Qon va qon aylanish tizimi



Yüklə 417,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix15.04.2022
ölçüsü417,45 Kb.
#85483
növüReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
 

 

 


 

 

11. Qon aylanishning yoshga qarab o`zgarishi 

Embrionning  dastlabki  rivojlanish  davrlarida  oziq  moddalar  va  kislorod 

bevosita ona organizmi tanasida olib turiladi. Embrion rivojlanishining so`rg`ichlar 

va surg`ichlararo bo`shliq paydo bo`lishi davriga kelib, platsenta (yo`ldosh) orqali 

qon aylanish paydo bo`ladi. Ona qoni embirion bilan undagi mana shu surg`ich va 

surg`ichlararo  bo`shliq  yordamida  bog`lanadi.  Ona  qoni  tarkibidagi  oziq  modda 

gradientlari  embrion  organizmiga  tuklar  epiteliyasining  aktiv  faoliyati  tufayli 

o`tadi.  Platsenta  tuklarida  kislorod  hamda  oziq  moddalarga  boy  ona  qoni  kindik 

venasi  orqali  pusht  organizmiga  o`tadi.  Embrion  yuragida  qon  o`ng  yurak 

bo`lmachasidan  maxsus  teshik  orqali  chap  bo`lmaga,  u  yerdan  chap  qorinchaga 

o`tib  keyin  arteriya  qon  tomirlariga  chiqib  ketadi.  O`pkadagi  qon  tomirlarining 

doimiy ravishda bujmayib yotishi tufayli ularning oqib keladigan qonga qarshiligi 

katta bo`ladi. Shuning  uchun ham  o`pka  arteriyasida  qon bosimi  aortaga nisbatan 

birmuncha yuqori bo`ladi.   

Embrion organizmida har xil organlar ularning bajaradigan vazifalariga ko`ra 

turli  xil  qon  bilan  ta`minlanadi.  Masalan:  ona  qornidagi  bola  organizmida  o`pka 

hali  ishlamaganligi  uchun  unda  qon  aylanish  kuchsiz,  bosh  miya  va  koranar 

tomirlarda  qon  aylanish  ancha  intensiv  bo`lib,  toza  qon  oqadi,  jigardan  toza  qon 

mavjud.  Shuning  uchun    embrionning  rivojlanish  davrida  miya,  yurak  va  jigar 

ancha shakllanib qolgan bo`ladi.  




Yüklə 417,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə