Qishloq xoʼjaligini ilmiy asosda yoʼlga qoʼymas ekanmiz, sohada rivojlanish boʼlmaydi. Sh. MirziyoEV. Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar!



Yüklə 183,33 Kb.
səhifə7/15
tarix30.12.2023
ölçüsü183,33 Kb.
#166719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish

3.2. Kombaynlarga gʼalla oʼrimi paytida TXK tadbirlari

•Gʼalla elaklari va somon silkitgichlar teshiklari doimo toza tursin. Аks holda donlar somonga qoʼshilib tashqariga chiqib ketadi.



Motor

Motor karteridagi moy sathini har kuni tekshiring, yetmasa meʼyoriga
yetkazing, eskirsa almashtiring





Радиатор

Радиатордаги суюқлик сатҳини ҳар куни текширинг, камайса тўлдиринг, эскирса янгиланг





Havo filtri

Chang qopchasi va filьtr jihozlarini tozalang, poddondagi moyni oʼz vaqtida almashtiring







Аkkumulyator

Doimo zaryadlangan, klemmalari toza va ihotalangan boʼlsin



Yonilgʼi baki

Kaustik sodaning qaynoq eritmasini bakka soling. Bakni chayqating, iflos eritmani toʼkib tashlang. Qaynoq suv bilan yuving





Tishli qutilar

Uzatmalar va kuchaytirgich qutilaridagi moy sathi tekshirilsin, kam boʼlsa meʼyoriga yetkazilsin





Gidravlik tizim

Tizim bakchalaridagi moy sathi nazorat qilinsin, kamaygan boʼlsa toʼldirilsin



Moylash

Qismlar moylash xaritasiga binoan yogʼlansin, moy tomchilanmasin



Tasmalar

Tasmalar shkivlarga toʼla joylansin, tarangligi rostlansin va meʼyoriga keltirilsin





Zanjirlar

Zanjir zvenolari soz boʼlsin, tarangligi rostlansin va yogʼlansin





3.3. Kombaynlarni oʼrimdan keyin saqlovga tayyorlash paytida TXK tadbirlari

• Gʼildiraklar va qopqoqlar yechib olinadi, kombayn qismlari somon, don qoldiqlari, oʼt-oʼlanlardan tozalanadi, ichkari va tashqari tomonlari bo-


simli suv bilan yaxshilab yuviladi, chuqurchalarga toʼp- lanib qolgan suvlar olib tashlanadi.
• Qismlar (reduktorlar, bakchalar) sirtiga yopishib qolgan moy qoldiqlarini dizelь yonilgʼisi bilan yuvib tozalab olinadi.
• Zanjirlar yechib olinadi, iliq dizelь yonilgʼisi bilan yuvib tozalanadi. Kombayn yopiq binoda saqlansa toza zanjir joyiga taqiladi, ochiq joyda saqlanadigan boʼlsa, omborga topshiriladi.
• Ochiq joyda saqlanadigan kombaynlardan tasmalar yechib olinadi, soz boʼlsa omborga topshiriladi, yedirilganlari yangilariga almashtiriladi.
• Saqlash muftalarining ishqalanuvchi qismlari yechib olinadi, iflosliklardan tozalanadi, ularning sirtiga toza grafit tuzi bilan ishlov beriladi, keyin joyiga oʼrnatiladi.
• Qismlarning ochiqdagi yaltiroq sirtlariga himoya moylari surkaladi. Iloji boʼlmasa, polietilen plyonka bilan oʼrab qoʼyiladi.
• Gʼildiraklar tepaga koʼtarilsin, shinalardagi havo bosimi pasaytirilsin, shina sirtlariga himoya vositalari surkalsin.
• Tishli quti, rul mexanizmi, yurish qismi, gidravlika sistemasidagi moylar almashtirilsin.
• Kombaynning shikastlangan qismlari tuzatilsin, tegishli rangdagi buyoqlar bilan boʼyab qoʼyilsin.
• Qismlar moylash jadvaliga binoan yogʼlansin.
• Kombaynlar iloji boricha yopiq binoda saqlansin. Ochiq maydonchalarda va bostirma tagida saqlashga toʼgʼri kelsa, ular doimiy nazoratda boʼlsin. Qattiq yomgʼir yoki shamoldan keyin kombaynlarning holati birma-bir tekshirib chiqilsin.


Yüklə 183,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə