Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə27/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
kurs ishi

2.4-rasm. Sharli barabanli tegirmon:
1 – baraban; 2 – tayanch sapfa; 3 – podshipnik; 4 – katta yuritmali shesternya;
5 – kichik shesternya; 6 – reduktor; 7 – elektr dvigatel; 8 – mufta; 9 – qo'zg'almas patrubka; 10 – to'lqinsimon shakldagi bron plitalar; 11 – sharning harakatlanish
traektoriyasi; 12 – seperatordan qaytish.
Bu tegirmonlarning kamchiligi, ularning o'lchamlari kattaligi va tayyorlanishida ko'p metall sarflanishi, maydalash jarayonida elektr energiyani ko'p sarflanishi, ishlash jarayonida esa shovqin katta bo'lishidadir.
2.12.Tezurar bolg'achali tegirmonlar. Tegirmon-ventilyator

Bunday tegirmonlarda yoqilg'i bolg'achalarning urilishi hamda tegirmon korpusi va bolg'achalar orasida tez-tez ishqalanishi yordamida maydalanadi. Bu tegirmonlarning yuqori reaksiyali ko'mirlarni maydalash uchun ishlatiladi.
Bolg'achali tegirmonning konstruksiyasi 2.5-rasmda keltirilgan.

2.5-rasm. Bolg'achali tegirmon:
1-o'q; 2-disklar; 3-bolg'acha ushlagichlar; 4-bolg'achalar; 5-korpus; 6-
podshipniklar
Tegirmon-ventilyator
Tegirmonning rotori yoqilg'i kirishi tomonidan disk bilan jihozlangan, unda ko'mir maydalovchi bolg'achalar joylashgan (BT ga o'xshash), ular TV ga kelib tushadigan bo'lakli yoqilg'ini qattiq maydalanishini ta'minlaydi.8.6-rasmda ko'rsatilgan TV konsel turiga taa'lluqlidir.

2.6-rasm. Tegirmon-ventilyator.
1-oldinga o'rnatilgan bolg'achalar; 2-ventilyator rotori; 3-kurakchalar; 4elektrodvigatel; 5-separator; 6-ko'mirning katta fraksiyalarini qaytaruvchi moslama; 7-etkazib berilayotgan yoqilg'ini quritish shaxtasi
Tegirmon rotori yoqilg'i kirish tomonidan disk bilan ta'minlangan. U erda MV ga kelib tushadigan bo'lakli yoqilg'ini yaxshi maydalaydigan bolg'achalar joylashgan. Katta quvvatga ega bo'lgan TV lar 4 qavatli 2 tayanchli o'qqa ega. Bolg'achalar ortida rotorga ventilyator kurakchalari o'rnatilgan bo'lib, bolg'achalardan keyin qolgan yoqilg'i bo'laklarini ham maydalaydi. Rotor qalayli asosga joylashgan, uning ichiga zirxli plitalar o'rnatilgan bo'lib, u chig'anoq shakliga ega. Tegirmonning o'qi tegirmon asosiga so'rib olinuvchi havo hisobiga sovutiladi. TV nisbatan kam, qattiq va yuqori namlikka ega bo'lgan qo'ng'ir ko'mirni maydalash uchun mo'ljalllangan. Dastlabki quritish uchun TV oldida qurituvchi shaxta joylashgan bo'lib, qaynoq gaz va havo aralashmasi yoki o'txonaning ustki yoki pastki qismidan 900-10000 C haroratli tutun gazi uzatiladi.
Ventilyator kurakchalari nisbatan yuqori bo'lmagan bosimni hosil qiladi, ammo bu quritilgan yoqilg'i aralashmasini to'g'ridan-to'g'ri isitgichga puflash orqali ishlash usullari va nisbatan yuqori bo'lmagan bosim (1,5 kPa) hosil qilish uchun etarli. Shaxtaning pastki qismida harorati 250-3000C bo'lgan qaynoq havoga va qurituvchi agentning tegirmonga kirishdagi harorati ehtiyotkorlik bilan boshqariladi. Maydalangan yoqilg'i separatorga kelib tushadi, yonishga tayyor chang o'txonaga purkanadi. TV va BT da ko'mirni maydalashda elektr
energiyaning sarfi nisbatan bir-biriga yaqin.
TV ning asosiy kamchiligi kurakchalar hosil qiladigan past bosim tufayli unumdorlikka qaramasdan tegirmon orqali gazlarning chiqimi o'z-o'zidan aniqlanadi. Katta yuklanishda tizimning qarshiligi tufayli gazlarning chiqimi kamayadi – bu holda chang yaxshi qurimaydi. TV 3 ta o'lcham bilan o'lchanadi:
Birinchisi – rotor diametri, mm, ikkinchisi – kurakcha qanotlarining ish kengligi, mm, uchinchisi – rotorning aylanish chastotasi, ayl/min. Ishlab chiqarilayotgan TV ning o'rtacha ish unumdorligi xuddi BT ga o'xshash ko'mir tavsifnomasiga ko'ra soatiga 3,6 dan 44 tonnagachani tashkil etadi. TV da qo'ng'ir ko'mirning maydalanishida elektr energiyani harajati nisbatan 8,5-13,5kVt·soat/t changni tashkil etadi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə