Qo ‘ qon universiteti o



Yüklə 190,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü190,41 Kb.
#136572
1   2
773-774

www.
kokanduni.uz 
holda matematik masala tuzilsa, o`quvchi o`z-o`zidan bunga diqqat qaratadi. Bu bilan 
o`quvchining diqqatini jalb qilgan holda mavzu materiallari o`rgatiladi.
Keying usul 

darsni qiziqarli o`yinlar bilan bog`lash. “Ixtiyoriy diqqat, ayniqsa, 
o`qitishda katta ahmiyatga ega, dars o`zlashtirish ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Chunki o`qish 
nafaqat jiddiy mehnat, balki ko`p mashaqqatli ishdir. Shuning uchun u irodaga suyanadi. 
Ammo o`qishni faqat ixtiyoriy diqqat asosidagina o`tkazish o`quvchilarni tez charchatib 
qo`yadi. Shu sababli o`qishga qiziqtirish, darsni qiziqar
li qilib o`tish kerak”. Mohir pedagogga 
qo`yilgan talablardan biri bu - 
dars ma’lumotlarini qiziqarli o`yinlar bilan uyg`unlashtirish. 
Agar dars boshidan oxirigacha faqatgina mavzu bayoni bilan o`tadigan bo`lsa, bu hattoki katta 
yoshdagi maktab o`quvchilarini ham zeriktirishi, diqqatini chalg`itishi muqarrar. Shuning 
uchun o`qituvchi bisotida qiziqarli o`yinlar va metodlar ko`p bo`lishi zarur. Masalan, 
oddiygina bor bilan ham qiziqarli o`yin o`tkazish mumkin. O`quvchilardan oddiy tarzda 
o`tilgan mavzular bo`yicha ma`lumotlarni so`rash ancha zerikarli. Buni qiziqarli tarzda 
o`tkazish mumkin. Yozuv taxtasiga katta qilib aylana chizamiz va buni qora oyna deb tasavvur 
qilamiz. Bu oynaning narigi tomonida barcha bilimlar jamlangan. Oynani sindirish va 
bilimlarni chiqarib olish zarur va buni bajarish uchun o`quvchilardan yordam so`raladi. Har 
bir o`quvchi bitta ma`lumot aytadi va oynaga “X” belgisini chizadi. Aylana “X”larga to`lgandan 
keyin oyna parchalanadi va bilimlar chiqarib olinadi. Bu jarayonda nafaqat o`quvchining 
diqqati darsga jamlanadi, balki bilimlari mustahkamlanadi.
3-usul 

rang-
baranglikka intilish. Ushbu usulni 2 xil ma’noda tushunish mumkin: 
1. Dars jarayonida rangli materiallardan foydalanish.
2. Darsda bir xillikdan uzoqlashib, turfa xil metodlardan foydalanish, darsni turli xil 
usullarda o`quvchilarga tushuntirish.
Ranglar inson miyasiga juda katta ta`sir qiladi. Agar o`qituvchi mavzu ma`lumotlarini 
rangli qog`ozlarga yozib, o`quvchilarga tushuntirsa, ranglar o`quvchi diqqatini o`ziga jalb 
qiladi. O`quvchilar avval rangga e’tibor bergan holda, keyin qog`ozdagi ma’lumotlarga 
e’tiborini qaratadi, o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan tadqiqotlar natijalarida shunisi aniq 
bo`ldiki, ushbu rangli qog`o
zlarga yozilgan ma’lumotlar oq qog`ozga yozilgan ma’lumotlardan 
ko`ra ko`proq o`quvchi diqqatini jalb qiladi hamda xotirasida tez va oson saqlanib qoladi.
4-usul 

rag`batlantirish. O`quvchi rag`batlantirilganda o`z bilimiga ishonch hissi paydo 
bo`ladi. Bu tuyg`uning o`rnini keyinchalik darsni o`rganishga bo`lgan ishtiyoq hamda shijoat 
egallab oladi. Qarabsizki, o`quvchi maqsadli ravishda darsga diqqat qila boshlaydi. 
Rag`batlantirish usuli orqali o`qituvchi dars mobaynida juda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 
Xulosa o`rnida aytadigan bo
`lsak, diqqat ta’lim
-tarbiya sohasida juda katta ahamiyatga 
ega. Chunki fikr yuritish, xotirada saqlash, idrok etish kabi jarayonlarning barchasi diqqat 
tufayli sodir bo`ladi. Darsda o`qish materialini muvaffaqiyatli o`zlashtirish, avvalo, diqqat 
bilan belgilanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
 
1. M. Raxmpiova.Ta’limda diqqatning roli.Toshkent: «O’qituvchi», 1963 y.
2. N. Boymurodov. Amaliy psixologiya. 

Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008.
3. P. I. Ivanov, M. E. Zufarova. Umumiy psixologiya. 

Toshk
ent: “O`zbekiston faylasuflari 
milliy jamiyati”, 2008.
4. Umumiy-psixologiya. Darslik P.I.Ivanov-M.E.Zufarova-T-2008. 
5. Z.T.Nishonova.Rivojlanish psixologiyasi. 
TOSHKENT: «PRINT 25» 2019.
 

 
 

Yüklə 190,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə