Qo‘Shilgan qiymat solig‘I [okoz: 1



Yüklə 32,35 Kb.
səhifə6/9
tarix21.10.2023
ölçüsü32,35 Kb.
#129540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QO

Oldingi tahrirga qarang.
14) sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni. Ushbu bandning maqsadida:
(243-modda birinchi qismi 14-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
a) sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko‘rsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilishidan qat’i nazar, yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlari hamda jamoalarida sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport musobaqalarini yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish kiradi;
(243-modda birinchi qismi 14-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
15) yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish:
Oldingi tahrirga qarang.
a) umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi tashish shahar transportida va yo‘lovchi tashish avtomobil transportida (bundan taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha;
(243-modda birinchi qismi 15-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
b) shahar atrofidagi yo‘nalishda temir yo‘l transportida;
Oldingi tahrirga qarang.
16) uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xo‘jaliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va ta’mirlash boshqarmalari hamda bo‘limlarining bevosita aholi tomonidan haq to‘lanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga uy-joy mulkdorlari shirkatlari orqali haq to‘lash kiradi;
(243-modda birinchi qismining 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
161) boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar;
(243-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-773-sonli Qonuniga asosan 161-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/773/0461-son)
17) tovarlarni (xizmatlarni), agar tovarlarni berish (xizmatlar ko‘rsatish) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bepul amalga oshirilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va o‘lchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning o‘lchov plastinalari va granulalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni;
(243-modda birinchi qismining 18-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
19) bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
20) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va vakolatli organlar, tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, agar bunday xizmatlar ko‘rsatish shart ekanligi qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, faoliyatning muayyan sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida vakolatlarni bajarish doirasida davlat boji yoki boshqa to‘lovlar undiriladi;
(243-modda birinchi qismining 20-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21) budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproqqa oid va geobotanika ishlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
(243-modda birinchi qismining 22-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-apreldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23) xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olinadigan tovarlarni (xizmatlarni), agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
(243-modda birinchi qismining 23-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(243-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son)
25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar;
26) metsenatlik ko‘magi tarzida beriladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarni (xizmatlarni);
27) ushbu Kodeksning 244-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 244-moddasi.
28) ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan hayotni sug‘urta qilish xizmatlarini va boshqa sug‘urta xizmatlarini.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 245-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 260-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada sanab o‘tilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma soliq to‘lovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalar va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, agar uning amalga oshirilishini litsenziyalash lozim bo‘lsa yoki ruxsat etuvchi hujjatlar talab etsa, qonunchilikka muvofiq soliq solishdan ozod etiladi.
(243-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq solinadigan aylanmalarni va ushbu moddaning qoidalariga muvofiq soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksning 268-moddasiga muvofiq aylanmalarning alohida hisobini yuritishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 268-moddasi.

Yüklə 32,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə