Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/7
tarix07.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#83543
1   2   3   4   5   6   7
fiziologiya

Qonning oqish tezligi

  • Qonning oqish tezligi. Qon ham xuddi daryodagi suv kabi uning tor jovida tez. keng joyida esa sekin oqqanidek tomirlarning umumiy yig'indisi tor bo'lgan joy lard a tez (arteriyalarda) va keng bo'lgan joylarda (kapillarlarda) juda sekin oqadi. Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteriyasi, odam tanasidagi hamma arteriyalarning ko'ndalang kesimining yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillarlarning yuzasini umumiy yig'indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta va kapillarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda www.ziyouz.com kutubxonasi 1 ООО martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillarlarda qonning sekin oqishi gazlar almashinuvini ta'minlaydi hamda to ‘yimli moddalarni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to'qimalardan qonga o ‘tishini ta'm in etadi. Qonning aylanish tezligi yosh ulg'ayishi bilan sekinlashadi, bu, o ‘z navbatida, tomirlarni uzayishi bilan bog'liq bo‘lsakeyingi davrlarda esa tomirlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog'liq. Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlarda oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug'ilgan bolalarda qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to'liq aylanib chiqishi uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda - 15 s, 14 yoshda - 18,5 s dan ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odamlarda qon aylanish vaqti 22 s tashkil qiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə