Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə25/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
kurs ishi

V V
Bunda CO2= CO2 100%; SO2= SO2 100% va hokazo.
.г Vк.г

Hisoblashni soddalashtirish uchun quruq yoqilg‘i mahsulotlari tarkibidagi uch atomli gazlar miqdorini birgalikda hisoblaymiz va RO2 bilan belgilaymiz, ya’ni

CO2+ SO2=RO2
U holda




.г VRO2 VN2 VO2
Uch atomli gazlar miqdori quyidagiga teng:

(2.26)

11 C i S i VRO    2 ,

(2.27)

2 3 100CO2 100SO2
Bunda CO2 =1,977 va SO2 = 2,927 – mos ravishda CO2 va SO2 larning zichliklari. U holda
V2  0,0186(Si+0,375Si) (2.28)
Havoning tarkibida 79% (hajm bo‘yicha)azot bo‘lgani uchun, yonish mahsulotlari tarkibida quyidagicha azot bo‘ladi. (m3/kg):
VN2=0,79V0 (2.29)
Kislorod yonish mahsulotlari tarkibiga faqat ortiqcha havo bo‘lsagina, kirib qoladi, u xavoda 21% (hajm bo‘yicha) bo‘lgani uchun uning miqdori quyidagiga teng (m3/kg)
V02  0.21V V0  0,211V0 (2.30)
yonish maxsulotlaridagi quruq gazlar miqdori (m3/kg) quyidagiga teng:
Vkg  0,0186С i  0,375S i  ( 0,21)V0  0,79V0 (2.31)
Yoqilg‘i tarkibidagi azot butunlay yonish maxsulotlariga o‘tishini hisobga olsak, u holda:
Vkg  0,0186С i  0,375S i  ( 0,21)V0  0,008N i (2.32)
1 kg yoqilg‘i yonganda xosil bo‘lgan suv bug‘lari miqdori yoqilg‘idan chiqqan suv bug‘lari va havo bilan kirgan suv bug‘lari yig‘indisiga teng:
1  H i W i
VH2O H2O 9100  100 Wc  (2.33)
bu yerda H2O =0,804m3/kg -suv bug‘i zichligi;
Wc- havo bilan o‘txonaga kirayotgan suv bug‘i massasi (8-10g/kg ga teng deb xisoblanadi);
H2O va Wc qiymatlarini (2.33) formulaga qo‘yib suv bug‘i hajmini (m3/kg) aniqlaymiz.
VH2O  0,01249Hи W и  0,0161V0 (2.34)
Agar mazutni yoqishda bug‘ forsunkalari qo‘llanilsa, u holda forsunka orqali uzatilayotgan suv bug‘i miqdorini ham hisobga olish zarur. Yonish maxsulotlarining umumiy miqdori (2.34) va (2.32) formulalarni hisobga olgan holda (2.23) formuladan aniqlanadi.
Gaz yoqilg‘isi uchun yonish maxsulotlari miqdori (m3/ m3) quyidagiga teng:
Vyo VRO2 VN2 1VO VH2O (2.35)
bu yerda
VN2 =0,79Vo+0,01N (2.36)
VR2O  0,01CO2 COCH4 H2SmCmHn (2.37)
VH2O 0,01(H2 2CH4 H2S0,5nCmHn 0,0 16V0 0,124dr) (2.38) bu yerda dr gaz yoqilg‘isining namligi,g/m3. Yoqilg‘i chala yonsa, yonish maxsulotlari tarkibida yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari yana uglerod oksidi CO bo‘ladi. U holda yonish mahsulotlari tarkibi (xajm bo‘yicha) quyidagicha bo‘ladi:
RO2 CON2 O2 H2O100% (2.39)
yonish reaktsiyasiga asosan:
i i
C  0,375S
VRO2 VCO 1,86 (2.40)
100
Shunday qilib, qattiq va suyuq yoqilg‘i uchun yonish maxsulotlari hajmi (m3/kg) quyidagi ifodadan aniqlanadi:
i i
C  0,375S
Vkg 1,86 (2.41)
RO2 CO
gaz yoqilg‘isi uchun (m3/m3)

СO COCH mC H
Vkg  2 4 m n (2.42)
СO2 COCH4
Issiqlik qurilmalarini hisoblash uchun gazlarning entalpiyasini bilish kerak. Qurilmaga kirishdagi va chiqishdagi entalpiyalar farqi foydali ishlatilgan issiqlikka teng bo‘ladi. Gazlar entalpiyasini 1kg yondirilgan yoqilg‘iga nisbatan olinadi va quyidagi formuladan aniqlanadi:
hVcptk VRO2 VO2 CptO2VN2CptN2 VH2OCptH2O (2.43)
bu yerda (cp)k -yonish maxsulotlarining o‘zgarmas bosimdagi o‘rtacha issiqlik
sig‘imi J/(m3K).
Nazorat uchun savollar:

  1. Qattiq yoqig‘i tarkibini keltiring.

  2. Gaz yoqilg‘isi tarkibini keltiring.

  3. Yoqilg‘i turlari.

  4. Yonuvchan massa qanday elementlardan tashkil topgan?

  5. Kokslashni tushuntirib bering.

  6. Chala koks deb nimaga aytiladi?

  7. Yoqilg‘ining yonish issiqligi.

2.9. Yoqilg’i qabul qiluvchi va uzatuvchi moslamalarning texnologik
chizmalari

Tayanch iboralar: bolg’acha, tegirmon, sharobarobanli, valik, ventilyator, tegirmon, maydalagich, konveyer, bunker.
Elektr stansiyalar qattiq yoqilg'i bilan odatda temir yo'l yoki suv transporti yordamida ta'minlanadi. Bir ming kilometrdan ortiq bo'lgan masofadan juda sifatli Qki  20MG/ kg ko'mirni tashish mumkin. Agar elektr stansiya ko'mir koniga yaqin joyda qurilsa (20-30 км гача), yoqilg'ini lentali yopiq konveyerlar yoki osma arqon yo'li yordamida tashish mumkin.
Qattiq yoqilg'i ishlatadigan har bir elektr stansiya rivojlangan yoqilg'i transport xo'jaligiga ega. Elektr stansiya hududida yoqilg'i uzatish jarayonlari mexanizasiyalashtirilgan bo'ladi. Yoqilg'ini qozonlarga etkazib berish markaziy punktdan boshqariladi. Punktda tekshirish uskunalari va masofaviy boshqarish uskunalari o'rnatilgan. Har xil quvvatli elektr stansiyalarda qattiq yoqilg'ini o'rta soatli sarfi 2.3-jadvalda keltirilgan.
Ko'rinib turibdiki, katta quvvatli elektr stansiyalar soatiga 1000 tonnadan ortiq ko'mir ishlatadi. Katta yuk ortadigan (60-125т) vagonlar yordamida yoqilg'ini tashiganda ham, elektr stansiyada bir soatda 15-30 ta vagonlarni bo'shatish kerak. Shu sababli vagonlarni bo'shatish uchun vagon ag'daruvchilar ishlatiladi. Elektr stansiyaning yoqilg'i xo'jaligini loyihasi tuzilganda yoqilg'ini turi, sifati va uni etkazib berish hisobga olinishi kerak.
Zamonaviy elektr stansiyalarning yoqilg'i xo'jaligi majmuasiga qabul qilish va tushirish moslamasi, yoqilg'i ombori, ko'mir maydalaydigan moslama, ko'mir changini tayyorlaydigan tegirmonlar, tayyor changni qozonlarning
yondirgichlariga etkazib beruvchi jihozlar kiradi.
2.3- jadval

Elektr stansiya quvvati, MVt

Bug’ parametri

Tabiiy yoqilg’i sarfi, T/soat, quyi yonish issiqligi, MG/kg

P, MPa

t, 0C

25,0

21,0

17,0

12,5

1

2

3

4

5

6

7

1200

13

565/565

420

505

630

840

1600

13

565/565

473

568

710

946

2400

24

545/545

775

930

1165

1550

3000

24

545/545

975

1170

1465

1960

4800

24

545/545

1525

1825

2280

3040

6400

24

545/545

-

2440

3050

4070

Hozirgi vaqtda eng ko'p tarqalgan yoqilg'i uzatish yo'lini 2.1-rasmda ko'rishimiz mumkin. Har qanday uzatish chizmasida ularni bir shaklda raqamlash qabul qilingan. Lentali konveyer (LK) er sathidan pastda joylashgan, uning ustida vagonlarni bo'shatiladi. Stansiyani “g'ildirakli” ta'minlashdan ko'ra, yoqilg'ini avval omborga, so'ngra ombordan elektr stansiyaga yuborish qimmatroqqa tushadi. Shuning uchun yangi yoqilg'i darrov yondirishga yuboriladi. Shu prinsipga asoslanib LKlar raqamlanadi; yoqilg'ini uzatishning asosiy yo'li - vagon ag'daruvchi binosidan IESning asosiy binosiga uzatishdir.

2.1. rasm. IESga qattiq yoqilg'i uzatishning texnologik chizmasi.
1-vagon ag'daruvchining binosi; 2-ko'mirni maydalash korpusi; 3-ko'mirni to'kish uzeli; 4-ko'mir ombori; 5-ko'mir qabul qiluvchi chuqur; 6-o'tayuklash (greyfer) krani; 7-temiryo'l; 8-bunker
Qabul qiluvchi yuk bo'shatish mexanizmining asosan ikki turi mavjud; vagon ag'daruvchilar va ostki qabul qiluvchi bunker hamda tirqishli bunkerlardan iborat.

  1. 2-rasmda berilgan birinchi turdagi moslamalardan o'zi ag'darilmaydigan (usti ochiq) yarim vagonlar vagon ag'daruvchilarga kiritilib mahkamlanadi va ag'dariladi. So'ngra vagon o'z holiga qaytariladi va vagon ag'daruvchidan chiqariladi. Vagon ag'daruvchining 1 soatdagi ish unumdorligi o'rta hisobda 12 ta vagonni bo'shatishni tashkil etadi, ya'ni vagonning yuk ko'tara olish kuchiga qarab, ish unumdorligi soatiga 600-1000 tonna ko'mirni tashkil etadi. Vagonning devorlaridan yoqilg'i qoldiqlarini ketkazish uchun vagonni 5 sekundlik vibrotozalashga qo'yiladi. Vagon ag'daruvchilarning qo'llanishi elektr stansiyalarda katta yoqilg'i sarflari bilan oqlangan.


2.2- rasm. Rotorli vagon ag'dargich.
1-vagon ag'dargich; 2-qabul qiluvchi bunker; 3-lentali ta'minlovchi; 4-lentali konveyer; 5-ko'priksimon kran; 6-tishli ko'mir maydalovchi moslama.
Yoqilg'ini yuksizlantirish jarayoni hamda yuklangan vagonlarni ag'daruvchilarga uzatish, ularni tozalash masofaviy pult yordamida boshqariladi. Qabul qiluvchi, bo'shatuvchi tirqishli bunker moslamalar o'z-o'zini bo'shatuvchi vagonlarga moslangan.
Bunkerdagi yoqilg'i gorizontal stolda bo'shatiladi.Elektr stansiyalarda muzlab qolgan yoqilg'ini bo'shatishdan oldin yopiq isitish xonalarida quritiladi.
2.10.Ko’mir changini tayyorlovchi qurilmalar (tegirmonlar)

Bo'lakli (kuskovoy) yoqilg'ini ko'mir changiga aylanishi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avval yoqilg'i 15-25 mm o'lchamgacha maydalanadi, va bu jarayon maxsus maydalagich bo'limlarida amalga oshiriladi. Shundan so'ng maydalangan yoqilg'i – ko'mir xom ashyosi uchun mo'ljallangan bunkerlarga kelib tushadi, keyin ko'mirni ko'mir maydalovchi tegirmonlarda 300-500 mkm gacha maydalab tayyor holga keltiriladi. Yoqilg'ini maydalash bilan bir vaqtda unga chang qo'nimsizligini ta'minlab, kerakli namlikka kelguncha quritiladi.
Elektr stansiyaga etkazib beriladigan ko'mirni kattaligi 300 mm dan oshmasligi kerak. Maydalovchi qurilmaning prinsipial chizmasi 2.3 rasmda ko'rsatilgan. Lentali konveyer LK2 yoqilg'i oqimini uzatadi, unda tez-tez har xil shakl va o'lchovdagi metall buyumlar uchraydi. Metall buyumlarni yoqilg'i oqimidan olib tashlash uchun elektr magnit separatorlardan foydalaniladi. Avvallari eski osma elektr magnit separatorlar EP-1 va EP-2 elektr magnit shkivlar lentada yoqilg'i qalin qatlamidan metallarni to'liq ayirib olmas edi. So'nggi paytlarda issiqlik uzatuvchi quvvatli elektr stansiyalarda M-42 va M-62 turlardagi yuk ko'taruvchi elektr magnitlardan foydalaniladi, bular katta kuchga ega.
Maydalovchi qurilmalardan oldin metallni ushlab qolish hamda LK2 dan yoqilg'ini to'kish ishlari bajariladi. 2.3-rasmda ko'rsatilganidek quvvatli elektr magnit bilan birga metall ushlab qoluvchi tugunlar va tozalovchi lentalar ishlatiladi. Harakatning oxirida ushlab qolingan metall chetga uloqtiriladi, magnit maydonining quvvati kamaygandan so'ng metall bo'lagi lentadan uzilib qabul qiluvchi bunkerga tushadi. Elektr energiyani tejash uchun elektr magnit faqatgina qatlamda metall bo'lagi paydo bo'lgandagina ishlaydi. Harakatlanuvchi impulsni metall qidiruvchi xabarchi uzatadi. Xabarchi massasi 0,1-0,2 bo'lgan metall bo'laklariga ta'sirchan.


  1. 3.rasm. Maydalash korpusining qurilmasi

1-lentali konveyer LK2; 2-etaklovchi g'ildirak; 3-elektromagnit; 4-separator;
5-metall saqlovchi moslama; 6-g'alvir; 7-bolg'achali qurilma; 8-panjara; 9-g'alvir
orqali tushgan mayda ko'mir; 10-lentali konveyer LK3.
Mayda ko'mir g'alvir orqali to'g'ridan-to'g'ri lentali konveyerga tushadi. Katta ko'mir bo'laklari esa bolg'achali qurilamada maydalanadi. Bolg'achalar minutiga 735-960 tezlik bilan aylanadi.. Maydalangan ko'mir qurilmaning pastida o'rnatilgan panjara orqali LK3 ga tushib, IESning bosh binosiga uzatiladi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə