Qozon qurilmalari


Elektr stansiyada mazut tayyorlashnig texnologik chizmasi



Yüklə 16 Mb.
səhifə29/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
kurs ishi

2.7. Elektr stansiyada mazut tayyorlashnig texnologik chizmasi.
1-mazutli sisterna; 2-qabul qiluvchi qurilma; 3-qo'pol tozalash filtri; 4-qabul qilish rezervuari; 5-haydab berish nasosi; 6-asosiy rezervuar; 7, 8 va 19-reserkulyasiya
liniyalari; 9-birinchi pog'ona nasosi; 10-teskari klapan; 11-mazutni bug'li isitgich;
12-nozik tozalash filtri; 13-ikkinchi pog'ona nasosi; 14-tiqin surma qopqog'i; 15sarf rostlagich; 16-sarf o'lchagich; 17-yondirgichning oldidagi surma qopqoq; 18-
forsunka.
Elektr stansiyaga gaz 0,7-1,3 MPa bosimli gaz taqsimlash stansiyasi yoki magistral gaz quvurlari orqali keladi. Elektr stansiyalar gaz saqlovchi omborga ega emas. Yondirgichlarda yonadigan gazni kerakli 0,13-0,2 MPa bosimgacha tushirish uchun gaz taqsimlash markazi (GTM) da drossellanish hosil qilinadi. Portlash xavfi bo'lganligi va drossellash vaqtida qattiq shovqin chiqqanligi uchun bu GTM lar issiqlik elektr stansiyalar chetida alohida joylashadi.
2.14. Gaz yoqilg'isini uzatishning texnologik chizmasi

Har bir GTM da bir nechta (ko'pincha uchta) bosim rostlagichlari o'rnatilgan gaz quvurlari mavjud, ammo bularning bittasi doimO zahirada turadi. Bundan tashqari rostlagichlardan alohida baypas tizimi ham bor. Gazni har xil chiqindilardan tozalash maqsadida rostlagich klapanlar oldida filtrlar
(tozalagichlar) bor.
Rostlagich klapanlar “o'zidan keyingi” kerakli bosimni ushlab turishga xizmat qiladi. Favqulotda (avariya) holatlarda gaz bosimi keragidan ortiqcha ko'tarilib ketganda, saqlovchi klapanlar ishlab, gazni havoga chiqarib yuboradi va gaz quvuridagi kerakli bosimni saqlab qoladi. Qozonga kelgan gaz quvurining asosiy qurilmalari gaz sarfining avtomatik rostlagichi va tez ishlaydigan kesuvchi klapandir.
Gaz sarfining avtomatik rostlagichi bug' qozondagi doimiy issiqlik quvvatini ta'minlab turadi. Gaz kelishida portlash xavfi tug'ilganda impulsli rostlagich qozonga gaz kelishini avariya holatda (o'txonada mash'al o'chib qolsa, yondirgich oldida havo bosimining kamayishi, tutun so'rgich va havo uzatuvchi ventilyatorlar to'xtab qolishi va hakozolar) to'xtatadi.
Quvurlarni ta'mirlashdan oldin ishlamay turgan paytida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan portlovchi gaz va aralashmalarni yo'q qilish uchun quvurlar havo yordamida tozalanadi. Quvurlarni tozalagan gazni xavfsiz bo'lgan joylarga chiqariladi. Ta'mirga to'xtatilgan yoki zahiraga qo'yilgan qozonlarni ishga tushirishdan oldin gaz quvuridagi gaz-havo aralashmasini katta bosimli havo yordamida siqib chiqariladi. 2.8-rasmda tabiiy gazda ishlovchi elektr stansiyani gaz bilan ta'minlash chizmasi tasvirlangan.

2.8-rasm. Tabiiy gazda ishlovchi elektr stansiyani gaz bilan ta'minlash chizmasi: 1-gaz magistrali; 2-elektr yuritmali gazli surma qopqoq; 3-gaz tiqinli surma qopqoq; 4-filtr; 5-bosim rostlagichi; 6-saqlagich klapani; 7-baypasli liniya; 8-sarf o'lchagich; 9-gaz sarfi rostlagichi; 10-tez harakatlanuvchi klapan; 11boshqariladigan gazli surma qopqoq; 12-probkali kran; 13-gazli sham(svecha); 14gazli yondirgich; 15-gaz quvurini bosimli havo bilan purkash quvuri; 16yondirgichning zapalnikiga gaz uzatish.
Gaz quvurining tozaligi olingan namunadan, gazda kislorodning 1% dan ortiq emasligi bilan tekshiriladi. Gaz quvurlari sekin-asta bir tomonga og'ib boradigan qilib ishlanadi, natijada kondensat (suv bug'larining yig'indisi)
uloqtiriladi.
Elektr stansiyalarda gaz qurilmalarini ishlatish Davlat texnik nazoratining “Gaz xo'jaligidagi xavfsizlik qoidalari” asosida olib boriladi. Elektr stansiyalarda har kuni gaz quvurlari tekshirilib turiladi. Bu tashqi omillar (hidi, ovoz chiqishi) orqali yoki gaz chiqishi mumkin bo'lgan joylarda sovun ko'pigi yordamida tekshiriladi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə