Qo‘Shilgan qiymat solig‘I [okoz: 1


-bob. Soliq solishdan ozod etish



Yüklə 32,35 Kb.
səhifə5/9
tarix21.10.2023
ölçüsü32,35 Kb.
#129540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QO

33-bob. Soliq solishdan ozod etish
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma
Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;
(243-modda birinchi qismining birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish bo‘yicha xizmatlarni;
3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni o‘tkazishga doir xizmatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarga ortopedik protezlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlarini va inventarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarni;
(243-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish;
6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
(243-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-apreldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son)
8) pensiyalar va nafaqalar to‘lashga doir xizmatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
(243-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-apreldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son)
10) o‘qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar o‘tkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan:
boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlarini;
ta’lim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha ta’lim berish bo‘yicha xizmatlarni;
maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
11) tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandning maqsadida tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
(243-modda birinchi qismi 11-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
tibbiy yordamga va sanitariya xizmati ko‘rsatishga doir xizmatlar;
tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash bo‘yicha xizmatlar;
stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash bo‘yicha xizmatlar;
12) veterinariya xizmatlarini. Ushbu bandning maqsadida veterinariya xizmatlari jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
veterinariyaga oid xizmatlar ko‘rsatish, hayvonlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash bo‘yicha xizmatlar;
hayvonlar va inson uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan aholini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilish;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya va veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash;
13) dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarni;

Yüklə 32,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə