Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari



Yüklə 140,2 Kb.
səhifə8/11
tarix11.05.2023
ölçüsü140,2 Kb.
#109536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘RQ-595 16.12.2019

7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari
36-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola;
bolaning qonuniy vakillari;
pedagog xodimlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.
37-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning huquqlari
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar quyidagi huquqlarga ega:
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish;
sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan sharoitlarda ta’lim olish va tarbiyalanish;
sog‘lom turmush tarzini olib borish, bolalarni mehnat qilishga majburlashning har qanday shakllaridan, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan, o‘z sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishidan himoyalanish;
o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan axborotdan himoyalanish;
umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tish.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha yoshdagi bolalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
38-modda. Bolaning qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
o‘z bolasi uchun maktabgacha ta’lim shaklini va ta’lim olish tilini tanlash;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma’muriyatidan maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar ta’minlanishini talab qilish;
(38-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolani rivojlantirish, unga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat qilish;
bolaga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishida ishtirok etish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolaning qonuniy vakillari qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bolaning qonuniy vakillari:
bolaning jismoniy sog‘lig‘i, ruhiy holati haqida qayg‘urishi, uning tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste’dodlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga ko‘maklashishi yoki uning oilada ta’lim va tarbiya olishini ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni boshqa ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi;
oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolaning qonuniy vakillarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(38-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga kirguniga qadar umumiy o‘rta ta’limga bir yillik majburiy tayyorgarlik ko‘rishi uchun javobgarlik ularning qonuniy vakillari zimmasiga yuklatiladi.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

39-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi;
pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, bolalarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi;
o‘z malakasini oshirishi;
o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonunchilikka zid bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(39-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
40-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun haftalik ish yuklamasining miqdorlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi ushbu ish turi bo‘yicha ish vaqti normalangan davomiyligining bir yarim baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining ayrim toifalari uchun haftalik ish yuklamasining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.02 Yillik asosiy ta’til. Yillik asosiy uzaytirilgan ta’tillar;

3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]

41-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va dam olishi
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdori va tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari quyidagilar asosida shakllantiriladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining lavozimi va malaka toifasiga muvofiq belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha haqlar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis;
bakalavr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega oliy toifali mutaxassis.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq to‘lanadigan ta’til va qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
42-modda. Pedagogning kasbiy standarti
Ish beruvchilar tomonidan pedagogning kasbiy standarti:
kadrlar siyosatini shakllantirish;
pedagog kadrlarni ishga qabul qilish;
mehnat shartnomalarini tuzish;
lavozim yo‘riqnomasini ishlab chiqish;
mehnatga haq to‘lash;
pedagoglar o‘qishini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish chog‘ida qo‘llaniladi.
Pedagogning kasbiy standarti hududlarning madaniy, demografik va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda talablar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Pedagogning kasbiy standarti pedagogning shaxsiy sifatlariga nisbatan uning bilimlari, mahorati va ko‘nikmalaridan ajralmas bo‘lgan talablar qo‘yadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Pedagogning malaka toifasi pedagogning kasbiy standartiga muvofiq beriladi.
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

43-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi aniqlanadi va uning malaka toifasi belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
44-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.

Yüklə 140,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə