamrovli ilmiy va amaliy maʼlumotlar qamrab olingan.
Toʼplam mazkur yoʼnalishdagi birinchi nashr boʼlib, kelgusida ushbu loyihani davom ettirish maqsadida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida yanada boyitib borish koʼzda tutilgan.
Qoʼllanma soha mutaxassislari, fermerlar va keng jamoatchilik uchun moʼljallangan.

Ushbu qoʼllanma “Аgrobank” АTB tuhfasidir
© “Аgrobank” АTB – 2021
© Nashriyot uyi “Tasvir” – 2021
ISBN 978-9943-7175-0-3 © “Colorpack” MChJ – 2021


MUNDАRIJА
Kirish .........................................................................................................7
Traktorlarga texnik xizmat koʼrsatish qoidalari..............9
Traktor tirkamalariga texnik xizmat
koʼrsatish qoidalari ........................................................................22
Gʼalla kombaynlariga texnik xizmat
koʼrsatish qoidalari .......................................................................24
Paxta terish mashinalariga texnik xizmat
koʼrsatish qoidalari ........................................................................31
Pluglarga texnik xizmat koʼrsatish qoidalari....................35
Yerlarni ekishga tayyorlaydigan chizelь-kulьtivatorlar, diskli va tishli
boronalarga texnik xizmat koʼrsatish tartiblari ..............38
Urugʼ ekadigan mashinalarga texnik xizmat
koʼrsatish tartiblari .....................................................................40
Oʼsimlik qator oralariga ishlov beradigan kulьtivatorlarga texnik xizmat
koʼrsatish tartiblari .....................................................................42
Oʼgʼitlash mashinalariga texnik xizmat
koʼrsatish tartiblari .....................................................................43
Dori sepish mashinalariga texnik xizmat
koʼrsatish tartiblari .....................................................................45

Ozuqa oʼrish-yigʼish mashinalariga texnik


xizmat koʼrsatish qoidalari ......................................................48
Ks-2,1 tipidagi oʼtoʼrgichga texnik xizmat
koʼrsatish tartiblari ......................................................................51
Gp-4 tipidagi xashak yiqqichga texnik xizmat
koʼrsatish tartiblari ......................................................................52
Ps-1,6 “qirgʼiziston” tipidagi yiqqich-zichlagichga
texnik xizmat koʼrsatish tartiblari .....................................53
Prp-1,6 tipidagi yiqqich-zichlagichga texnik
xizmat koʼrsatish tartiblari .....................................................54
Ksk-100 tipidagi silos kombaynlariga texnik
xizmat koʼrsatish qoidalari ......................................................55
Sharnirli vallarga texnik xizmat
koʼrsatish qoidalari .......................................................................56 Xulosa ........................................................................................................57
Bilishimiz lozim boʼlgan atamalar ......................................58
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati ....................................60

KIRISh

Texnik xizmat koʼrsatish (TXK) – bu yangi yoki kapital taʼmirlangan traktorlar va mashinalarni meʼyorida ishlashini taʼminlaydigan, nosozliklar, avariyaga olib keladigan yedirilishlar va buzilishlarni oldini oladigan, qishloq xoʼjaligi texnikasini ishchanlik holatini va saqlovchanligini taʼminlaydigan operatsiyalar toʼplamidan iborat boʼlib, mazkur toʼplam mashina detallari, uzellari va mexanizmlarini tozalash, tekshirish, sozlash, mahkamlash va moylashga doir muhandislik tadbirlarini oʼz ichiga oladi.


Umuman aytganda TXK – bu agrotexnik tadbirlar mavsumlar (yil) davomida mashinalarni ish qobiliyatini saqlab turishga yoʼnaltirilgan muhandislik tadbirlarining yigʼindisidir.
TXK sistemasi mashinalarni ishlatish oldidan qizdiriladi, har smenada, davriy va mavsumiy texnik xizmatlar koʼrsatish, texnik qarovdan oʼtkazish, taʼmirlash hamda saqlashdan iborat.
Yangi yoki taʼmirdan chiqqan traktorni ishlatish oldidan detallarning ishlaydigan yuzalari bir-biriga ishqalanib moslanishi uchun unga oz-ozdan yuklanish berib qizdiriladi. Traktor jami 60 soat qizdiriladi; shundan 5 soati – yuklanishsiz (salt ishlatish) va 55 soati yuklanish bilan ishlatib qizdirish uchun ajratiladi.
Traktorga smenaviy TXK uning operatori tomonidan bajariladi. Birinchi (1-TXK) va ikkinchi (2-TXK) TXK ishlarini koʼchma ustaxona mexanigi, uchinchi (3-TXK) va mavsumiy TXK tadbirlarini servis punktining usta-sozlovchilari bajaradi.
Paxta terish mashinasi, gʼalla kombayni kabi murakkab qishloq xoʼjalik mashinalariga yiliga uch marta: har smenada, davriy va mavsum oxirida, boshqa mashinalarga esa har smenada va mavsum oxirida xizmat koʼrsatiladi.
Har smenadagi texnikaviy xizmat koʼrsatishda quyi- dagi ishlar bajariladi: mashina chang, loy, oʼsimlik qoldiqlari, urugʼ, oʼgʼit, kimyoviy moddalar va hokazolardan tozalanadi; mashinani xususan, ish organlarining biriktirilgan joylari tekshiriladi, gayka va boltlar burab mahkamlanadi; ish organlarining qamrash kengligi va ishlash chuqurligi boʼyicha toʼgʼri joylashtirilganligi tekshiriladi; tuproqni yumshatadigan ish organlarining oʼtkirligi bilan tekshiriladi, lozim topilsa, ular charxlanadi yoki taʼmirlanganlariga almashtiriladi; ish mexanizmlari tekshiriladi va zarur boʼlsa, sozlanadi; harakatlantiruvchi zanjirlar va ponasimon tasmali uzatmalar tekshiriladi hamda taranglanadi; ish vaqtida chigit ekish, oʼgʼit solish va kimyoviy preparatlar purkash meʼyorlari tekshiriladi; birikmalar mashinani ishlatishga oid qoʼllanmaga muvofiq moylanadi.
Davriy texnik xizmat koʼrsatishda quyidagi ishlar bajariladi: birlashtiruvchi muftalar tekshiriladi va rostlanadi; zichlamalar tekshirilib, moy va boshqa suyuqliklarning sizishiga yoʼl qoʼymaydigan darajada mahkamlanadi; sharnirli birikmalar nazoratlanadi; silindrik va konussimon shesternyalarning toʼgʼri oʼrnatilganligi, yulduzchalar va taranglovchi qurilmalarning holatlari tekshiriladi; rolikli zanjirlar havoning changlik darajasiga qarab, vaqti-vaqti bilan quyidagi texnologiya boʼyicha yuviladi va moylanadi: zanjir kerosinda yuviladi, quritiladi, solidol (95%) bilan grafit kukunining (5%) issiq aralashmasiga 10 daqiqacha solib qoʼyiladi, soʼngra artiladi; moylar mashinani ishlatishga oid qoʼllanmaga muvofiq almashtiriladi.
Ish mavsumi tugagandan keyingi TXK vaqtida mashinalarning texnik holati qismlarga ajratilmasdan tekshiriladi; bunda mashinalarni saqlashga tayyorlash mumkinligini, keyinchalik taʼmirlamasdan ishlatishga yaroqli-yaroqsizligi va taʼmirga muhtoj uzellari aniqlanadi. Аniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi.
Mazkur qoʼllanma mexanizatorlar, muhandis-texnik xodimlarni TXK tadbirlarini talablar darajasida oʼtkazishga oʼrgatadi. Qoʼllanmani tayyorlashda [1-22] adabiyotlardan metodik manba sifatida foydalanildi.
TRАKTORLАRGА TEXNIK XIZMАT KOʼRSАTISh QOIDАLАRI

Traktorlarda turdagi dva muddatlardagi texnik xizmat koʼrsatish (TXK) tadbirlari amalga oshiriladi:


• smenadan keyingi TXK (kundalik texnik qarov);
• 50 moto-soatdan keyingi
1-TXK (haftalik texnik qarov);
• 150-200 moto-soatdan keyingi 2-TXK (oylik texnik qarov);
• 300-400 moto-soatdan keyingi 3-TXK (uch oylik texnik qarov);
• 600-800 moto-soatdan keyingi 4-TXK (olti oylik texnik qarov);
• 1000-1200 moto-soatdan keyingi 5-TXK (yillik texnik qarov).
Traktorlarga smenaviy TXK ishlari traktorchi tomonidan dalaning oʼzida bajariladi. 50 moto-soatdan keyingi 1-TXK yoki haftalik texnik qarov tadbirlari tumanlardagi “Аgroservis MTP” va agroklasterlarning koʼchma ustaxona mexaniklari kuchi bilan dalada yoki taʼmirlash ustaxonalarida oʼtkaziladi. 150-200, 300-400, 600-800 va 1000-1200 moto-soatlardan keyingi 2, 3, 4 va 5-TXK ishlari servis korxonalari (masalan, “OʼzKeysservis” va “OʼzKlasservis” qoʼshma korxonalarining servis markazlari, Oʼzbekiston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning mamlakatimizda tashkil etilgan texnik markazlari) tomonidan bajariladi.


Yüklə 183,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə