Qo`qon davlat pedagogika instituti tabiyot va geografiya fakulteti geografiya va iqtisodi bilim asoslari ta`lim yo`nalishi ii-b guruh talabasi tursunboev shukurjonning jahon iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi fanidan tayorlagan mustaqil ishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155794
  1   2
Oziq ovqat muommosi, ekologiya va uning muhim ahamiyati


Toshkent shaxridagi Kimyo xalqaro universitetining
Namangan filiali
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti
IER_N_21-UA – guruh talabasi
Mamadaliyev Nurmuhammadning
“Green economy and ecology” fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Bajardi: N.Mamadaliyeva
Qabul qildi: R.Xojimatov
Reja
MAVZU: Oziq ovqat muommosi, ekologiya va uning muhim ahamiyati
I. Kirish
1. Oziq – ovqat muammosi insoniyat oldida turgan muammolardan biridir.
2. Oziq – ovqat bilan taminlash tashkiloti FAO
3. Oziq – ovqat normalari
4. Oziq - ovqat etishmasligi natijasida kelib chiqadigan muammolar.
Kirish
Mazkur muammoning kun tartibiga birinchi bor chiqishi XX asrning 70- yillarida qayd etildi . 1973- yilda yuz bergan oziq – ovqat muammosi va uning oqibatlari hozirgi kungacha sezilmoqda .
Global oziq-ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davrlarda ham, O’rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarning boshiga tushuvchi eng katta kulfatlardan biri bo’lgan.
Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo’ladi
Birinchi shaklida ocharchilik surunkali davom etadi , uning natijasida odamlarning sog’lig’i yomonlashadi , tinkasi quriydi va har xil kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchayadi . Ocharchilikning bu shakli « to’yib ovqat yemaslik » deb ham ataladi .
Ikkinchi shaklida ma’lum bir vaqtda yer yuzasining ma’lum bir hududida qurg’oqchilik yoki boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lgan ocharchilik oqibatida millionlab , o’n millionlab insonlar halok bo’ladi .
O'zbekiston Osiyo qit'asining markazida joylashganligi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish uchun iqlim sharoitlarini qulayligi va qishloq xo'jaligi yaxshi rivojlanganligi sababli, mamlakat aholisi yil davomida servitamin va mikroelementlarga boy mahsulotlar (sabzavot-mevalar, ko'katlar, quruq mevalar) iste'mol qilish imkoniyatiga egadirlar.
Ammo, respublikada oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibida yod va temir moddalarining yetishmasligi doimo muammo bo'lib kelgan. Yod yetishmasligi inson endokrin tizimining buzilishiga va bo'qoq kasalliga sabab bo'lishi mumkin.
Hozirgi kunda oziq – ovqat muammosini bartaraf etish maqsadida quyidagi tashkilotlar ish olib bormoqda. Misol FAO tashkiloti.
FAO ( xalqaro oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkiloti), xalqaro sog’liqni saqlash va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlariga binoan insonning bir kunlik oziq-ovqat normasi 2400 - 2500 kkal dan past bo’lmasligi lozim .
Ba’zi bir mualliflar ushbu ko’rsatkich 2700 - 2800 kkal ga teng bo’lishi lozim deb hisoblamoqdalar. Shu bilan birga , mazkur ko’rsatkich insonlarning yoshi , jinsi , mehnat faoliyati , kasb-hunari , tabiiy-iqlimiy sharoitlari bilan aloqador tarzda o’zgarishi mumkin.
Oziq – ovqat yetishmasligining yana bir sababi:
« Ovqatni to’yib yemaslik » holati yuqoridagi norma 1800 kkal dan pastga tushganda sezila boshlaydi , ocharchilik esa ushbu ko’rsatkich 1000 kkal dan kam bo’lganda kuzatiladi .
FAOning ma’lumotiga ko’ra yerdagi jami aholining 35 foizi to’yib ovqatlangan , 15 foizi zaruriy miqdordagi kaloriyalarni qabul qilgan , lekin ular oqsilni yetarli tarzda iste’mol qilmagan .
Aholining 20 foizining oqsilga bo’lgan talabi qondirilmagan , 30 foizi surunkasiga ovqatni to’yib yemagan yoki och qolgan . Hozirgi vaqtda ocharchilik 580 - 650 mln . kishini qamrab olgan .1-1,3 mlrd . kishi esa to’yib ovqat yemayapti .
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikdan yiliga 13 mln . dan 18 mln . gacha kishi o’lmoqda , shularning 3/4 qismini bolalar tashkil etmoqda . Hozirgi kunda ocharchilikka mahkum bo’lgan
30 mln . kishi Yaqin va O’rta Sharq regioniga to’g’ri keladi
70 mln . kishi Janubiy Amerikaga
370 mln . kishi Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoga
jami aholidan 200 mln . kishi Afrikaga
Hozirda O'zbekistonda Sog'liqni Saqlash Vazirligi va YuNISEF ham korligida unni temir bo'yicha dastur amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo’jaligi aholi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan birgalikda yengil sanoat uchun ma’lum miqdorda xom ashyo ham etkazib beradi. Biroq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’sishiga nomutanosib ravishda jahon aholisining ma’lum qismi, hatto o’nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to’yib ovqat yemaydi.
Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam ta’minlangan mamlakatlarning aholisi kiradi. Shunga bog’liq holda oziq-ovqat bilan ta’minlanishi o’sish darajasini aholi o’sish darajasiga nisbatan 2 foiz emas, balki 3,5—4 foizga yetkazish zarur.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə