Ma’ruza Bug‘ turbinalar ish rejimlari Reja



Yüklə 48,92 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü48,92 Kb.
#180270
8 Mavzu (2)


Ma’ruza 8.
Bug‘ turbinalar ish rejimlari


Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar;
2. Drosselli bug‘ taqsimlash;
3. Soploli bug‘ taqsimlash;
4. Tashqi bug‘ taqsimlash;
5. Nazorat savollari.


1. Umumiy ma’lumotlar.
Turbinaning eng kichik solishtirma issiqlik sarfi bilan ishlaydigan quvvati tejamkor (iqtisodiy) quvvati deyiladi. Iqtisodiy quvvatda FIK yuqori qiymatida bo‘ladi.
Turbina uzoq muddat davomida ishlashi mumkin bo‘lgan yuqori chegaraviy quvvati nominal quvvat deyiladi. Nominal quvvat iqtisodiy quvvat bilan teng bo‘lishi yoki undan 520 % katta bo‘lishi mumkin.
Turbinaning issiqlik hisobi iqtisodiy quvvatga nisbatan olib boriladi. Turbina ishlaganida uning quvvati salt yurishdan tortib nominal quvvatgacha o‘zgarishi mumkin. Turbina quvvati o‘zgarishiga, asosan, bug‘ sarfini, entalpiyalar farqini va bug‘ boshlang‘ich parametrlarini o‘zgartirish orqali erishiladi.
Bug‘ turbinasi quvvatini quyidagi usullarda o‘zgartirish mumkin:

  1. bug‘ni turbinaga kirishda drossellash yo‘li bilan (drosselli bug‘ taqsimlash);

  2. turbinaning birinchi boshqariluvchi pog‘onasi ochiq soplolari sonini o‘zgartirish orqali (soplolik bug‘ taqsimlash);

  3. turbinaning bitta yoki bir nechta oraliq pog‘onalariga birlamchi bug‘ kiritish orqali (tashqi bug‘ taqsimlash).



2. Drosselli bug‘ taqsimlash.
Drosselli bug‘ taqsimlash hozir juda kam qo‘llaniladi. Bug‘ soplalarga butun aylana bo‘ylab halqasimon tarzda bitta yoki ikkita birvarakayiga ochiladigan boshqaruvchi drossel klapanlar orqali kiritiladi (14rasm). Turbinalar nominal quvvatda ishlaganida drossel klapanlar butunlay ochiladi.

14rasm. Drosselli bug‘ taqsimlash sxemasi.
Drossellik bug‘ taqsimlash usuli qo‘llanilganida nominal quvvat iqtisodiy quvvatga teng bo‘ladi.
Turbina kichik quvvatda ishlaganida drossel klapanlari qisman yopiq bo‘ladi. SHuning uchun kichik quvvatda turbinaga kiritiladigan bug‘ning hammasi drossellanadi. Bug‘ni drossellashda yo‘qotishlar sodir bo‘ladi va FIK pasayadi.

3. Soploli bug‘ taqsimlash.
Soploli bug‘ taqsimlashda bug‘ birinchi pog‘ona soplolariga 310 ta klapanlar orqali kiritiladi. Bu klapanlar soploli yoki boshqaruvchi klapanlar deyiladi. Har bir boshqaruvchi klapan ma’lum soplolar guruhiga xizmat qiladi.
Nominal quvvatda barcha boshqaruvchi klapanlar ochiq bo‘ladi. Quvvat o‘zgarganda boshqaruvchi klapanlar ochiladi yoki yopiladi.
Bunday bug‘ taqsimlanishida bug‘ning faqat bir qismi boshqaruvchi klapanda drossellanadi va shu sababli yo‘qotishlar drosselli bug‘ taqsimlashdagiga qaraganda kichik.
Soploli bug‘ taqsimlanadigan turbinaning FIK drosselli bug‘ taqsimlanadigan turbinanikidan katta.



15rasm. Soploli bug‘ taqsimlash sxemasi. 2, 3, 4, 5–4 ta boshqaruvchi klapanlar.

4. Tashqi bug‘ taqsimlash.


Soploli bug‘ taqsimlovchi turbinalarda ayrim hollarda ichki yoki tashqi aylanib o‘tishlardan foydalaniladi.



16rasm. Tashqi bug‘ taqsimlash sxemasi.


5. Nazorat savollari:

1. Turbina nominal quvvati deb nimaga aytiladi?


2. Drosselli bug‘ taqsimlashning kamchiliklari nimada?
3. Soploli bug‘ taqsimlashning afzalliklari qanaqa?
4. Tashqi bug‘ taqsimlash qachon qo‘llaniladi?
Yüklə 48,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə