Qozon qurilmalari


Javob.qnt,q,  89,0% 11-masala



Yüklə 16 Mb.
səhifə17/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
kurs ishi

Javob.qnt,q,  89,0%
11-masala.Suv isitish qozoninning o'txonasida quyi yonish issiqligi Qiq =35799kj/m2bo'lgan tabiy gaz yoqiladi, agar qozon agregatining brutto F.I.K.qb.ра =89%, suv sarfi Мс=75kg/s,qozonga kirayotgan suvning harorati t1=700C, va undan chiqayotgan suvning harorati t2=150oS bo'lsa, haqiqiy va shartli
yoqilg'ining sarfini aniqlang.
Javob.В=0,79 kg/sek, Вш=0,965kg/sek.
II- BOB. QOZONXONALARNING YOQILG'I XO'JALIGI

2.1. Energetik yoqilg’i.Yoqilg’i turlari
Tayanch iboralar: koks,qatron (smola), gaz generatorlari
Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat bo'lgan yonuvchan moddaga YOQILG'I deyiladi.Yoqilg'i agregat holatiga ko'ra - qattiq, suyuq, va gazsimon bo'ladi.Hosil bo'lishiga ko'ra - tabiiy va sun'iy yoqilg'ilarga bo'linadi. Tabiiy yoqilg'ilar sifatida kondan olinadigan (antrasit, tosh va ko'ng'ir) ko'mirlar, neft, gaz, yonuvchi slaneslar, torf, o'tin, o'simlik chiqindilaridan ko'proq foydalaniladi, Sun'iy yoqilg'iga esa domna pechlarining kokslari, motor yonilg'ilari, koks, generator gazlari va boshqalar kiradi.
Yoqilg'i - organik modda bo'lib, kislorod bilan birikish natijasida katta issiqlik ajratib chiqaradi. Yoqilg'idan energetikada foydalanish uchun, u arzon va maqsadga muvofiq bo'lishi kerak.
Hozirgi vaqtda asosiy yoqilg'ilar neft, tabiiy gaz va ko'mirdir. Dunyo bo'yicha ishlab chiqariladigan energiyaning 47% neft, 30% ko'mir va 17% gazdan olinadi. Energiyaning qolgan 6% esa energiya manbalarining boshqa turlaridan (boshqa yoqilg'ilar, gidro- va atom elektr stansiyalarida olingan energiya, quyosh, shamol, dengiz suvining ko'tarilishi (pasayishi) va boshqa energiya hosil qiluvchi manbalardan) hosil qilinadi.
2.2. Yoqilg’ilarning kimyoviy tarkibi

Qattiq va suyuq yoqilg'ining asosiy kimyoviy tarkibiy qismlari: uglerod С, vodorod Н kislorod O, kam miqdorda azot N va S oltingugurtdir. Bularning hammasi organik massa tarkibiga kiruvchi moddalardir. Bundan tashqari bu massaga suv Н2O /W/ va nihoyat yonish jarayonidan keyin qoladigan noorganik qoldiq - kul A kiradi. Namlik va kul yokilg'ining texnik tavsifi deb ataladi.
Amaliy hisoblarda, yoqilg'ilar har-xil massalar orqali ifodalanadi: ishchi, quruq yonuvchi va analitik massalar. Agar ishchi massadan namlik va mineral moddalarni olib tashlasak, u holda quruq va yonuvchi massalar hosil bo'ladi. Bu massalarga kiruvchi elementlar miqdori foiz hisobida 100% ga teng va quyidagi tenglamalar shaklida yoziladi:
Ci + Hi + Oi + Si + Ni + Wi + Ai = 100%; (2.1)
Cq+ Hq+ Oq + Sq + Nq + Aq= 100%; (2.2)
Cyo+ Hyo + Oyo + Syo + Nyo = 100%. (2.3)
Berilgan massa orqali boshqa massani aniqlash uchun quyidagi 2.1 - jadvaldan foydalanish mumkin.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə