Qozon qurilmalari


Ko'mir changini tayyorlovchi tegirmonlar



Yüklə 16 Mb.
səhifə26/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
kurs ishi

Ko'mir changini tayyorlovchi tegirmonlar
Ko'mir maydalovchi tegirmonlar har qanday chang tizimining asosiy elementi bo'lib, hisoblanadi.
2.4- jadvalda yoqilg'ini maydalash uchun mo'ljallangan eng ko'p tarqalgan tegirmonlarning tavsiflari keltirilgan. Ular yoqilg'i maydalash prinsipi bo'yicha va tegirmonning harakatlanuvchi qismining aylanish chastotasi bo'yicha ajralib turadi.Bulardan eng ko'p tarqalganlari sharli-barabanli (ShBT) va bolg'achali tegirmonlar (BT).
2.11.Sharobarabanli tegirmonlar

Ularning deyarli 90% qattiq yoqilg'ini maydalaydi. ShBT ko'pincha yoqilg'ini nisbatan oz chiqadigan uchuvchi moddalar (eski toshko'mir va antrasitlar), BT yangi toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, torf va slaneslarni maydalashda ishlatiladi. Ko'mirning bir necha xilini tejamlilik bilan maydalash uchun valikli o'rtayurar tegirmonlardan foydalaniladi. Ayrim hollarda nam qo'ng'ir ko'mirni maydalash uchun tegirmon-ventilyator ishlatiladi.
2.4-jadval

Tegirmon

Belgilanishi

Yoqilg'ini maydalash
prinsipi

Mayladalangan bo'lakning ayla-nish
chastotasi, s-1(ayl/daq)

Aylanish chastotasi bo'yicha tavsif

Sharli barabanli

ShBT

Zarb, ezish

0,25-0,42(15-25)

Past tezlik

Valikli

VT

Ezish

0,85-1,3(50-80)

O'rta tezlik

Bolg'achali

BT

Zarb

12,5-16,3(750-980)

Yuqori tezlik

Tegirmon-
ventilyator

TV

Zarb

12-24,5(735-1470)


Sharli barabanli tegirmonlar (ShBT). Bunday tegirmonlar silindrning barabanining diametri 2-4 m, uzunligi 3-10 m, diametri 30-60 mm bo'lgan po'lat sharlar bilan qisman to'ldirilgan (1/3 hajmigacha). Barabanning ichki devorlari to'lqinsimon zirhli plitalar bilan qoplangan. Barabanning yuqori korpusida issiqlik va ovoz izolyasiyalari bor.
Bunday tegirmonlarning og'irligi chang ishlab chiqarishga bog'liq bo'lib, 100 tonnadan 380 tonnagacha bo'ladi. Bir juft shesternya va tegirmon reduktor orqali elektr dvigateldan harakatga keltirilib aylantiriladi. Quvvatli tegirmonlarning harakati fraksion uzatish orqali amalga oshiriladi.
Bunday hollarda barabanli tegirmon 4 ta silindrli g'altakka tayanadi, bulardan ikkitasi yurituvchi (2.4-rasm).
Aylanuvchi tegirmonga qo'zg'olmas qisqa quvurlar birlashtiriladi. Tutushgan joyidan havo kirmasligi uchun quvurlarni sinchkovlik bilan biriktirish kerak. Baraban aylanayotganda sharlar bir qancha balandlikka ko'tarilib qaytib tushishi hisobiga maydalanadi. Bu konstruksiya sharlarning aylanish chastotasiga bog'liq.
Sharli barabanli tegirmonlarning afzalligi ularning nafaqat yumshoq, balki har qanday namlikdagi qattiq yoqilg'i uchun ham yaroqlidir, uni maydalashni mumkin qadar ustalik bilan boshqarish, ekspluatasiyada yuqori ishonchlilik, ishlatilgan sharlarni oson almashinuvi, hamda metall buyumlarni tushurmasligi bilan
yaroqlidir.


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə