Qo`lyozmalar yozgan xat turlari. Xuroson va O`rta Osiyoda shakilangan badiiy san`at maktablari reja


Temuriylar va Shayboniyxon davri qo‘lyozmalari



Yüklə 42,92 Kb.
səhifə5/7
tarix16.02.2023
ölçüsü42,92 Kb.
#100927
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik

Temuriylar va Shayboniyxon davri qo‘lyozmalari.

Temuriylar davriga kelib O‘rta Osiyoning madaniy markazlari Samarqand bilan Xirot edi. Bu shaharlarda fanlarni o‘rgatishga, she’riyatga va san’atga ko‘proq e’tibor qaratilgan edi. Bu davrdagi shoirlardan XIV asr oxiri-XV asr boshlarida yashagan Xo‘jandiy, XV asr birinchi yarmida yashagan Sakkokiy, Lutfiy (1366-1465), Atoyi (XV asr)larni eslab o‘rish kerak. Sulton Husayin Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib (1469-1506), she’riyat o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetishgan edi. Bu esa, mashhur shoirimiz mutafakkir Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq edi. Navoiydan tashqari Husayin Boyqaroning o‘zidan tortib, Durbek va boshqa juda ko‘p shoirlar yetishib chiqqan edilar. Bu davrda juda ko‘p forsiy zabon she’riy asarlar turkiy tilda qayta ishlanib, turkiy adabiyot boyitilgan. Bunday badiiy adabiyot namunalaridan tashqari Navoiy 1481-1482 (886 hijriy) yilda «Vaqfiya» asarini yozgan va bunda o‘ziga qarashli bo‘lgan yer-mulkni Xirotdagi Ixlosiyya masjidiga vaqf qilib berish masalasi ko‘tarilgan. 1488-1489 (894 hijriy) yillarda Xurosonda yashab xukmronlik qilgan podshohlarning tarixiga bag‘ishlangan «Tarixi mulki Ajam» nasriy asarini yozgan. Bu asarning barchasi qo‘lyozma shaklida vujudga kelgan.
tarixdan ma’lumki, XVI asrda O‘rta Osiyoni Shayboniylar sulolasi boshqargan. Ularning poytaxti ham Samarqand shahri edi. Bu sulolaning asoschisi bo‘lgan Shayboniyxonning o‘zi ham shoir bo‘lgan (1506-1510) va o‘sha davrdagi olim va shoirlarga homiylik qilgan. Uning saroyida «Shayboniynoma» asarining muallifi Muhammad Solih (1534-941 hijriy) yilda favot etgan. Shuningdek, «Tavorixi guzida Nusratnoma» nomli tarixiy asar muallifi (ismi no’malum) ham saroyda yashagan. Bu asar 1502-1503 (908 hijriy) yilda yozilgan. Bu davrda Binoiy isimli shoir yashagan. U forsiyzabon she’rlar yozgan va «Ajoyib-ul mahluqot» nomli asarini forsiydan turkiyga tarjima qilgan. 1525 (931 hijriy) yilda musulmon hukmronlarning umumiy tarixini yorituvchi «Zabdatul-asar» nomli ilmiy kitobi vujudga kelgan. Uning muallifi Nasrulloiy ismli tarixshunosdir.
XVI asrda Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Boburning o‘zi bu davrda «Boburnoma» nomli memuaridan tashqari aruz janriga bag‘ishlangan «Mubayyin» nomli risolasini yozgan. Boburiylarning saroyida Baramxon ismli turkman shoiri yashagan. (1561 da vafot etgan). Uning o‘g‘li Abdurahim Mirzo ham shoir bo‘lgan va «Boburnoma»ni fors tiliga tarjima qilgan.


  1. Yüklə 42,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə