Qo'shimcha qiymat solig'i Qoʻshilgan qiymat soligʻi (qqs)



Yüklə 204 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü204 Kb.
#138653
1   2   3   4   5   6   7   8
1-10 soliq

Yer soligʻi
Yer soligʻi — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi.
Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-asrdan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi yerlarda zakot, xiroj, oʻlpon, tanob, ushr va b. nomlar bilan yuritilgan. Musulmon mamlakatlarida yer maydoni birligidan pulda yoki yer sifati hamda suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 qismi hajmida undirilgan. Oʻrta Osiyoda 8-asr boshida arablar tomonidan joriy qilingan.
Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asr boshlaridagi xonliklarda Ye.s. asosan pul shaklida olingan. Mas, Buxoro amirligida amir ixtiyorida mulk yerlari boʻlgan davlat (podsholik) yerlari amlok yerlar deb atalgan, unga ekin ekkan dehqonlar Ye.s. — xiroj toʻlaganlar. Ye.s. ni yigʻuvchi amlokdor deb atalgan. Xonlardan hadyaga olingan tanho yer egalari davlatga Ye.s. toʻlashdan ozod boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasida Ye.s.ni oʻz mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻlaydilar. Ye.s.ga doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq tartibga solinadi.
E.s.ning stavkalari yer uchastkasining qaysi mintaqada joylashgani, sifati va suv bilan taʼminlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili inflyasiya darajasidan kelib chiqib, yer uchastkasining birligiga (ga, m2) soʻm hisobida tasdiqlanadi. Noqishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ularning qayerda joylashganligi, shahar va shaharchalarda hamda ularning hududlarida infratuzilmalarning rivojlanganiga qarab boʻlingan mintaqalar boʻyicha har xil stavkalar belgilanadi.

Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə