Qo‘Shilgan qiymat solig‘I [okoz: 1


-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish



Yüklə 32,35 Kb.
səhifə9/9
tarix21.10.2023
ölçüsü32,35 Kb.
#129540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QO

246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
(246-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar;
(246-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg‘aga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi;
(246-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
7) xalqaro kitob almashinuvi bo‘yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari;
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan banknotlar (bundan kolleksiyalash uchun mo‘ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
(246-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(246-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Yüklə 32,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə