Qo`lyozmalar yozgan xat turlari. Xuroson va O`rta Osiyoda shakilangan badiiy san`at maktablari reja


Xuroson va O‘rta Osiyoda shakllangan badiiy san’at maktablari



Yüklə 42,92 Kb.
səhifə3/7
tarix16.02.2023
ölçüsü42,92 Kb.
#100927
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik

Xuroson va O‘rta Osiyoda shakllangan badiiy san’at maktablari.
O‘rta asrlarda musulmon sharqida qo‘lyozmalar turli yozuvlarda yozilgan. Lekin O‘rta Osiyoda XV asrgacha asosan yozuv turlari nasx, suls, ta’lik yozuvlari bo‘lgan. Qolgan yozuv turlari nisbatan kam qo‘llanilgan. XIV asrga kelib, Xurosonda nasta’liq deb ataluvchi chngi yozuv turi vujudga kelgan. Bu yozuv turi ko‘pincha Qur’on nushalari ko‘chirilib kelgan nasx va devonxonalarda ish qog‘ozlariga ishlatilib kelingan ta’lik yozuvining o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan. Bu yozuvning rivojlanishi va keng tarqalishi xattotlik san’atining yirik vakili, Navoiyning zamondoshi bo‘lgan Sultonali Mashhadiyning nomi bilan bog‘liq (1432-1520). Sultonali Mashhadiy nasta’liq yozuvining bebaho san’at namunalarini yaratishi bilan birga, nasta’liq yozuvining nazariyasi va yozilish texnikasiga bag‘ishlangan ilmiy risola ham yozib qoldirganki, buning natijasida dastlabki qimmatbaho naqshinkor qo‘lyozmalar yaratishga mo‘ljallab yaratilgan bu yozuv juda qisqa muddat ichida boshqa barcha yozuvlarni siqib chiqargan va asosiy yozuv turi maqomini egallagan va XV-XIX asrlarla O‘rta Osiyo va Xurosonda yaratilgan qo‘lyozmalarning deyarli barchasi mana shu nasta’liq yozuvida bitilgan.
Badiiy jihatdan pishiq qo‘lyozmalar albatta badavlat kishilarning buyurtmasi bilan yozilgan va bunday qo‘lyozmaning vujudga kelishida uch mutaxassis-xunarmandning mehnati singigan: xattot, miniatyurachi rassom va muqavosoz. Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyo va Xurosonda bir necha badiiy miniatyurasi rassomlar maktabi mavjud bo‘lgan. Bular ichida san’atning eng yuqori chuqqisiga erishgan maktab Sulton Xusayin Boyqaro hukmronligi davrida Xirotda vujudga kelgan Alisher Navoiyning ijodi bilan hamnafas bo‘lgan miniatyurachi rassomlar maktabidir. Bu maktabga mansub Kamoliddin Bexzod, Mahmud Muzaxxib kabilarning yaratgan san’at namunalari hozir ham badiiy san’at muxlislarini hayratga solmoqda. Bu badiiy maktab bazasida XVI asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda ham xuddi shunday maktab shakllangan, lekin u uzoq davom etmagan va XVI asrning so‘nggi choragida tarqalib ketgan. XVII asrga kelib, badiiy san’atda bir oz jonlanish kuzatilgan va buning natijasida XVII asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda yana bir badiiy san’at maktabi paydo bo‘lgan.
Qo‘lyozmaning muqovasi ham uning tarkibiy qismlaridan biri hasoblangan va u alohida hunarmand tomonidan alohida tayyorlangan. O‘rta Osiyodagi muqovasozlik o‘zining uzoq an’analariga ega bo‘lgan, lekin uning eng o‘ziga xos tarzda rivojlanishi XVIII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyoda qo‘lyozmalar uchun ishlangan muqovalar o‘zining to‘g‘ri, shakli va ishlangan materiali jihatidan xilma-xildir. Bu yerda charimdan, kartondan ishlangan muqovalarni, chinor daraxti yog‘ochidan, quyma kumushdan ishlangan muqovalarni va boshqa turdagi muqovalarni uchratish mumkin. Lekin bular ichida eng ko‘p uchraydigan muqovalar charimdan ishlangan muqovalardir. Charmdan ishlangan muqovalar ham ikki xil bo‘lgan:
1. Bir butun charimdan ishlangan va hamma tomoni charm bo‘lgan muqova;
2. Qo‘lyozmaning tikiladigan joyi charm bo‘lib, qolgan joyi boshqa materialdan bo‘lgan muqova. Ikkinchi turdagi muqovalar O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Charm muqovalarining rangi ham turlicha bo‘lgan. Lekin ular ichida ko‘p tarqalgan zangor, qizil va sariq rangli muqovalardir. Muqova qilish uchun karton oddiy yozuv qog‘ozini bir-biriga yopishtirish yo‘li bilan tayyorlangan. Bunday karton mag‘zayi sohta deb aytilgan. Kartonning yana bir turi qo‘lyozmaning chekkasi qirqilganidan keyin hosil bo‘ladigan qog‘oz qiyqimlarini presslab qo‘yish bilan hosil qilingan va bunday korton mag‘zai rixta deb aytilgan. Karton muqova tayyor bo‘lgach, uni yog‘li bo‘yoq bilan bo‘yashgan va ustidan lak berilgan. O‘rta Osiyoda muqovasozlikning markazlari Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Toshkent, Xiva shaharlari hisoblangan. XIX asrning ikkinchi yarmida eng yaxshi muqovasozlar deb qo‘qonliklar tan olinganlar. Ular saxxof yoki muqovasozlar deb atalgan. XVII asrdan boshlab O‘rta Osiyoda ishlangan muqovalarga shu muqovani ishlagan saxxofning ismini yozib qo‘yish urf bo‘lgan. Masalan, «amali saxxof Ubaydulloh» Ko‘pincha muqovasozlik ishi bilan kitobfurushlarning o‘zlari ham shug‘ullanishganlar.
Xulosa qilib shuni aytish o‘rinliki, O‘rta Osiyo va Xurosonning xalqi qo‘lyozma yaratishda o‘ziga xos uslubga, o‘ziga xos an’anaga ega bo‘lganlar va ular yaratgan qo‘lyozmalar o‘zining betakrorligi bilan dunyo madaniyatida katta salmoqqa egadir.

  1. O‘rta Osiyoda dastlabki qog‘oz qaysi shaharda ishlab chiqarilgan?

  2. Qo‘lyozma nimada yozilgan?

  3. Qamishqalam qanday tayyorlangan?

  4. Siyoxning tarkibi nimalardan iborat bo‘lgan?

  5. XV-XIX asr qo‘lyozmalari qaysi yozuv turida yozilgan?

  6. Xirot miniatyura maktabi haqida nima bilasiz?

  7. Xirot miniatyura maktabining vakillari kimlar bo‘lgan?

  8. O‘rta Osiyoda ham miniatyura maktabi bo‘lganmi?

  9. Qo‘lyozma muqovasi nimadan tayyorlangan?

  10. Charm muqova necha turga bo‘linadi?

  11. Karton muqova qanday tayyorlanadi?

  12. Karton muqova necha xil bo‘lgan?


Yüklə 42,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə