Qo`lyozmalar yozgan xat turlari. Xuroson va O`rta Osiyoda shakilangan badiiy san`at maktablari reja



Yüklə 42,92 Kb.
səhifə6/7
tarix16.02.2023
ölçüsü42,92 Kb.
#100927
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik

XVII-XIX asr qo‘lyozmalari.

XVII-XVIII asrga kelib, O‘rta Osiyoning madaniy markazlari sifiga Buxoro va Xiva shaharlari ham qo‘shildi. Buxoroda Imomqulixon (1640 yilda vafot etgan), Subxonqulixon (1702 yilda vafot etgan), Qulsharif (1692 yilda vafot etgan), So‘fi Olloyor (1721 yilda vafot etgan), Saykaliy (1797 yilda vafot etgan), Turdi (1700 yilda vafot etgan), Obidiy (1828 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan. Xivada esa, turkman qabila boshliqlarining iltimosiga ko‘ra 1661 yilda «Shajarayi tarokima» asarini va «Shajarayi turk» asarlarini yozgan Abulg‘ozi Bahodirxon, Hasanquli Axsaniy (XVII asr) yashagan. XVIII asr oxirida ismi noma’lum bir tarixshunos Shayboniyning qilgan yurishlariga bag‘ishlangan «Shayboniynoma» asarini yozgan.
XIX asrda Xivada podshoh saroyida bir qator tarixshunoslar, shoirlar, tarjimonlar yashashgan. Masalan, shoir Munis (1778-1829) va uning jiyani Ogahiy (1809-1874) dunyo yaratilgandan beri 1825 yilgacha hukmronlik qilgan xonlarning tarixini yorituvchi «Firdavsul iqbol» asarini yozishgan. Keyinchalik Ogahiy xonlarning topshirig‘i bilan bir qator salnomalr yaratgan: 1825-1843 yillarga doir «Riyozud-davla» solnomasini, 1843-1846 yillarga doir «Zubdatul-tavorix» solnomasini , 1845-1855 yillar voqeasiga doir «Jamiu voqioti sultoniy» solnomasini, 1855-1864 yillarga doir «Gulshani davlat» solnomasini, 1864-1873 yillarga doir «Shohiul-iqbol» solnomasini yozgan. Eshmurod Al-Alaviy ismli mudarris 1804 yildan 1864 yilgacha davom ettirgan inoqlar sulolasi hukmronligiga bag‘ishlangan «Tarixi Sayyid Muhammadxoniy» (1861 yilda) va «Tarixchayi Muhammad Yoqubxo‘ja» tarixiy asarini (1863-1864 yillarda) yozgan. Bundan tashqari Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Feruz (Muhammad Rahimxon-II) (hukmronlik yillari 1865-1910) yashab ijod etganlar.
XIX asr boshlariga kelib, Qo‘qon ham madaniy markazlar safiga qo‘shildi. Bu yerda Amir Umarxon (1810-1822) boshchiligida fazliy Namangoniy, Guoxaniy, Xozik, Maxmur, Muqimiy, Fitrat, Xamza kabi shoirlar yetishib chiqdi. XX asr boshlarida esa Rojiy (1908 yilda vafot etgan), Kameb (1922 yilda vafot etgan), Mirza (1922 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan.
Bulardan tashqari bir qator ilmiy asarlar fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan. Jumladan: Tarixiy asarlardan Mirxondning (XV asr) «Ravtus-safo» asari, uni XIX asr o‘rtalarida Rojiy nomli shaxs tarjima qilgan, Mexdixonning (XVIII asr) «Durrayi Nodiriy» asari, uni Muhammad Nazar va Ogahiy (XIX asr) tarjima qilishgan. Muhammad Xakimning «Muntaxabut-tavorix» asari. Uni XIX asrning ikkinchi yarmida ismi noma’lum shaxs tarjima qilgan. Tasavvufga oid 1696-1697 yillarda Muhammad Sodiq Yangixisoriy tomonidan yozilgan «Jomiul-makomot» asari, uni Abulboqi ibn Baxouddin ibn Maxdumi A’zam tarjima qilgan. Shuningdek, Vosifiyning «Badoyiul-vaqoyi» nomli memuar asari (XVI asr) Dilovar ismli shaxs tomonidan tarjima qilingan. Albalxiyning geografiyaga oid «Majmaul-g‘aroyib» asari (1566-1567 yil). Muhammad Xusayin Mahdum tomonidan tarjima qilingan. Bundan tashqari Amir Temurning biografiyasiga oid «Tuzuki Temuriy» asari ham fors tilidan 1835-1836 yillarda Xotifquli ismli shaxs tomonidan turkiy tiliga tarjima qilingan.
O‘rta Osiyodagi kutubxonalar haqida:
O‘rta Osiyo hududida juda boy saroy va shaxsiy kutubxonalar qadimdan mavjud bo‘lgan. XI-XIII asrlarda Samarqandda anchagina kutubxonalar shakllangan edi. XII asrda Marvda Somoniylar sulolasining kutubxonasi mavjud bo‘lgan. XIII asrdan boshlab Rashididdin ismli shaxsning kutubxonasida (1247-1318) qo‘lyozma kitoblarni bitadigan xattot va boshqa ustalarning ustaxonasi ham mavjud bo‘lgan. Buxoroda XV asr boshlarida Muhammad Fors tomonidan asos solingan (1419 yilda vafot etgan) kutubxona mavjud bo‘lgan. XV asr boshlarida Samarqand Amir Temur tashkil etgan va keyinchalik nevarasi Ulug‘bekka o‘tgan kutubxona vujudga kelgan. Xirotda Boysunqur mirzo saroyi kutubxonasini tashkil etgan (1433 yilda vafot etgan). U yerda Alisher Navoiyning ham shaxsiy kutubxonasi mavjud edi. XVII asrda Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasiga mansub shoxlardan Abdulazizxon (1645-1680), va uning inisi Subxonqulixon (1680-1702) qo‘lyozmalarini jamlab kutubxona tashkil etishgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Xivada Muhammad Rahimxon-II ning kutubxonasi ishlab turgan. XX asr boshlarida bir necha shaxsiy kutubxonalar: jumladan, Buxoroda Validovlarning kutubxonasi, Toshkentda Jo‘rabekning kutubxonasi va hokazo.
Boburiylar davrida (XVI-XVII asrlar) O‘rta Osiyo bilan Hindiston o‘rtasida madaniy aloqalar kuchaygan edi. Hindistonga Farg‘ona vodiysidan, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardan yirik shoirlar, olimlar, tabiblar, xattotlar, me’morlar, naqqoshlar taklif qilingan edi. Shuning uchun Hindiston kutubxonalarida ham bir qator turkiy qo‘lyozmalar to‘plangan. Masalan, «Buxoronoma»ning Haydarobod nushasi, Kalkutta nushasi, Boburning XVIII asrda tuzilgan uchta devoni, Boburning aruzga oid risolasining fors tiliga tarjimasi (uni XVIII asrda Azfariy Qoraxoniy Madrasasida tarjima qilingan). Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiy, Zebunisobegimlarning she’rlari qo‘lyozmalari hozirgacha Hindiston kutubxonalarida saqlanmoqda. XIV asrda Xorazmdan Sherozga ketib qolgan Abdurahim ismli shoirning to‘plami-u Sherozda mashhur shoir Xofiz Xorazmiy bilan tanishgan va o‘ziga ham Xofiz deb taxallus tanlagan. U keyinchalik Xofiz Xorazmiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shu shoirning yagona she’riy to‘plami ham Hindistonda saqlanmoqda. XV asr o‘zbek shoiri Said Qosimiyning «Majmaul-axbor», «Gulshani roz», «Ilohiynoma» kabi didaktik asarlari 1634 yilda ko‘chirilgan nushasi ham Hindistondan o‘rin topgan. Shuningdek, Ulug‘bekning, Ali Qushchining, Ibn Sinoning, Abdurahmon Jomiyning arab tilida yozgan asarlari ham Hindiston kutubxonalarida saqlanmoqda. Hindistonning Rampur shahrida Turkman shoiri Bayramxonning, Boburning o‘g‘li Kamronning yozgan lirik she’rlari bilan bitta qilib devon qilingan qo‘lyozmasi hozircha saqsanmoqda.
Xulosa: O‘rta Osiyo qadimdan butunjahon sivilizatsiyasining o‘choqlaridan hisoblangan va unda yaratilgan ilmiy va badiiy qo‘lyozmalar dunyo madaniyatiga qo‘shilgan yirik asarlar muhim salmoqqa ega.



Yüklə 42,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə